Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə118/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
135
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
14-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralar.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati:
sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish; moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish;
savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o‘tkazish, telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish; (O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
zaharli, engil alangalanuvchan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib tashlash;
davlat mudofaasini ta’minlash;
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash; sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash; geodezik va gidrometeorologik ishlar;
o‘lchov vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olishga nisbatan tatbiq etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining normativ hujjatlariga binoan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati faoliyatning o‘zga doiralariga nisbatan ham tatbiq etilishi mumkin.
15-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari.
Davlat metrologiya tekshiruvi quyidagi tarzda amalga oshiriladi:
o‘lchov vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash;
o‘lchov vositalarini hamda o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish; (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
o‘lchov vositalarini, shu jumladan, etalonlarni tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash;
o‘lchov vositalarini hamda o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini sinash, tekshiruvdan o‘tkazish, metrologik attestatsiya qilish, o‘lchov vositalarini va metrologiya faoliyatning boshqa muayyan turlarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarning o‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish, ularning ijarasi bilan shug‘ullanishga doir faoliyati listenziyalanayotganda mazkur shaxslarning belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etishlarini baholash hamda tasdiqlash; (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
o‘lchovlarning bajarilish sifatini va metrologiya faoliyatining boshqa turlarini baholash. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
Davlat metrologiya nazorati:
o‘lchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, ularning ijarasi bilan shug‘ullanish, ularni realizatsiya qilish, ularning holati va qo‘llanilishi (fizik o‘lchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, o‘lchov tizimlarini qo‘shgan holda);
o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarining qo‘llanilishi;
belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi qism)
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə