X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r


Sanab o‘tilganlardan amalda qanday foydalanish mumkin?



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə37/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

Sanab o‘tilganlardan amalda qanday foydalanish mumkin?


Aqliy faoliyat bilan muttasil shug‘ullan- ganda bu oziq moddalarni aniq meʼyorda qa-
bul qilish inson organizmi uchun koni foy- da. Bu mahsulotlarning ko‘pchiligi kunda- lik hayotimizda ishlatiladi. Shuning uchun ularni topish oson, don va pivo achitqisi kabilarni esa parhez do‘konlaridan yoki dorixonalardan sotib olish mumkin.
Muttasil aqliy faoliyat yuritayotgan payt- da oqsilga boy (go‘sht, tuxum, jigar, baliq), yaxshi hazm bo‘ladigan (tovuq go‘shti, bug‘da yoki suvda pishirilgan sabzavotlar) ovqat- larni isteʼmol qilish, yog‘li va xamir ovqat- lar hamda shirinliklardan tiyilishni maslahat beramiz. Bir o‘tirishda oz-ozdan, faqat bunga zarurat tug‘ilgan hollardagina, ammo tez-tez ovqatlanish kerak. Darhaqiqat, to‘lib ketgan oshqozon aqliy qobiliyatlarni sustlashtirib yuboradi.
tabiiy ovqatlanishdan tashqari, bu parhez- ni fosfor, glyutamin kislotasi va V12 dar- mondori asosidagi ayrim dorilar bilan
to‘ldirish mumkin.
tavsiya qilinayotgan mahsulotlar orasida soya letsitini, oziq-ovqat achitqilari, baliq moyini alohida ko‘rsatish mumkin. Bu mah- sulotlarni do‘konlardan topish mumkin.
Baliq moyi dezoksiribonunlerin kislota- siga boy, mazkur kislota esa tirik hujayra- larning va shu jumladan, miya hujayralari- ning kattalashishi uchun asos hisoblanadi.
Biz talabalarga qisqa muddatga miyani
«yorituvchi», keyin esa tirishqoqlikka olib keluvchi dori-darmonlarni isteʼmol qil- maslikni maslahat beramiz. Bundan tashqa-
ri, imtihonlar oldidan va ular arafasida- gi toqatsizlik, hayajon, asabiy taranglikni bartaraf etish uchun foyda berishi mumkin bo‘lgan baʼzi preparatlarni isteʼmol qi- lishdan saqlaning. Shuningdek, tashvish, asabiy taranglikni bartaraf etuvchi gi- yohlar damlamalari mavjud. Ulardan qay bi- rini ichishni o‘zingiz tanlang.


xOtIRAngIzgA ISHOnIng


Odamlar orasida xotirasiga ishongandan ko‘ra, unga shubha- langanlar ancha ko‘proq uchraydi.
Xotirasiga kamroq ishonganlar undan foy- dalanishni xohlamaydiganlardir. Xotiradan foydalanilmasa, u ham ishlamaydi. Bu mantiq- sizlikka olib keladigan, teskari samara bera- digan harakatlarning mantiqsiz holatidir. Ammo siz hammasini o‘zgartirib yuborishingiz mumkin. xotirangizga ishoning, shunda u ko‘proq ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Birgalikda xotira imkoniyatlarini oshi- radigan mashqlar bajarishni o‘rganamiz. Boshidan boshlang va yangiliklarni tez ilg‘ab, qabul qilib oluvchi, zehnli bo‘ling. Siz bu texnologiyani qancha ko‘p qo‘llasangiz, o‘zin- giz eslab qolishni istagan maʼlumot, voqea, sanalarni qayd qilish va qayta tiklashga yordam beruvchi mexanizmlarning ishlab ke- tishiga majbur qilasiz va bu mexanizmlar shuncha yengillik bilan ishlab ketadi.
Xotirangizga birdaniga katta kuch bermang, kun sayin oldingi kunga qaraganda bir oz ko‘proq voqea-hodisalarni eslab qoling.
Shunday qilib, agar xotirangizni yaxshila- moqchi bo‘lsangiz, xotirangizga ishoning va uni ishlashga majbur qiling.
Keyingi ikkita mashq xotirangizga ishonishingizga yordam beradi.


Ertaga qaysidir ishni qilish uchun siz xo- tirangizga ishoning. Masalan, kitobni ja- vondan yoki kutubxonadan olib, uni stol ustiga qo‘yish. Eshikni ochayotgan joyingizda kitob- ni javondan olish kerakligi haqida o‘ylang. Buni hech qayerga yozib qo‘ymang, ro‘molchangiz ke- tini tuguncha qilib bog‘lab ham yurmang. Bugun kechqurun uyga qaytishingiz haqida shunchaki o‘ylab qo‘ying. Xotirangizga kitob haqida o‘y- lashga topshiriq bering. Keyin qaysi kitob haqida o‘ylash to‘g‘risida aniq-tiniq bilib olish uchun bu kitobga bir qarab qo‘ying. Siz bu ishni esdan chiqarmasligingiz kerakligini o‘ylang. Bugun kechqurun bu to‘g‘risida 2 yoki 3 marta eslang hamda o‘z xotirangizga ishoning.

Sheʼrdan xotirani rivojlantirish haqi- dagi fikr bor yoki yo‘qligini toping.


Quyida eʼtiboringizga havola etilayotgan Ha- mid Olimjonning to‘rt qator sheʼrini yod oling.
Yodimda o‘sha damlar, O‘zi uchar gilamlar, Tohir-Zuhra, Yoriltosh, Oyni uyaltirgan qosh.



Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə