X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar


 – rasm. Sanoat robotining struktura sxemasi



Yüklə 3,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/134
tarix21.10.2023
ölçüsü3,57 Mb.
#129632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134
ROBOTLAR VA ROBOTOTEXNIK TIZIMLAR -Дарслик-2020

1.2 – rasm. Sanoat robotining struktura sxemasi:
BQ – boshqarish qurilmasi, YuBQ – yuritmalarni boshqarish qurilmasi; D – 
datchik; Yu – yuritma; ishchi qurilmasi. 
Robotlar bajariladigan operatsiyalarining murakkabligiga va vazifasiga 
qarab 3 avlodga bo‘linadi.
Birinchi avlodga
avtomatik ishlovchi programmali boshqariladigan robotlar 
kiradi, ularda manipulyatsion operatsiyalarning xarakteriga qarab programmalash 
va mexanik qurilmalarining ishlashi nisbatan oson moslashtiriladi. Bunday 
robotlarda boshqarish qurilmasi sifatida programmali boshqarish qurilmasi yoki 
kompyuter ishlatiladi. Birinchi avlod robotlari yetarli darajada universal va ko‘p 
imkoniyatlarga ega hisoblanadi. Mavjud avtomatlashtirish vositalariga qaraganda 
birinchi avlod sanoat robotlari yangi topshiriqlarni bajarishga tez va yaxshi 
moslashadi. 
Tashqi muhit bo‘yicha informatsiyaning birinchi avlod sanoat robotlarida 
yo‘qligi, o‘zgaruvchan sharoitlarga mos ravishda ish jaryonlarini optimallashtirish 
imkoniyatini bermaydi. Bu esa birinchi avlod sanoat robotlarini qo‘llashni bir oz 


13 
cheklaydi va kerakli ishchi zonani shakllantirish uchun qo‘shimcha ishlar o‘tkazish 
zarur bo‘ladi. 
Ikkinchi avlod
- adaptiv robotlar, ular tashqi muhit o‘zgarishlariga moslasha 
oladi. Adaptiv robotlarning birinchi avlod programmali robotlarga qaraganda 
funksional imkoniyatlari keng bo‘ladi. Tashqi muhit bo‘yicha informatsiyani 
olishda turli xil sensor qurilmalardan foydalaniladi. Masalan, sun’iy ko‘z 
sistemalari, taktil sensorlar, lokatsion datchiklar va h.
Uchinchi avlod
– intellektual robotlar. Bunday robotlar tashqi muhitni o‘zida 
aks ettira oladi, avtomatik ravishda bajarilishi kerak bo‘lgan harakatlar bo‘yicha 
qaror qabul qilish imkoniyatiga ega. Intellektual robotlar odamga o‘xshash turli 
intellektual va oldindan rejalashtirilgan harakat funksiyalarini bajaradi.

Yüklə 3,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə