Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə120/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
137
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
hujjatlariga muvofiq beriladigan listenziya asosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi modda).
18-1-modda. Metrologiya ishlari va xizmatlarini amalga oshirish huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish.
Normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish, o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish, ushbu qonunning 14-moddasida ko‘rsatilgan doirada qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchov vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash, ta’mirlash, sinash, metrologik attestatsiya qilishni amalga oshirish huquqi bilan ta’minlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarni akkreditatsiya qilish «O‘zstandart» agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi modda)
  • modda. Metrologiya normalari va qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik.

  • Ushbu Qonunning qoidalari, shuningdek metrologiya normalari va qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, davlat boshqaruv organlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
    V BO‘LIM. METROLOGIYA ISHLARINI MOLIYAVIY TA’MINLASH.
  • modda. Davlat tomonidan albatta moliyaviy ta’minlash 21-modda. Metrologik ishlar va xizmatlar uchun haq to‘lash

  • 20-modda. Davlat tomonidan albatta moliyaviy ta’minlash.
    Davlat tomonidan quyidagilar:
    metrologiyani rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish; metrologiya sohasida rasmiy axborotlar bilan ta’minlash;
    metrologiya bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy tashkilotlarning ishida qatnashish va metrologiya bo‘yicha chet el milliy xizmatlari bilan ishlar bajarish;
    metrologiya bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy normalar hamda qoidalarni ishlab chiqish va ishlab chiqishda qatnashish;
    metrologiya sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
    metrologiya bo‘yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va o‘zga ishlarni o‘tkazish;
    o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlashga doir «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlanadigan normativ hujjatlarni ishlab chiqish; (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
    fizik o‘lcham birliklarining etalonlarini va o‘ta aniq namunaviy o‘lchov vositalarini ishlab chiqish, takomillashtirish, yasash, saqlash, qo‘llash, sotib olish va asrash, shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlash; (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
    moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, shuningdek moddalar va materiallarning fizik konstantalari hamda xossalariga oid standart spravka ma’lumotlari ishlab chiqish va joriy etish davlat tizimlarini rivojlantirishga doir ishlar;
    davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratiga doir ishlar albatta byudjetdan moliyaviy ta’minlanishi shart. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xatboshi)

www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə