Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari mazmuni


Buxgalteriya xisobini tashkil etish



Yüklə 89,5 Kb.
səhifə5/8
tarix26.10.2023
ölçüsü89,5 Kb.
#130927
1   2   3   4   5   6   7   8
XALQARO MOLIYAVIY HISOBOT STANDARTLARI MAZMUNI

Buxgalteriya xisobini tashkil etish – bu xo’jalik bo’linmalarida xisob yuritish, xisob ma’lumotlarining bo’linmalaridan markaziy buxgalteiyada yetkazguncha mablag’lar, ularning manbalari va xo’jalik jarayonlarini butun korxopna buyicha xisob ma’lumotlarini umumlashtirish va xisob tuzguniga qadar xisob yuritish bilan bog’liq bo’lgan funksiyalar xizmat vazifalari va tadbirlar tizimidir.

Markazlashtirilgan buxgalteriya xisobi

Markazlashtirilgan buxgalteriya xisobi
Markazlashtirilgan buxgalteriya xisobida barcha boshlang’ich va yig’ma xujjatlar xo’jalikning bo’linmalarida tuzilib, markaziy buxgalteriyaga topshiriladi va u yerda bu xujjatlarni ishlash, xo’jalik muammolarini buxgalteriya xisobining tegishli sentitek va analitik schyotlarida aks ettirish, choraklik, yarim yillik, to’qqiz oylik va yillik buxgalteriya balansi va xisoblarini tuzish amalga oshiriladi
Markazlashtirilmagan buxgalteriya xisobi yuritilganda dastlabki va yig’ma natijalarni ishlash, sentitek va analitek xisobni yuritish hamda balans va xisoblarni tuzish xujalikning bo’linmalarida amalga oshiriladi.
Buxgalteriya standarti hujjatlashtirilgan qoidalar to'plamidir.
Buxgalteriya hisobi standartlarining ikki turi mavjud: milliy (ichki) va xalqaro. Milliy standartlar bir mamlakatning fan va amaliyotini umumlashtiradi. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan va jahon amaliyotida foydalanish uchun tavsiya etilgan standartlardir. Milliy standartlar xalqaro standartlar asosida qurilishi, lekin alohida mamlakatlarning iqtisodiy munosabatlari va an'analarining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi kerak.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar talablariga muvofiq isloh qilish dasturi amalga oshirilmoqda. O’zbekistonning buxgalteriya hisobi standartlari (qoidalari) buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonunni konkretlashtirish uchun mo'ljallangan. Ular tashkilotlar tomonidan xo'jalik operatsiyalarini hisobga olish tamoyillari, qoidalari va usullarini belgilaydi. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish.
Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi axborotdan foydalanuvchilarni o’z vaqtida, to’liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axborotlari bilan ta’minlashdir.
Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


  • Buxgalteriya hisobi schotlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatining holati to’g’risida to’liq va ishonchli axborotlarini shakllantirish;

  • Samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;

  • Moliyaviy soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iborat .

Shuningdek, buxgalteriya hisobi korxona xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish, xo‘jalik faoliyatida salbiy holatlarning oldini olish va uning moliyaviy barqarorligini ta’minlaydigan ichki xo‘jalik imkoniyatlarini topishni ta’minlashi zarur.


Buxgalteriya hisobining:
Birinchi vazifasi korxona rahbarlari, ta’sis-chilari, ishtirokchilari va mulkdorlari, investorlar, kreditorlar, xaridorlar va boshqa axborotdan foydalanuvchilar manfaatlaridan kelib chiqadi. Buxgalteriya axborotlari to‘liq va ishonchli bo‘lishi, ya’ni foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risida, uning mulklari, majburiyatlari, faoliyat natijalari to‘g‘risida barcha zarur axborotlarni taqdim qilishi, demak, korxona ma’muriyati va boshqa axborotdan foydalanuvchilar uchun foydali bo‘lishi lozim.
Ikkinchi vazifaning mazmuni shundan iboratki, buxgalteriya hisobi tizimida korxona moliya-xo‘jalik faoliyati faktlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mosligi ustidan nazorat o‘rnatish uchun ma’lumotlarni shakllantirish zarur. Bunday axborotlar xo‘jalik operatsiyalarining maqsadga muvofiqligini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishni tasdiqlashi lozim.
Uchinchi vazifa korxona xo‘jalik faoliyatini boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, shartnomalarning bajarilishini, tejamkorlikka rioya qilishni va mulkning saqlanishini ta’minlashni nazorat qilish ham hisobning vazifasiga kiradi.
Shartnoma majburiyatining bajarilishini nazorat qilish buxgalteriya hisobi tomonidan ikkita vazifani bajarishda ifodalanadi. Birinchi, buxgaltriya hisobi tadbirkorlikni rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini tuzish uchun zarur dastlabki ma’lumotlarini beradi.
Chunki mavjud bozor konyunkturasini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarini hisobga olmay turib, haqqoniy biznes-reja topshiriqlarini tuzish mumkin emas. Ikkinchidan , shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun bir vaqtning ozida ularning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etish zarur.


  1. Yüklə 89,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə