Xalqaro iqtisodiy integratsiya


Iqtisodiy integratsiya shakllanishining shart-sharoitlari



Yüklə 28,44 Kb.
səhifə2/6
tarix11.10.2023
ölçüsü28,44 Kb.
#127071
1   2   3   4   5   6
M.ISHXalqaro iqtisodiy integratsiya

Iqtisodiy integratsiya shakllanishining shart-sharoitlari va uning bosqichlari
Iqtisodiy integratsiya shakllanishining shart-sharoitlarini tahlil qilamiz. Ular quyidagilardir:

  • Integratsiyalashayotgan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishi va bozor munosabatlaridagi yetukligi darajasining yaqinligi. Kamdan-kam istisnolardan tashqari, qolgan barcha hollarda davlatlararo integratsiya yo industrial mamlakatlar yoki rivojlanayotgan mamlakatlar orasida rivojlanadi. Hatto, sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar doirasida, tahminan bir xil iqtisodiy rivojlanish darajasidagi davlatlar o‘rtasida integratsion jarayonlar eng faol bo‘ladi.

  • Integratsiyalashayotgan mamlakatlarning jo‘g‘rofiy yaqinligi, ko‘p hollarda umumiy chegara va tarixan shakllangan iqtisodiy aloqalarning mavjudligi. Dunyodagi integratsion birlashmalarning aksariyati jo‘g‘rofiy jihatdan bir-biriga yaqin joylashgan, transport aloqalariga ega bo‘lgan va ko‘pincha bir tilda gaplashadigan bir necha qo‘shni mamlakatlardan boshlangan edi.

  • Rivojlanish, siyosiy hamkorlik va turli sohada mamlakatlar oldida turgan iqtisodiy va boshqa muammolarning umumiyligi. Iqtisodiy integratsiya integratsiyalashayotgan mamlakatlar oldida mavjud bo‘lgan aniq muammolar to‘plamini hal qilishga qaratiladi. Balki asosiy muammosi-bozor iqtisodiyotining asoslarini yaratishga bo‘lgan mamlakatlar bozorining rivojlanganligi, umumiy valyutani joriy qilishni talab etadigan davlatlar bilan integratsiyalashuv mumkin emasligi yaqqol ayonligi bunga sababdir.

  • Ustunlikni namoyish qilish samarasi. Integratsion birlashmalarni tuzgan davlatlarda odatda ijobiy iqtisodiy siljishlar (iqtisodiy o‘sish sur’atlarining tezlashuvi, inflyasiyaning pasayishi, ish bilan bandlikning o‘sishi) ro‘y beradi va bu shubhasiz o‘zgarishlarni kuzatib borayotgan boshqa mamlakatlarga ma’lum ruhiy ta’sir ko‘rsatadi

  • "Domino samarasi". U yoki bu mintaqadagi mamlakatlarning ko‘pchiligi integratsion birlashmaga a’zo bo‘lgach, bu birlashma doirasidan chetda qolgan mamlakatlar, shubhasiz, ba’zi qiyinchiliklarga duch keladi. Bu qiyinchiliklar mazkur guruhga kiruvchi mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining uzviyligi bilan bogliqdir. Bu ko‘pincha, hatto, integratsiya doirasidan tashqarida qolishdan qo‘rqib, integratsiya doirasidan chetdan qolgan mamlakatlar bilan savdoni qisqartirishga ham olib keladi.

Hozirgi kunda xalqaro iqtisodiyotda yuzaga kelayotgan va rivojlanayotgan ko‘plab integratsion birlashmalar aslida o‘z oldiga bir-biriga o‘xshash vazifalarni qo‘yadilar. Bular quyidagilardan iborat:



  1. Keng ko‘lamli iqtisodiyot ustunliklaridan foydalanish. Keng ko‘lamli iqtisodiyot nazariyasi asosida bozorlar hajmini kengaytirish, transaksion xarajatlarni kamaytirish va boshqa bir qator afzalliklardan foydalanish. Bu, o‘z navbatida, katta hajmdagi bozorlarga katta ishtiyoq bilan kirib keladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilishga bevosita imkon beradi.

  2. Qulay tashqi siyosiy muhitni yaratish. Ko‘plab integratsion birlashmalarning muhim maqsadi ularda ishtirok etuvchi davlatlarning siyosiy, harbiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa noiqtisodiy sohalarda bir-birini tushunishi va hamkorligini mustahkamlashdir.

  3. Savdo siyosatidagi vazifalarni hal qilish. Mintaqaviy integratsiya, ko‘pincha, GAATG’BST doirasida ishtirok etayotgan mamlakatlarning muzokarasi nuqtai nazaridan olib qaraladi. Mamlakatlar bloki nomidan kelishilgan holdagi bayonot ancha jiddiy hisoblanadi va savdo siyosati sohasida kutilgan natijalarni beradi.

  4. Iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurishga ko‘maklashish. O‘z qo‘shinlarini integratsiya jarayonlariga qo‘shar ekanlar rivojlanganroq davlatlar ham o‘sha mamlakatlardagi to‘laqonli va katta hajmli bozorlarni yaratish hamda ulardagi bozor islohotlarining ildiz otishidan manfaatdor bo‘ladi. Yevropa Ittifoqining u yoki bu shakliga qo‘shila turib, ko‘plab G‘arbiy Yevropa mamlakatlari shu maqsadlarni ko‘zlagan edi.

Milliy sanoatning yosh sohalarini qo‘llab-quvvatlash. Hatto, integratsion birlashmalar uchinchi mamlakatlarga nisbatan kamsituvchi choralarni nazarda tutmaganlarida ham, ular faoliyati uchun kengroq mintaqaviy bozor ochiladigan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash usuli sifatida qaraladi.
Tarixan integratsion jarayonlar bir nechta asosiy bosqichlar asosida rivojlanib keldi. Ularning har biri uning rivojlanishining ma’lum darajaga etganligini ifoda etadi. Integratsion guruhlar tipologiyasining asoslari ishtirokchi mamlakatlar milliy iqtisodiyotining makro va mikro darajada o‘zaro yaqinlashishi va bir-birini iqtisodiy jihatdan naqadar chuqur kirib borishini baholashda namoyon bo‘ladi.
Jahon xo‘jaligidagi integratsion jarayonlarni rivojlantirish bo‘yicha to‘plangan tajriba iqtisodiy integratsiyaning yuzaga kelishi va rivojlanishida besh bosqichdan o‘tish zarurligidan dalolat beradi

Yüklə 28,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə