Statistik jadvallar va grafiklar



Yüklə 41,83 Kb.
səhifə1/2
tarix30.12.2023
ölçüsü41,83 Kb.
#166053
  1   2
Shomurodov Elmurod 50-22


STATISTIK JADVALLAR VA GRAFIKLAR
Shomurodov Elmurod
elmurodshomurodov588@gmail.com
Abstrac. Statistik ma’lumotlarni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish qulay bo‘lsin, ularni o‘qish va tushunish oson bo‘lsin. Ularni taqdim etishning eng kamida 3 ta usuli mavjud:
- matnda so‘z bilan bayon etish,
- jadval shaklida ifodalash;
- grafiklar orqali tasvirlash.
Ma’lumotlarni so‘z bilan matnda bayon etish ko‘rinishda yaxshi yo‘lga o‘xshab tuyulsa ham, ammo subyektning mahoratiga, ma’lumotlarni talqin qilishdagi o‘ziga xoslikka bog‘liq. Bundan tashqari, bu holda ularni har taraflama tushunish, bog‘lanishlarini payqash birmuncha og‘irlashadi.
Key words. Statistik jadval, jadval egasi va kesimi, jadval oddiy, jadval guruhiy, jadval kombinatsion, statistik grafiklar, masshtab va shkala, diagramma ustun va tasma shaklli, diagramma siniq chiziqli, diagramma buramali(speralli), diagramma sektorli, diagramma yuzali, diagramma qiyofali, xaritogramma, xaritodiogramma va markazgramma.
Kirish
Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so‘z bilan bayon etishga qaraganda o‘rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi.
Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning turli tomonlarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, o‘zaro bog‘lanishda ifodalab, umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi.
Jadval 1.

O‘zbekiston aholisining iqtisodiy faolligi



Ko‘rsatkichlar


1995

1998

2019


2019 y.da 1995y. ga nisbatan %da

Aholi soni(yil oxiriga, mln.kishi)

22,7

24,0

33,9

149,3

Mehnat resurslari(ming kishi)

11021,0

11998,9

13560

123,0

Undan, iqtisodiy faol aholi

8195,5

8840,1

11526

140,6

Shu jumladan, iqtisodiyotda bandlar

8157,5

8800,0

8983

110,1

Ishsizlar

38,1

40,1

2373

149,3

Mehnatga layoqatlik darajasi (%)

48,6

50,0

51

104,9

Iqtisodiy faollik darajasi (%)

74,5

73,7

71,6

96,1

Bandlik darajasi (%)

99,54

99,55

93,6

94,0

Manba: O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari.

Demak, O‘zbekiston aholisi, uning mehnatga qobiliyatli va iqtisodiy faol qismi yil sayin ko‘payib bormoqda. Ammo umumiy aholi o‘sish sur’atiga nisbatan mehnatga qobiliyatli kishilar soni tezroq ko‘paymoqda va unga nisbatan iqtisodiy faol aholi soni esa biroz sekin ortmoqda. Natijada aholining mehnatga layoqatlik darajasi o‘sishi bilan bir qatorda iqtisodiy faollik darajasi biroz pasayish tendensiyasiga ega.



Gruppaviy jadval deganda o‘rganilayotgan obyektlarni bir belgi asosida guruhlash natijalarini ifodalaydigan jadval nazarda tutiladi.
Jadvallar yotiq va tik to‘g‘ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan geometrik shakl bo‘lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda o‘rganilayotgan obyektlar va ularning ko‘rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun o‘z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bo‘lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi.
Agarda jadval qatorlari va ustunlari o‘z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo‘lib, sonlar bilan to‘ldirilmagan bo‘lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma’lumotlar ma’nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo‘lishi kerak.
Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma’nosi ifodalangan bo‘lishi va shuningdek, qaysi hudud, qaysi davrga nisbatan olinganligi ko‘rsatilgan bo‘lishi, shuningdek, o‘lchov birligi ham berilgan bo‘lishi lozim.
Statistik jadval chuqur ma’noga ega bo‘lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi bo‘yicha uni o‘ziga xos mantiqiy gapga o‘xshatish mumkin. Shuning uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko‘rsatkichlar orqali ta’riflanayotgan statistik to‘plam jadvalning egasi, ko‘rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda, jadvalning chap qismida, kesimi esa o‘ng tomonida bo‘ladi. Lekin ular aksincha joylanishi ham mumkin (jadval 1 ga qaralsin).
Iqtisodiy izlanishlarda statistik jadvallarning har xil turlari qo‘llaniladi. Eganing tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch turga bo‘linadi: oddiy, gruppaviy va kombinatsion.
Oddiy jadval deb o‘rganilayotgan obyektlar va ularning ko‘rsatkichlari birma-bir ro‘yxat ko‘rinishida yozilgan jadvalga aytiladi.
Oddiy statistik jadvalning egasida o‘rganilayotgan obyektlarning nomlari yoki ma’lumotlar tegishli davrlar yozilgan bo‘ladi. Jadval 4.1 bunga misol bo‘la oladi. Bu jadvalda yillar berilgan ustunlar ega bo‘lib, ko‘rsatkichlar keltirilgan qatorlar kesimdir.
Jadvalning ega qismida o‘rganilayotgan obyektning muhim bir belgisi bo‘yicha gruppalash amalga oshirilgan bo‘lsa, bunday jadval gruppaviy jadval deyiladi (5.5 jadvalga qaralsin).

Kombinatsion jadval – bu ega qismida obyektlarni ikkita va undan ortiq belgilari asosida guruhlash natijalarini aks ettiradigan jadvaldir
Ayrim paytlarda voqea va hodisalarni bir belgisi bo‘yicha guruhlaganda ularni to‘liq o‘rganishning iloji bo‘lmaydi. Bunday paytda voqea va hodisalar ikki va undan ortiq belgisi asosida guruhlarga ajratilib o‘rganiladi. Buning uchun, avval o‘rganilayotgan hodisa to‘plami bir belgisi bo‘yicha, keyin har qaysi guruh boshqa belgi bo‘yicha kichik guruhchalarga ajratiladi. Bunday guruhlash natijalari asosida kombinatsion jadvalar tuziladi. Ular oddiy jadvallarga qaraganda voqea va hodisalarning o‘zaro aloqasi va bog‘lanishlarini chuqurroq va to‘la yoritishga yordam beradi.(6.7 jadvalga qaralsin)
Voqea va hodisalarni o‘rganish jarayonida va qo‘yilgan vazifalarga qarab ega va kesim o‘z o‘rinlarini almashtirib turishi mumkin. Statistik jadval ixcham va ko‘rimli chiqishi uchun, uni tuzishda quyidagi qoida va tartiblarga amal qilish kerak :
1. Jadvallar hajmi katta bo‘lmasligi kerak. Murakkab to‘plamlarni o‘rganishda jadval hajmini kattalashtirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq o‘zaro bog‘langan jadvallar bo‘lish kerak. Jadvallar aniq, tushunarli va o‘qishga oson ko‘rinishda tuzilishi kerak.
2. Jadvalning umumiy nomi undagi ega va kesimlar mazmunini ifodalashi lozim, uni qisqartirib yozish mumkin emas. Unda o‘rganilayotgan obyektning nomi, ma’lumotlar tegishli vaqt oralig‘i hamda joyi ko‘rsatilishi lozim.

  1. Jadvalda bir-biri bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar birin-ketin, soddadan murakkabga o‘tib borish tartibida joylashtirilishi lozim.

  1. Jadvaldagi ma’lumotlar mazmunini anglash oson bo‘lishi uchun ularni bir xil aniqlik darajasi bilan butunlashtirib, ifodalash lozim.

  2. Shartli alomatlarga e’tibor berish kerak. Zarur bo‘lganda ayrim ko‘rsatkichlar yoniga yulduzcha yoki raqamlar qo‘yilib, ularni qaerdan yoki qanday hisoblab olinganligi ilova tarzida berilishi kerak.

  3. Hodisa sodir bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lmasa, jadvalda shu ko‘rsatkich o‘rniga “ma’lumot yo‘q” yoki nuqtalar (...) qo‘yiladi, agarda hodisa umuman sodir bo‘lmagan bo‘lsa, tire (-) belgisi bilan ifodalanadi. Jadvallarni tuzish texnikasi yaxshi egallansa, ularni o‘qish va tushunish ishi ancha osonlashadi.


Yüklə 41,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə