“Xalqaro akkreditatsiya tizimi asosida O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlash tizimini takomillashtirish”


Sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish



Yüklə 143,96 Kb.
səhifə4/4
tarix19.08.2023
ölçüsü143,96 Kb.
#120704
1   2   3   4
Презентация

Sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish
9000 turkumli ISO standartiga mos keluvchi sifatni ta’minlash tizimlarini sertifikatlashtirish chet mamlakatlarida keng rivojlangan hisoblansada, ayni paytda O‘zbekistonda bu muammoga oxirgi 2 yil mobaynida jiddiy e’tibor bilan qaralmoqda.Sifat tizimiga sertifikat – mahsulot yetkazib berish shartnomasini tuzishda asosiy omillardan biri bo‘lib, g‘arb ekspertlarining fikricha, yaqin kelajakda Yevropa bozorlarida 95 % gacha shartnomalar mahsulot yetkazib beruvchi firmada sifat tizimi sertifikati bo‘lgandagina tuzilishi ko‘zda tutilmoqda. Rossiyalik ekspertlar baholashlaricha oxirgi besh yil mobaynida rossiyalik ishlab chiqaruvchilarning eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarini yuborish bo‘yicha 30%ga yaqin shartnomalar sertifikat bo‘lmaganligi uchun tuzilmagan.
Sifatsiz mahsulot bilan bog‘liq bo‘lgan sud da’volari vujudga kelganda, tizim sertifikati sud tomonidan firmaning aybsizligini isboti sifatida baholanmoqda, sifat tizimiga sertifikatning mavjudligi tenderlarda ishtirok etish uchun zaruriy shart bo‘lmoqda.
Sertifikatlashtirilgan sifat tizimi korxonani mahsulotni bir tekisda ishlab chiqarish qobiliyatini ko‘rsatadi va ham ichki, ham tashqi bozorlarda raqobatbardoshligininng muhim omilidir.
O‘rganish natijalari quyidagilarni ko‘rsatdi: xalqaro standartlar davlatlararo akkreditatsiya munosabatlarda jahon miq’yosida foydalanish mumkin bo‘lgan universal vosita bo‘lib qolmoqda va iqtisodiy rivojlanishning «harakatlantiruvchi kuchi» deb tan olinmoqda, ushbu sohadagi izlanishlar uzluksiz davom etmoqda va sifatni boshqarish usullarining yangi turlari o‘ylab chiqarilmoqda. O‘zbekistonning ushbu jarayonlardan chetlanib qolmasligining birdan-bir yo‘li – ilmiy-izlanishlar natijasida bizga qulaylarini tanlab olish va joriy qilishdir.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagilarni taklif qilaman:
1. Respublikamiz ommaviy axborot vositalari orqali sifatni boshqarish tizimlarining keng yoritilishi ushbu masalaga aholining keng qatlamini jalb qilib, ijtimoiy fikrga aylanadi va faqatgina ishlab chiqaruvchida emas, balki iste’molchida ham sifat tizimlari joriy qilingan korxonalarga nisbatan ishonch paydo bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari respublikamizda sertifikatga ega bo‘lgan korxonalarni axborot tizimlari, taqdimotlar orqali chet davlatlarning e’tiboriga havola qilishni yo‘lga qo‘yish kerak.
2. Keyingi yillarda kichik va xususiy tadbirkorlik sohasiga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari orasida keng tarqalayotgan «mikrokreditlash» turida kreditning sifatni boshqarish tizimini joriy qilish uchun ham berilishini tashkil qilish korxonalarning aylanma mablag‘larini tizimni joriy qilishga jalb qilmasdan korxonani rivojlantirishga sarf qilishiga sharoit yaratib beradi.
3. Sifat tizimlarining joriy qilinishida maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchi konsalting kompaniyalarining ko‘payishi va rivojlanishi uchun imtiyozli sharoitlar yaratib berish maqsadga muvofiq, buning oqibatda ular xizmat xarajatlarining kamayishiga va korxonalar tomonidan ko‘proq jalb qilinishiga olib kelad
Yüklə 143,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə