X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə21/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

O‘z-o‘ziga ishonch. Har qanday holatda ham o‘zingizga ishoning. Agar sizga biror ta- nishingiz ish taklif qilib qolsa, uni rad etishga shoshilmang. Aslo! to‘g‘ri, ayniqsa, ish borasida tavakkal qilish bu g‘irt ahmoqlik. Biroq, shuni unutmangki, har qanday yangilik sizga mislsiz imkoniyatlar hadya etishi mum- kin. Avval o‘zingizni sinab ko‘rmagan soha- larga qo‘l uring, natijasi yomon bo‘lmaydi.
Antiqa javoblar. Iloji bo‘lsa, har kuni takrorlanadigan savol-javoblarda bir oz chekinishlar qiling. Masalan, «Assa- lomu alaykum» deyishsa, «Ishlaring qalay» yoki «Salom, bugun boshqachasan», deb javob qaytarib ko‘ring. Hattoki biror bir yangi iboralardan ham qo‘shib salomlashishingiz mumkin, albatta. Bu sizning ixtiyoringizda. Yangi jurnallar. Har gal o‘zingiz o‘qishga odatlangan jurnal yoki gazetani do‘konlar- dan xarid qilsangiz, endi ozgina o‘zgarish qiling. Misol uchun sizga umuman begona bo‘l- gan mavzular yoritiladigan nashrlarni xa- rid qiling. Ularning sahifasidagi maqola- larni garchi o‘qigingiz kelmasa ham o‘zingiz-
ni ruhan tayyorlang.

tAKRORlASH –


xOtIRAnIng OnASI
Statistik maʼlumotlarga qa- raganda, inson miyasi kun da- vomida milliardlab maʼlumot- ni qabul qilar ekan. Ularning faqat maʼlum qismi xotirada saqlanib qoladi. Ayniqsa, siz ko‘rib, eshitib hamda yozib olgan maʼlumotlar keyinchalik esla- shingizda qo‘l keladi.
Yangiliklar ortidan quvib yashang! Xoti- rani rivojlantirishning eng qulay usul- laridan biri doimo yangiliklarni miyada saqlashdir. Agar chet tilini o‘rganayotgan bo‘lsangiz, tizimga oid yangiliklardan boxa- bar bo‘ling. Hamisha sohangizga doir qaynoq yangiliklarni o‘rganib borsangiz, ularni av- valgisi bilan solishtirish imkoniyati tug‘i- ladi. Bu esa xotiraning mustahkam bo‘lishi- ni taʼminlaydi.
takrorlash – xotiraning onasi. Siz o‘rgan- gan maʼlumot hech kimni qiziqtirmasa ham, uni kimgadir o‘rgatishdan charchamang. Bu jarayon xotirada maʼlumotning mustahkam- lanishini taʼminlaydi. Sizni tinglovchi- lar va suhbatingizga qiziquvchilar qancha- lik ko‘paysa, miya faoliyati imkon qadar yax- shilanadi.
tilimning uchida turibdi... Baʼzan shun- day holatlar bo‘ladiki, siz bilgan maʼlu- mot kerakli paytda yodingizdan ko‘tariladi. Shunda ko‘pchilik «tilimning uchida turibdi», deydi-yu, eslay olmaydi. Bu paytda o‘sha maʼ- lumotlarga tegishli boshqa voqea-hodisani va taʼriflarni yodga oling. Shundagina ko‘z- lagan maqsadingizga erishasiz.
O‘rganishning turli usullaridan foyda- laning. Odatda insonlar ko‘rib, eshitib va o‘qib o‘rganuvchilar toifalariga bo‘linadi. Misol uchun, bir xil axborotni uch kishi uch usulda qabul qiladi. Bu o‘zlariga qulayini tanlaganliklari uchundir. Siz ham o‘zingiz- ga qulay bo‘lgan yana biron usulga hamroh bo‘l- sangiz, esda saqlash yanada osonlashadi.
Mashqlarni bir vaqtning o‘zida bajar- mang. to‘g‘ri, siz xotirangiz sira pand ber- masligini xohlaysiz. Lekin har narsaning meʼyori bor. Yaʼni barcha tavsiyalarni bir vaqtning o‘zida bajarish miyangizga aks taʼ- sir ko‘rsatishi mumkin. Har bir mashqdan so‘ng kamida ikki soat boshqa yumushlar bi- lan mashg‘ul bo‘ling. Kitob mutolaa qiling yoki sayr qiling. Bu orada yana bir mashqni bajarishga urinmang.
Yuqorida berilgan tavsiyalarga hamisha amal qilib borsangiz, o‘ylaymizki, xotiran- giz sira pand bermaydi.

Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə