Xalqaro iqtisodiy integratsiya



Yüklə 28,44 Kb.
səhifə6/6
tarix11.10.2023
ölçüsü28,44 Kb.
#127071
1   2   3   4   5   6
M.ISHXalqaro iqtisodiy integratsiya

Beshinchi bosqich - Yagona iqtisodiy siyosat, umumiy valyuta va milliy darajadan ustun turuvchi tartibga solish tashkilotlariga ega to‘liq integratsiya. Integratsiyaning bu darajasiga erishish siyosiy-iqtisodiy ittifoq unga kirayotgan davlatlar integratsiyaning oldingi bosqichlarida erishilgan natijalarni hisobga olgan holda, uchinchi mamlakatlarga nisbatan birgalikda savdo, so‘ngra umuman, iqtisodiy siyosatni olib borish hamda iqtisodiyotni tartibga solish tizimini birhillashtirish haqida kelishuvlarni o‘z ichiga oladi. Integratsiyaning ushbu bosqichi qatnashuvchi mamlakatlarning tashqi siyosatini kelishilgan holda olib borilishini ko‘zda tutadi. Bu esa, o‘z navbatida har bir qatnashuvchi mamlakat va umuman, ittifoqning iqtisodiy rivojlanish manfaatlari yo‘lida bor imkoniyat va vositalarni o‘zaro manfaatli birlashtirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Iqtisodiy integratsiyaning milliy iqtisodiyotlarga ta’siri

Yevropa hamjamiyati yuzaga kelgunga qadar iqtisodiyot fanida «iqtisodiy integratsiya» atamasi ma’lum emas edi. Biroq milliy davlatlar orasidagi «bozorlar integratsiyasi» va «siyosat integratsiyasi» kabi jarayonlar uzoq vaqtlardan beri mavjud. Yagona milliy bozorlar savdoning stixiyali rivojlanishi va mehnat taqsimoti natijasida shakllanib keldi. Bu jarayonlarning yuqori bosqichi sifatida birlashgan milliy iqtisodiyot komplekslarining yuzaga kelishi bo‘ldi.


Yevropa integratsiyalashuvining yo‘li ham shu kabi bo‘ldi: Yagona ichki bozor yaratildi, Yevropa hamjamiyati bo‘ylab Yagona iqtisodiy qonunchilik tizimi va Yagona (yoki hech bo‘lmaganda uyg‘unlashgan) iqtisodiy siyosat olib borilib boshlandi. Biroq alohida olingan milliy davlatlar ichidagi birlashtiruvchi jarayonlar bilan davlatlararo birlashtiruvchi jarayonlar orasida jiddiy sifat jihatidan farqlar mavjud edi.
Faqatgina 50-yillarga kelibgina tadqiqotchilar jamoatchilik diqqat-e’tiborini erkin savdo zona va bojxona ittifoqlarini tashkil etish shubhasiz dunyo miqyosida erkin savdo paradigmasidan chekinish ekanligiga qarata boshlashdi.
Integratsiya - integratsion guruh ichida erkin savdoning maksimal rivojini, lekin shu bilan birga ushbu guruh va tashqi olam orasidagi proteksionizmning kuchayishini anglatadi. Shu sababli, hududiy integratsiyaning ratsionalligi yoki irratsionalligi masalasi, pirovard natijada, ikki o‘zaro qarama-qarshi samaralarning nisbatiga keltiriladi.
Bir tomondan, agarda erkin savdo zonasini yoki bojxona ittifoqini yaratilishi natijasida qimmat ichki ishlab chiqarishni arzonroq import bilan almashtirilsa, u holda «savdoni tashkil etish» (trade creation) ro‘y beradi. Boshqa tarafdan, agarda integratsiya natijasida uchinchi davlatlardan olinadigan arzon import, erkin savdo zonasi yoki bojxona ittifoqi bo‘yicha qo‘shni- davlatdan olinadigan qimmat import bilan almashtirilsa, u holda «savdoni chalg‘itish» (trade diversion) ro‘y beradi. Birinchi bor bu konsepsiya Dj.Viner va M.Bielar tomonidan 1950 yilda, ya’ni «oltilik»ning bojxona ittifoqi tuzishiga qadar, ilgari surilgan edi.
Yüklə 28,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə