“Xalqaro akkreditatsiya tizimi asosida O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlash tizimini takomillashtirish”


sertifiktlashtirilgan korxonalar sonining o‘zgarishi



Yüklə 143,96 Kb.
səhifə3/4
tarix19.08.2023
ölçüsü143,96 Kb.
#120704
1   2   3   4
Презентация

sertifiktlashtirilgan korxonalar sonining o‘zgarishi
Xalqaro akkredatsiya sohasidagi faoliyat va unga davlatlarning e’tibori
Xalqaro akkreditatsiya – bu mahsulot yoki xizmatlarga belgilangan talablarni yoki kutilayotgan ehtiyojlarni qondirish xususiyatini anglatadigan tavsiflari yig‘indisidir. Malakali xodimlar va tegishli texnologiya yordamida erishiladigan aniqlik, hamda ishlab chiqarish va mehnatning samaradorligi iste’molchi talabining qondirilishiga va sifatga olib keladi.
“Mahsulot” deganda mehnat faoliyati jarayonining moddiylashtirilgan natijasi tushunilib, u foydali xossalarga ega bo‘ladi, aniq ishlab chiqarish jarayonlarida olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy xarakterli ehtiyojlarni qoniqtirish uchun mo‘ljallanadi.
Mahsulotning sifatli bo‘lishida «standartlashtirish» faoliyati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, chunki har qanday texnologik jarayonning o‘rnatilgan talablarga mos bo‘lishi, har bir bosqichda me’yoriy hujjatlarning bajarilishiga rioya qilinishi, ijrochilarning mehnat intizomiga va texnologik yo‘riqnomalarga amal qilishi standartlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Xalqaro akkreditatsiya mahsulotning har bir turiga ham ishlab chiqilmaydi va insonlar hayoti, sog‘lig‘i uchun xavfsizlik, atrof muhitni muhofaza qilish, o‘zaro almashinishi hamda texnik moslashuvchanlik talablariga ega bo‘ladi.
Aniq mahsulotga qo‘yiladigan texnikaviy talablar hamda ularni o‘lchash va sinash usullari standartda ko‘zda tutilishi lozim bo‘lganligi sababli, mahsulot uchun standartlarni ishlab chiqish jarayonida uni sinashning yagona usullarini belgilashga alohida e’tibor qaratiladi.
ISOda amalda bo‘lgan standartlar ishlab chiqish tartib-taomillari barcha mamlakatlarga yig‘ilishlarda qatnashish, xalqaro standartlar ishlab chiqish to‘g‘risida takliflarni boshqa qo‘mita a’zolari tomonidan muhokama qilinishi uchun taqdim etish, o‘z fikr-mulohazalarini tayyorlab standartlar loyihalari bo‘yicha ovoz berishga imkoniyat yaratadi. Xalqaro standartlar loyihalari ma’lum bir sohadagi yetakchi mamlakatlar mutaxassislari ishtirok etadigan ishchi guruhlar tomonidan ishlab chiqiladi.
1994 yil 1 yanvardan O‘zdavstandart, so‘ngra 2002 yildan uning huquqiy vorisi bo‘lgan «O‘zstandart» Agentligi O‘zbekiston Respublikasi nomidan ISO ning to‘la huquqli a’zosi bo‘lib hisoblanadi. Xalqaro standartlarning loyihalari bo‘yicha o‘z takliflarini agentlik doimo yuborib, faol qatnashmoqda.
Xalqaro akkreditatsiya - ma’lum sohada har qanday masalalarga nisbatan ko‘p martalab foydalanish va hamma uchun umumiy o‘rnatilgan me’yorlar yordamida tartibga solishning eng qulay darajasiga erishishga qaratilgan faoliyatdir.
Xalqaro miq’yosda tan olingan va O‘zbekistonda joriy qilingan standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat :
- mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlarning (keyinchalik «mahsulotlar» deb yuritiladi) aholining hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulki va atrof-muhit uchun xavfsizligi masalalarida davlat va iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish;
- fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholi va xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq mahsulotlarning sifati hamda raqobatbardoshligini ta’minlash;
- kam chiqindili hamda mavjud resurslar tejalishi asosidagi texnologiyani qo‘llash orqali ishlab chiqarishning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga ko‘maklashish;
- xalq ho‘jaligi ob’ektlariga tabiiy yoki texnogen falokatlar, favqulodda vaziyatlar ta’sir qilishi havfining oldini olish;
Sertifikatlashtirish - guvohlik berish, qayd yoki shahodat etish, ishonch bildirish ma’nolarini bildiruvchi «certifus» (lotinchadan) so‘zidan olingan bo‘lib, kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini uchinchi, xolis va tan olingan tomon tarafidan tasdiqlaydigan faoliyatni bildiradi.
Sertifikatlashtirish umumiy atama bo‘lib, mahsulot, texnologik jarayon va xizmatlarning muvofiqligini sertifikatlashtirishda uchinchi tomonning qatnashishi va unga xolisona baho berishini anglatadi.
Sertifikatlashtirish deganda mahsulot yoki xizmat muayan standartga yoki texnikaviy shartlarga mos kelishini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot sifati haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi.
Sertifikatlashtirish ishlab chiqarilayotgan va import qilinayotgan mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlash bo‘yicha faoliyatning eng muhim tashkil etuvchisi hisoblanadi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi kerak. Sifat ko‘rsatkichlari esa ma’lum, belgilangan talablarga muvofiq kelishi lozim. Muvofiqlik o‘z navbatida ma’lum standartga (me’yoriy hujjatga) mos bo‘lishini talab etadi.
AQSh Federal institutining statistik ma’lumotlariga bo‘yicha dunyoning 2800 ishlab chiqarish firmalarining 70 foizi TQMga moslashgan. Sifatni boshqarish bo‘yicha Yevropa jamg‘armasi (EFQM) tadqiqotlariga asosan mahsulotning past sifatli bo‘lganligi sababli talabgorlarning mahsulotdan voz kechishi natijasida mahsulotning tannarxi bo‘yicha Yaponiyada 12%gacha, Yevropada esa 25% gacha zarar keltirishi aniqlangan.
Sertifikatlashtirish chizmasi sertifikatlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan ishlar ketma-ketligi, uch tomonning vazifalari va huquqlarini belgilaydi
Sertifikatlashtirish va sinash sohasini takomillashtirish bo‘yicha «O‘zstandart» agentligi tomonidan olib borilayotgan ishlar jumlasiga:
xalqaro talablarni hisobga olgan holda muvofiqlikni tasdiqlovchi tizimlar va akkreditsiyalangan tizimlarni ishlab chiqish va joriy qilish;
O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga JST kirishi uchun sinash va sertifikatlashtirish sohasida tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
amaldagi sinov laboratoriyalarini zamonaviy sinash asbob- uskunalari bilan jihozlash orqali rivojlantirish.
sertifikatlashtirish va sinash sohasida yuqori malakali kadrlarni, xalqaro darajadagi ekspert-auditorlarni tayyorlash.
Respublikada Sertifikatlashtirish Milliy tizimi yaratilgan bo‘lib, xalqaro qoidalar talabi bo‘yicha mustaqil akkreditlash faoliyat yuritmoqda. Import qilinayotgan mahsulotlarni tekshirish uchun Shveysariyaning SGS firmasi, Angliyaning ITS firmaci, shuningdek ularning AQSh, Angliya, Germaniya, Fransiya, Gonkong, Xindiston, Shveysariyadagi laboratoriyalari milliy tizimda akkreditatsiya qilindi. Ushbu tashkilotlar tomonidan berilayotgan sertifikatlar O‘zbekiston Respublikasida tan olinmoqda
“O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasining muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha yagona vakolatli organ hisoblanadi.
“O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DUK muvofiqlikni baholash organlarining vakolatlarini quyidagi standart talablariga muvofiq akkreditatsiya qiladi:
sinov va kalibrlash laboratoriyalarini ISO/IEC 17025:2017;
tibbiy laboratoriyalarini ISO 15189:2012;
mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish organlarini ISO/IEC 17065:2012;
xodimlarni sertifikatlashtirish organlarini ISO/IEC 17024:2012;
inspeksiya organlarini ISO/IEC 17020:2012;
malakani tekshirish provayderlarini ISO/IEC 17043:2010;
menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organlarini ISO/IEC 17021-1:2015.
Respublikamiz iste’mol bozorini sifatsiz va xavfli mahsulotlardan himoya qilishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida», «Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifati to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq tegishli infratuzilma tashkil qilinib, milliy sertifikatlashtirish tizimi tarkib topdi va hozirgi vaqtda xalqaro standartlar talablariga uyg‘unlashgan holda rivojlanmoqda.
Milliy sertifikatlashtirish tizimida 65 dan ortiq mahsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditatsiya qilingan idoralar, 8 ta sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi, 225 ta akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari faoliyat ko‘rsatib, xalqaro ISO/IEC va EN hujjatlari bilan uyg‘unlashtirilgan 50 dan ortiq rahbariy hujjatlar va 15 dan ortiq sifatni boshqarish tizimlariga tegishli me’yoriy hujjatlar amal qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida sifatni boshqarish tizimlariga tegishli
me’yoriy hujjatlar
Oʼz DSt ISO 9000:2002
Sifat menejmenti tizimlari-asosiy qoidalar va lug‘at
Oʼz DSt ISO 9001:2002
Sifat menejmenti tizimi- talablar
Oʼz DSt ISO 9004:2002
Sifat menejmenti tizimi-faoliyatni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar
Oʼz DSt ISO 19011:2002
Ekologik menejment tizimi va/yoki Sifat menejmentii tizimi auditi bo‘yicha rahbariy ko‘rsatmalar
Oʼz Rh 51-014-2006
Sifat bo‘yicha ekspert auditrlar. Talablar, tayyorlash va baxolash
Oʼz DSt ISO 19011:2002
Ekologik menejment tizimi va/yoki Sifat menejmenti tizimi auditi bo‘yicha rahbariy ko‘rsatmalar
Oʼz DSt ISO/TR 10013:2006
Sifat bo‘yicha qo‘llanmani ishlab chiqishga doir metodik ko‘rsatmalar
Oʼz DSt ISO 10006:2005
Sifatni ma’muriy boshqarish. Loyihalar Sifat menejmentii bo‘yicha rahbariy ko‘rsatmalar.
Sifatni boshqarish (menejmenti) tizimi -bu tashkilot sifat bilan bog‘liq vazifalarni xal qiladigan usuldir. Keng ma’noda u mahsulot sifati sohasida belgilan maqsadlarga erishish va iste’molchilar talablarini qanoatlantirish uchun qo‘llaniladigan tashkilotni tashkiliy tuzilmasi, hujjatlari, ishlab chiqarish jarayonlari va resurslarni qamrab oladi.
Sifat menejmenti tizimi – u yoki bu faoliyat qanday va nima uchun amalga oshirilishi, vazifalarni hal qilish usullari va erishilgan natijalarni qayd qilinishi masalalarini qamrab oladi. Tizimning asosiy sakkiz tamoyili quyidagilar:
1. Iste’molchiga yo‘nalganlik.
Tashkilotlar o‘zlarining iste’molchilarining joriy va kelgusidagi ehtiyojlarini tushuna bilishi, ularning talablarini bajarishi va iste’molchilar kutganidan ham ortiqroq sifatga erishish lozim.
2. Rahbarlarning peshqadamligi (sardorligi).
Rahbarlar tashkilotning maqsadi va faoliyati yunalishini yagonaligini ta’minlaydi. Rahbarlar tashkilot oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga xodimlarni jalb etish mumkin bo‘ladigan ichki muhitni yaratishi lozim.
3. Xodimlarning jalb qilinishi.
Barcha pog‘ona xodimlari tashkilot asosini tashkil etadi va ularning o‘zgarishlarga to‘liq jalb etilishi xodimlar qobiliyatidan unumli foydalanish imkonini beradi. Har bir xodim sifatni ta’minlash ishida o‘zining muhimligini tushunishi va sifatni yaxshilashda o‘z vazifalarining borligini bilishi kerak.
4. Jarayonli yondoshish.
Tashkilotning faoliyati va mavjud resurslar jarayonli yondoshish tarzida boshqarilganida kutilgan natija samarali buladi.
5. Boshqarishga tizimli yondoshish.
Tashkilot o‘zaro bog‘liq jarayonlarni aniqlashi, tahlil qilishi va boshqarishi korxonaning samaradorligiga va tashkiliy tuzilmasiga ijobiy ta’sir qiladi.
6. Doimiy yaxshilash.
Tashkilotning faoliyatini doimiy yaxshilashga «doimiy maqsad» deb qarash lozim.
Tashkilot buyurtmachining kelajakdagi ehtiyojlarini samarali qondirish va joriy qilingan jarayonlarda eng yaxshi natijalarga erishishini o‘z maqsadi deb qaraydi.
7. Faktlarga asoslangan qarorlarni qabul qilish.
Qarorlar ma’lumotlarni va axborotlarni (faktlar) tahlil etish natijalariga asoslangan holda qabul qilinishi lozim.
Bunda manba bo‘lib auditlar, nazorat idoralari va buyurtmachilarning shikoyatlari xisoblanadi.
8. Yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlar.
Sifat tizimlarini joriy qilishda mahsulotni saqlash uchun tegishli sharoitlarni yaratish, transportda tashishda ortish va tushirish qoidalariga rioya eish, omborlarda saqlanishida harorat va boshqa ta’sirlardan saqlash zarur.
Sifat menejmenti tizimining hujjatlari:
a) sifat sohasida siyosat va maqsadlar haqida hujjatli rasmiylashtirilgan ariza;
b) sifat bo‘yicha qo‘llanma;
v) hujjatlashtirilgan protseduralar;
g) jarayonlarni samarali rejalashtirish, amalga oshirish va ularni boshqarish uchun tashkilot hujjatlari (yo‘riqnomalar);

Yüklə 143,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə