X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r


DAngASAlIKKA yO‘l bERMAng



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə23/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

DAngASAlIKKA yO‘l bERMAng


Xotirasi kuchli bo‘lishini istamagan odam bo‘lmasa kerak. Axir baʼzida kerakli maʼlumot- ni eslolmay xunob bo‘lib keta- miz-da. Xo‘sh, xotirani charxlash uchun nima qilish kerak?


Xotira asab tizimi xususiyatlaridan biri bo‘lib, tashqi olam voqea- lari va organizm reak- siyalari haqidagi axbo- rotni uzoq saqlash hamda uni ong faoliyatida va xulq, xatti-harakat do- irasida takror tiklash qobiliyatida namoyon bo‘ladi.
Ko‘pchilik faol o‘rganish davri o‘tgan-
dan keyin o‘qib-o‘rganishni bir chetga surib qo‘yadi. Axir o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, temir ham ishlatilmasa, vaqt o‘tgani sari zang- layveradi-ku.
Yana bir gap: baʼzi olimlar xoti- raning susayishi qarish bilan bog‘- liqligini umuman rad etishadi.
Eng avvalo, «eslab qolish qobiliyatim yaxshi», deb o‘zingizni ishontiring. Ko‘pchilik inson- lar o‘zini «xotiram past, ism va raqamlarni negadir eslab qololmayman», deb ishontirib qo‘yadi. Bunday fikrni xayolingizdan chiqa- rib tashlang va «xotiramni yaxshilayman», deb qatʼiy qaror qabul qiling. Bu borada erish- gan har bir yutug‘ingizni nishonlang, bu sizga kuch va g‘ayrat bag‘ishlaydi.
Narsalarni guruhlashtirish ham eslab qo- lishga yordam beradi. Ko‘pchiligimiz bozor- ga borishdan oldin kerakli narsalarning ro‘yxatini olamiz, lekin bari bir nimadir esdan chiqadi yoki olmoqchi bo‘lgan baʼzi bir narsalarimizni unutib qo‘yamiz. Bunday hol-
larda ularni guruhlarga bo‘lish bizga katta yordam beradi. Sabzavotlar, mevalar, go‘sht- li mahsulotlar – ularning har birini eslab qolamiz va qay birini olishimizdan qatʼi nazar, bir guruhga kiruvchi narsalar boshqa- sini eslatib turadi.


Yana bir misol. 1991194722001989 ko‘ri- nishidagi raqamni eslab qolish qiyin, ammo uning har to‘rttasini bir guruhga ajrat- sak, yillar hosil bo‘ladi. (1991-1947-2200- 1989). Keyin ularni biror narsa (voqea-ho- disa) bilan bog‘laymiz.


Sodda qilib aytganda, inson xotirasi uch bo‘limdan iborat. Bular: qisqa muddatli, uzoq muddatli va doimiy maʼlumotlar saqlana- digan bo‘lim. Maʼlumot birinchi marta qabul qilinganda qisqa muddatli xotirada saqla- nadi va maʼlum vaqtdan so‘ng o‘chiriladi. Agar maʼlumot bir necha marotaba qaytarilsa, uzoq muddatli xotira bo‘limiga joylashtiriladi. Shu sababli bir maʼlumotni qancha ko‘p tak- rorlasangiz, shuncha yaxshi eslab qolasiz.
Hayotingizni jadvallashtiring. Doimiy ishlatadigan narsalar: kalit, ko‘zoynakni bir joyda saqlashga harakat qiling. Kun tartibi rejalashtirilgan elektron qurilmalardan yoki yon daftarchadan foydalaning. Qarindosh va do‘stlaringizning uy manzillarini va te- lefon raqamlarini daftarga yozib qo‘ying, te- lefon va kompyuter xotirasiga ham kiritib qo‘ying. Bu narsalar sizning xotirangizni
ortiqcha yukdan xalos qiladi va boshqa zarur narsalarni eslab qolishingizga yordam bera- di. Agar rejalashtirish eslab qolish qobiliya- tingizni oshirmasa ranjimang (hech bo‘lma- ganda kalitni qayerga qo‘yganingizni bilasiz). Aqlni charxlash zehnni kuchaytiradi va eslab qolish qobiliyatini yaxshilaydi, oddiy krossvordlarni yechish xotira uchun mashq vazi- fasini o‘tab beradi. Badantarbiya va aerobika mashqlari qon aylanishini yaxshilaydi, bu esa
miyaning faolroq ishlashiga yordam beradi.



Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə