|
![](/i/favi32.png) X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r
|
səhifə | 33/60 | tarix | 23.12.2023 | ölçüsü | 6,05 Mb. | | #156683 |
| (Lotin) Fenomenal xotira (1)Miya tananing istalgan boshqa aʼzo sidek ishlaydi va uning ham to‘g‘ri ishlashi uchun maʼlum bir eʼtibor va parvarishni talab qiladi. Uning zanglab qolishini istamasak, uni doim faol holatda ushlab turishi- miz lozim.
Siz o‘z xotirangizni sezilarli daraja- da yaxshilab olishingiz mumkin. Agar biz eslab qolish jarayonini bilganimizda edi, uni o‘zimiz xotiramizda saqlab qolishni is- tagan maʼlumotlarga rejali asosda qo‘llay olardik.
Jismoniy mashqlar mushaklarni rivoj- lantirib, mustahkamlaganidek, xotirani mustahkamlash mashqlari esa miyani rivoj- lantiradi va mustahkamlaydi. Ammo mushak- larni rivojlantirish uchun shunchaki nima- dir qilish emas, balki kam quvvat sarflab, eng katta natijaga erishish mumkin bo‘lgan tamoyillarni qo‘llash kerak.
Xotirani rivojlantirish haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. Xotirangiz- ni turli fakt, maʼlumotlar bilan shunchaki to‘ldirib va uni betartib ishlashga majbur qilib, yaxshi natijalarga erisha olmaysiz.
Siz g‘ayrioddiy darajada yuqori bo‘lgan natijalarni qo‘lga kiritish imkonini be- radigan texnikani asta-sekin kashf eting. Siz miyani befoyda ishlar bilan zo‘riqtir- masdan, xotirani ishlatishga majbur qi- lishga o‘rganing va xotirangizning borgan sari mustahkamlanib borayotganini sezasiz. taklif qilinayotgan mashqlar va texnika yordamida siz xotirangiz hajmini sezilar-
li darajada oshirib olasiz.
Biz miyamizning va demak, xotiramiz- ning ham qobiliyat va imkoniyatlarining o‘ndan bir qisminigina ishlatamiz, xolos. Yaʼni siz xotirangiz qobiliyatini o‘n mar- ta oshirish imkoniga egasiz. Bu albatta iz- zat-nafsingizga yoqadigan imkoniyat. Ammo biz tavsiya etayotgan mashqlar xotirangizni sezilarli darajada oshirishi aniq. Siz xotirangizdan ular mavjudligi haqida o‘y- lab ham ko‘rmagan resurslarni chiqarishin-
giz (maʼlumot, hodisa, fakt va raqamlarni eslashingiz) mumkin.
Har qanday sohada bo‘lganidek, odamlar bir-birlaridan tabiat ularga bergan qo- biliyatu inʼomlar bilan emas, balki yaxshi bilim va ularni qo‘llashga intilish bilan farqlanadi.
Biz sizga o‘rgatadigan xotira texnikasi- ni qo‘llang.
Dostları ilə paylaş: |
|
|