Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari mazmuni



Yüklə 89,5 Kb.
səhifə1/8
tarix26.10.2023
ölçüsü89,5 Kb.
#130927
  1   2   3   4   5   6   7   8
XALQARO MOLIYAVIY HISOBOT STANDARTLARI MAZMUNI


XALQARO MOLIYAVIY HISOBOT STANDARTLARI MAZMUNI

Reja:


Kirish
Asosiy qism
1. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari, yaratilishining shart sharaoitlari mazmuni va maqsadlari.
2. Moliyaviy hisobning xalqaro standartlariga o’tishda buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari.
3. O’zbekiston buxgalteriya hisobining xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga o’tish xususiyatlari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasi xududidagi kompaniyalarning moliyaviy hisobotining xalqaro standartlariga o’tishning dolzarbligi oshdi. Buning sababi shundaki, keng doiradagi ichki va xalqaro bozor ishtirokchilari uchun kompaniyaning moliyaviy xolati tug’risida ishonchi va shaffof ma’lumotlarni taqdim etishni kafolatlaydigan asosiy vositalaridan biri hisoblanadi.


Mamlakatni modemizatsiyalash va iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida turli mulkchilikka asoslangan tashkiliy-iqtisodiy jihatdan bir-biridan farq qiluvchi ko‘plab xo’jalik yurituvchi subyektlarning paydo bo’lishiga zamin yaratildi. Shu munosabat bilan xo‘jaIik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining to‘g‘ri yuritilishi va uning ustidan nazoratning samarali mexanizmini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xususan, buxgalteriya hisobining ahamiyati sifatida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda hisob tizimining naqadar to'g'ri yuritilishi, xo’jalikning iqtisodiy moliyaviy faoliyatini o‘rganish va uning holatiga xolisona baho berish, shuningdek, iqtisodiy ko‘rsatkichlarning samaradorligini aniqlash hamda nazoratini o‘rganish bugungi kunda talaba yoshlarga muhim dastur vazifasini o‘taydi. Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O'zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi, o‘z navbatida, mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirib, uni xalqaro me’yorlar va standartlarga moslashtirib borishni taqozo etadi. Hisobot berishda korxonaning foydalanishi zarur bo’lgan kompaniyaning xalqaro bozorlarga chiqish tartibida, shu bilan bir qatorda potensial investorlar doirasini kengaytiradi.
Tadbirkorlar tadbirkorlik faoliyatini boshqarish maqsadida yagona hisob-kitob usullarini qo’llash orqali korxona boshqaruvining ichki tizimini takomillashtirish imkonini yaratadi.
O’zbekiston buxgalteriya hisobi tizimi Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga o’tkazish rejasi moliyaviy menejerlar va ekspertlar tomonidan keng baxolanadi. Bazilar bunday jarayon faqat O’zbekiston iqtisodiyotida foyda keltiradi deb hisoblashadi .
Bu, o‘z navbatida, talabalardan jahon talablariga javob beradigan, xalqaro tamoyillar va qoidalarga mos keladigan, O'zbekistonda buxgalteriya hisobini rivojlanishining huquqiy asoslarini chuqur o‘zlashtirishlarini taqozo etadi. Ular
O'zbekiston Respubiikasi hududida amal qilayotgan qonuniy va me’yoriy hujjatlar bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda hisob tizimini to'g'ri yuritishlari uchun huquqiy jihatdan ta’minlovchi asosiy hujjat bo’lib hisoblanadi*.
Ushbu kurs ishining maqsadi O’zbekistonda Milliy standartlarni urganish.

  1. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari, yaratilishining shart sharaoitlari mazmuni va maqsadlari.

Hisobot — korxonalar, tashkilotlar, kompaniyalar tomonidan oʻz faoliyati toʻgʻrisida davriy (oy, chorak, yil) va belgilangan shaklda tuziladigan, davlat, statistika va moliya organlariga taqdim etiladigan axborot, maʼlumotlar, hisob-kitob hujjatlari elektron shaklda taqdim etiladi, kompaniya buxgalteriya xisobotining asosiy shaklidir. Hisobot mulkchilik shaklidan va tashkiliy –huquqiy maqomidan qatiy nazar, tashkilotning moliyaviy –xo’jalik faoliyatini kompleks xarakterlovchi yakuniy xarakterestikalar tizimi –yakuniy ko’rsatkichlari tushuniladi. Hisobot keltirilgan pudratchilar, raqobatchilar, xodimlar shuningdek Vazirlar Mahkamasi va jamoatchilarda qiziqish uyg’otadi. Moliyaviy hisobot malumotlari tashkilotning investitsion, pul kredit siyosatini shakllantirish, shuningdek, mulkning likvidligini (likvid - mablagʻlar, qarz majburiyatlarini qoplash uchun foydalanilishi mumkin boʻlgan pul hamda tez, oson naqd pulga aylanadigan qimmatli narsalar, veksellar va boshqa qimmatbaho qogʻozlar), uning tulov qobilyatini baholash uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi .Hisobot subyektining moliyaviy holatining yomonlashuvi extimolini o’z vaqtida aniqlash salbiy jarayonlar va hodisalarni oldini olish, shuniningdek qayta taqsimlash, safarbar qilish va oqilona foydalanish orqali maksimal foyda olish uchun ichki zahiralar va zaxiralarni qobilayatiga asoslanadi.


Yüklə 89,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə