X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə38/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

DIqqAtnI jAMlASH


Miya faoliyatini o‘rganish asnosida diqqatni jamlash bo‘- yicha juda muhim dars o‘tamiz. Diqqatni jamlashni bilish xo- tirani rivojlantirish uchun ni- hoyatda muhimdir. Maʼlumotlar- ni qanday kuzatish esa diqqatni jamlashga bog‘liqdir.
Shuni aytish mum- kinki, axborotni yax- shi eslab qolish uchun biz ehtiyoj sezadigan diqqatni jamlash, gar- chi gap bir qobiliyat haqida ketayotgan bo‘l- sa ham, ikkita bosqich- ga ega.
Biz hujjat, shaxs, hodisalar, spektakl, rasmlarni sinchiklab ko‘rib, tahlil qilib
chiqish paytida qo‘llaydigan diqqatni jam- lash hamda uni o‘qitish, o‘rgatish, o‘rganish, tadqiq qilish, eslab qolish, hisob-kitobini qilish, o‘ylab ko‘rib, fikrlab olish uchun za- rur bo‘lgan vaqt davomida jamlash ham mav- juddir.
Diqqatni jamlashga ixtiyoriy ravishda bir lahzada va har qanday sharoitda eri- shish lozim. U shuningdek boshqa predmetga diqqatni tezda ko‘chirishni ham talab etadi. Masalan, agar sizga 4 yoki 5 kishini navbati bilan ko‘rsatishsa, diqqatingizni ularning familiyalari va yuzlariga qaratasiz. Ular sizga nima qilishlarini kuzatishingiz va tahlil qilib ko‘rishingizga to‘g‘ri keladi.
O‘qish va fikrlash uchun diqqatni jam- lashning samarali ko‘nikmalari boshqacha yo‘llar bilan hosil qilinadi. Biz bunga ke- yinchalik yana qaytamiz.
Hozir biz diqqatni jamlashni bir nechta mashq yordamida rivojlantirishga urinib ko‘ramiz.
Bu mashqlar diqqatni jamlash qobiliya- tingizni misli ko‘rilmagan tarzda yaxshilashga yordam beradi. Ammo ularni astoydil bajarish shart. Qolaversa, biz sizga bunday mashqlar- ning ko‘pini ko‘rsatamiz va ayrimlarini tez- tez takrorlab turishni maslahat beramiz.

Birorta predmet (soat, kalit, so‘rg‘ich)ni oling: uni 30 soniya davomida ko‘zdan kechi-


ring, keyin ko‘zingizni yuming va imkon bo- richa xayolingizda uni aniq tiklashga harakat qiling. Agar ayrim detallar aniq namoyon bo‘l- sa, o‘sha predmetga yana qarang, keyin ko‘zin- gizni yuming va predmet xayolingizda to‘liq va aniq tiklangunga qadar davom ettiring.


Siz doim ko‘rib yuradigan odamning yuzini tasavvur qiling: siz u haqida faqat umumiy tasavvurga ega ekanligingizni anglaysiz, aniq detallarni esa eslolmaysiz. Bu odam- ni yana uchratganingizda kuzatuvlaringizni to‘ldiring va mashqni qaytadan boshlang va uni 2-3 marotaba davom ettiring.

Eʼtiboringizni tovushlarga qaratish va diqqatni jamlash qobiliyatingizni rivoj- lantiradigan bu ajoyib tajribani baja- rib ko‘ring. Radioni yoqing. Keyin asta-se- kin uning ovozini pasaytiring: ovoz ba- landligini nima haqida gapirilayotganini anglab biladigan darajagacha pasaytiring. tovushning juda past eshitilishi diqqatin- gizni jamlashga majbur etadi. Bu mashqni 3 daqiqadan ortiq davom ettirmang.


Biz avval va keyin ham miya faoliyati va xotira imkoniyatlarini o‘rganishda davom
etamiz. Bu darslar bir oz zerikarli tuyuli- shi mumkin, biroq ular sinchiklab o‘rganish- ga arziydi. Chunki bu darslar sizga xotira ish faoliyatini yaxshi tushunib olishga yor- dam beradi.



Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə