X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r


Xotirani rivojlantirish uchun miyaning chap yarim sharini mashq qildirish muhimdir



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə31/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

Xotirani rivojlantirish uchun miyaning chap yarim sharini mashq qildirish muhimdir.


Ammo bunda miyaning ijodiy kuchlar to‘p- lanadigan o‘ng yarim sha- rini mashq qildirish ham undan kam ahamiyatga ega emas.
Maʼlum shaklni berib, kompyuter dasturidan ham foydalanish mum- kin. Bu faqat sizgagina emas, tanishlaringizga ham eslab qolishni tako-
millashtirish imkonini beradi. Siz o‘z top- shiriqlaringizni zamon (vaqt), makon (hudud) va mavzuli sharoitlar (shartlar)ga muvofiq tuzilmalashtira olishingiz mumkin. Shuning- dek, o‘qish, o‘rganish davomida olingan o‘z shax- siy kuzatuvlaringizni ham tasniflash, keyin esa shaxsan sizga eng yaqin bo‘lgan asosiy vazi- falarga muvofiq ishlash uchun o‘z xotirangizga baho berishingiz lozim bo‘ladi.


AntOnIM, pAROnIM, qOFIya


Xotirani mashq qildirish – tovushlarning o‘xshashligi va asso- siatsiyaga asoslangan. Undan faqat raqamlarni eslab qolishdagina emas, hayotning boshqa sohalarida ham foydalanish mumkin.
Agar yangrash ohangi bilan maʼlum bir son- larni eslatadigan so‘zlar tanlansa, ularni «to-
vush-raqam» usuli bo‘yicha eslab qolish mumkin. Ko‘hna Samarqand shahrida har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladigan «Sharq taronala- ri» Xalqaro festivali haqida eslang. Shuning uchun xayolingizga darrov ikki raqami keladi.
O‘ylab ko‘ring, balki sizning aqlingizga 0 dan 10 gacha bo‘lgan raqamlar uchun boshqa so‘zlar kelib qolar. Agar bunday ish muvaf- faqiyat bilan oldinga siljib borsa, siz tez- da 11 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarga ham so‘zlar (tovushlar) topa olasiz.
Bu usul yordamida raqamlarni eslab qolish uchun bog‘lovchi iboralarni tuzish juda yaxshi samara beradi. Misol uchun:


Kir – bir, ukki – ikki, puch – uch, mo‘rt

  • to‘rt, tesh – besh, oldi – olti, ketdi yetti, bigiz sakkiz, to‘ng‘iz to‘qqiz, tol

  • nol. Agar istasangiz, paronimlardan va boshqa qofiyadosh so‘zlardan ham foydala- nishingiz mumkin.

Endi esa biror bir raqamlar ketma-ket- ligini, masalan, 240185 va 39637 ni esda saqlab qolish uchun shu raqamlarning har bi- riga o‘xshab ketadigan so‘zlardan jumla tuza- miz: Ukki (2) mo‘rt (4) tolni (0) kir (1), ammo bigizdek (8) o‘tkir tumshug‘i bilan teshdi (5). Puch (3) kovakdan qo‘ng‘izni (9) oldi (6) va uchib



  1. ketdi (7).

Keyingi mavzularda sonlarni eslab qo- lishning boshqa, ancha samarali texnikasi bilan batafsil tanishamiz.
Eʼtiboringizga quyidagi 12 tushuncha ha- vola etiladi:

    1. Alpomish;

    2. tandir kabob;

    3. lazgi;

    4. Registon maydoni;

    5. metro;

    6. Amir Temur darvozasi;

    7. Bobur;

    8. Guliston;

    9. Labi Hovuz;

    10. Chust pichog‘i;

    11. Raboti Malik sardobasi;

    12. Shohimardon ko‘li.

Endi bu 12 ta tushunchani raqamlar bilan bog‘lashga harakat qilamiz. 1 raqamini Al- pomishning o‘z yurtiga yillar o‘tib chol qiyo- fasida kelgani va o‘gay ukasi Ultontozni yenggani tasviri bilan bog‘laymiz, 4 raqa- mini esa «Registon maydoni»da sayr qilib yurganimiz haqida xayol surib, esda saqlab qolishga harakat qila-
miz. Bunda raqamlarni istalgan tushuncha bilan bog‘lash borasidagi keng imkoniyatlar fantaziya- miz ixtiyoriga taqdim etiladi.
Ro‘yxatdagi hamma tu- shunchalarni belgilan- gan bir izchillikda es- lab qola olish yoki qo- lolmasligingizni tek-
shirib ko‘ring. Ro‘yxatning beshinchi o‘rni- da nima turibdi? «Metro», «U qayerda bor?»,
«toshkentda».
Siz ro‘yxatdagi 12 tushunchaning viloyatlar bilan qandaydir bog‘liqligi borligini pay- qadingizmi? Masalan, tandir kabob deyil- ganda ko‘pchilikning ko‘z oldiga Qashqadaryo keladi, Amir temur darvozasi Jizzaxda joylashgan va hokazo. Agar siz bu 12 tushun- chani belgilangan tartibda joylashtiradi- gan bo‘lsangiz, u avtomatik tarzda O‘zbekis- tonning 12 viloyati nomini hosil qiladi.
Bosh miya yarim sharlari parallel ishla- yotganida xuddi raqamlar kabi tasvirlarni ham eslab qolish qobiliyati juda tez rivoj- lanadi. Agar siz oqqushni kuzatayotgan bo‘l- sangiz va uning shakli 2 raqamiga o‘xshab ketishini his qilayotgan bo‘lsangiz, u hol- da miyangizning ikkala yarim sharini ham ishlatayotgan bo‘lasiz. Chunki ko‘rish o‘ng yarim shar orqali amalga oshsa, raqamlarni ajra- ta olish chap yarim shar bilan bog‘liq. Siz har ikkala yarim sharning faollashgani hiso- biga bu manzarani yaxshi eslab qolishingiz mumkin. Agar oqqush tumshug‘ida tuxum olib kelayotgan bo‘lsa, bu manzara sizga bir yo‘la ikki raqamni 0 va 2 ni eslatadi.
Qulflar kodi, joriy hisoblar raqami, telefonlar raqami – bu sizning harakatla- ringiz maydoni. Xotirangizda biror-bir chalkash voqeani tiklang va tezda uni hal qi- lib, ko‘rib chiqing.
Siz plastik kartochkangizdan foydala- nayotib kod raqamlarni yodga tushirolmay
ilojsiz turib qolmasligingiz kerak. Bir vaqtning o‘zida kamida istalgan yuzlab ter- min, axborotli maqola yoki faktni eslashin- giz mumkin. Buning uchun kitobni o‘qishda davom eting.



Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə