X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə30/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

ESlAb qOlISH OSOn


Faraz qilaylik, siz bugungi pochtani bu- tun hovli bo‘ylab sochib tashladingiz. Baʼzi xatlarni siz endi hech qachon topa olmay- siz, faqat vaqtingizni uzoq qidirishlar- ga behuda sarflaysiz, xolos. Sizga zarur bo‘l- gan axborot agar siz uni maʼlum bir joyga tashlagan bo‘lsangiz, osonroq va tezroq topi- ladi. Chunki shunda siz uni maqsadli ravishda aniq bir xonadan izlaysiz. Lekin agar xona- ni yig‘ishtirishga ulgurgan bo‘lsalar axborot- ni topishingiz muammoga aylanadi.
Bordiyu siz pochtani mavzular (hisob va- raqlar, reklama, xususiy yozishmalar, ro‘z- nomalar va hokazolar)
bo‘yicha saralasangiz va oldindan belgi qo‘yil- gan qutichalarga solib qo‘ysangiz, unda siz is- talgan axborotni bir necha daqiqa ichida qo‘l- ga kiritasiz.
Agar pochta qutisiga bu xabar, ro‘znoma, xat, boshqa hujjatlar aloqa bo‘limidan olingan za-
hoti solib chiqilgan bo‘lsa, qidirish uchun yanada qulayroq sharoitlar yaratilgan bo‘la- di. Bunday holda siz yanada ko‘proq vaqtin- gizni tejab qolasiz.
Oldindan bajariladigan saralash yoki tasniflash qanchalik aniq amalga oshiril- sa, zarur hujjatni topish shunchalik tezla- shadi. Xuddi shu tamoyildan kelib chiqib xo- tira uchun ham cheklanmagan imkoniyatlarni yaratish, qo‘lga kitirish mumkin.

Quyida keltirilgan so‘zlar bilan tani- shib chiqing. Bu yerda mutlaqo har xil bo‘lgan tushunchalar mavjud.


Tulki, tort, atirgul, bo‘ri, sallagul, yo‘l- bars, lola, non, tuxum, marvaridgul, pishloq, sher, salat.
Yuqorida keltirilgan so‘zlarni umum- lashtiruvchi toifalar bo‘yicha saralang. Bu vaziyatda sizga alohida ustunlarga «Joni- vorlar», «Gullar», «Oziq-ovqatlar» deb yozib olishingiz zarur bo‘ladi. Endi ulardagi so‘z- larni alifbe tartibida yoki boshqa belgisi- ga qarab qo‘yib chiqing. Bu 13 ta so‘zni bir necha daqiqa o‘tgandan so‘ng takrorlashga ha- rakat qilib ko‘ring. Bunda siz ana shunday aniq tuzilmalashtirish yordamida so‘zlarni eslab qolish osonligiga amin bo‘lasiz.

Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə