Xalqaro moliya bozorlari integratsiyasi mundarija: kirish I bob. Moliya bozori haqida tushuncha


Iqtisodiy integratsiyaning maqsadi va asosiy shakllari



Yüklə 0,78 Mb.
səhifə4/17
tarix29.09.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#124778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
XALQARO MOLIYA BOZORLARI INTEGRATSIYASI (1)

Iqtisodiy integratsiyaning maqsadi va asosiy shakllari.
Hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan dunyoning deyarli barcha integratsion guruhlarida ularning asosiy maqsad va masalalari bir-biriga to‘g‘ri keladi. Ular integratsion ittifoqqa a’zo bo‘lgan mamlakatlarning daromadlari oshishi ko‘rinishda iqtisodiy boylik olish, ishlab chiqarish va talablarning pasayishidagi harakatda ifodalanadi. Bu maqsadlar Yevropa mamlakatlari kabi Osiyo-Tinch okeani hududi (OTOH), Afrika va Markaziy Amerika iqtisodiy integratsiyalashuvida ham yorqin ko‘rinadi. Integratsiya hamkorlik integratsion birlashuv a’zolari bo‘lgan mamlakatlar o‘rtasidagi savdoda cheklanishlarning doimiy yo‘qotilishi, o‘zaro savdo sohasida umumiy siyosatning o‘tkazilishi va ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Iqtisodiy guruhlarda qatnashayotgan mamlakatlarga jahon hamjamiyatida Butunjahon savdo tashkiloti (JST), Xalqaro valyuta fondi (XVF), Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) va boshqa turli xalqaro tashkilotlarda o‘z nuktai nazarini bayon etib turish osonroq.
Integratsion birlashuvga a’zo bo‘lgan mamlakatlarda iqtisodiyotning tizimlarida qayta qurish o‘tkazilishi integratsiya maqsadlarining amalga oshirilishi uchun muhim vosita sifatida qaralishi mumkin. Bu iqtisodiyotning turli jabhalariga tegishli: ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqalar. Ularning mujassamlashuvi, sohalashuvi, yanada samaraliroq tizimlar yaratish rejasidadir. Juda ko‘plab integratsion guruhlar a’zosi bo‘lgan mamlakatlar uchun iqtisodiyotdagi hamkorlikni kengaytirish nafaqat uni mustahkamlashda, balki u siyosat, harbiy soha, madaniyat va boshqa soahalarda ham juda muhim sanaladi. Ushbu maqsadlar sanoati rivojlangan mamlakatlar birlashuvini keltirib chiqaradi. Masalan, Yevropa Itifoqi (YEI), Yaqin Sharq mamlakatlari va Osiyo-Tinch okeani hududi (ATR) birolashuvi kabilar.
Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida xalqaro iqtisodiy integratsiyalar qo‘yidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:



  • erkin savdo hududi;

  • bojxona ittifoqi;

  • umumiy bozor;

  • iqtisodiy ittifoq;

  • to‘liq iqtisodiy integratsiya.

Xalqaro iqtisodiy integratsiya rivojlanishi savdo va iqtisodiy ittifoqdagi mamlakatlar o‘rtasida bitimlar hamda davlatlararo ittifoqni huquqiy mustahkamlovchi kelishuvlar bilan ifodalanadi.

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə