Xalqaro nordik universiteti



Yüklə 77,73 Kb.
səhifə3/6
tarix13.10.2023
ölçüsü77,73 Kb.
#127464
1   2   3   4   5   6
Sillabus namuna (magistr)

2

4

10


Ilmiy tadqiqot metodlari va uning klassifikatsiyalari

  1. Metod va metodologiya tushunchasi

  2. Metod, metodika, texnika

  3. Metodlar klassifikatsiyasi

  4. Modellashtirish

  5. Misollar

2

2

10


Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Ilmiy tadqiqot metodlarini tanlash

  1. Ilmiy tadqiqotning maqsadi

  2. Ilmiy tadqiqotning vazifalari

  3. Ilmiy ishdagi oʻrni

2

4

10


Ilmiy tadqiqot bosqichlari va yoʻnalishlari

  1. Ilmiy tadqiqot ishini rejalashtirish

  2. Ilmiy tadqiqot ishini amalga oshirish bosqichlari

  3. Magistrlik dissertatsiyasining tarkibiy tuzilishi

2

4

10


Tadqiqot loyihasi

  1. Tadqiqot dizayni

  2. Tadqiqot dizayni nima?

  3. Tadqiqot dizayni vazifalari

Sabablar nazariyasi va tadqiqot dizayni

2

4

10


Tadqiqot ishini bajarish jarayonini rejalashtirish
1. Ilmiy tadqiqotni rejalashtirish
2. Kalendar rejalashtirish tushunchasi
3. Kalendar rejalashtirishga oid namunalar

2

2

10


Ilmiy maqolalar matnini tayyorlash

  1. Xalqaro ilmiy jurnallarda maqolaga qoʻyiladigan asosiy talablar

  2. Ilmiy maqolalarni IMRAD talablari asosida shakllantirish

  3. Maqola asosiy qismi: Materiallar va usullar

2

4

10


Google Scholarda akkaunt yaratish

        1. Google scholarda akkaunt ochish

2. Google scholarga maqola va ilmiy ishlarni joylash

2

4

10


Ilmiy va taʼlimga doir maʼlumotlar bazasi
1. Ilmiy qidiruv tizimlari va maʼlumotlar bazasi
2. Qidiruv tizimlari (qoʻshimcha maʼlumot)
3. Foydali havolalar

2

2

10


Ilmiy axborotni yigʻish va tahlil qilish
1. Axborot tushunchasi va uning turlari
2. Ilmiy axborot
3. Ilmiy axborotnning manbaalari
4. Axborotlarni izlash vositalari
5. Axborotni qayta ishlash usullari

2

4

13


Soʻrovnomalar oʻtkazish usullari

  1. Soʻrovnoma turlari

2. Axborotlar kuzatuv, intervyu, kontent-analiz metodlari

2

2

10


Tajriba-sinov oʻtkazish

              1. Tajriba oʻtkazish texnologiyasi

              2. Maʼlumotlarni qayta ishlash

              3. Ilmiy tajribada zamonaviy qarashlar va tadqiqot usullari

Amaliy tajribalar

2

2

12


Dissertatsiya tayyorlash metodologiyasi.

  1. Dissertatsiyaning ilmiy gʻoyasi

  2. Dissertatsiya ishining mantiqiy ketma-ketligi va bogʻliqligi

  3. Dissertatsiyaning ilmiy apparatini shakllantirish

2

-

12


Yakuniy va oraliq nazorat

4




JAMI

68

157



FAN BO‘YICHA TALABALAR BILIMINI BAHOLASH TARKIBI

Mazkur fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash uchta qismdan iborat bo‘lib,


joriy nazorat (JN), oraliq nazorat (ON), yakuniy nazorat (YN) tashkil etadi.


1. Joriy nazorat. Ushbu nazorat turi semestr davomida to‘planib boriladi. O‘qituvchi tomonidan dars davomida topshiriqlar, uyga vazifa va talabaning darsdagi faolligiga urg‘u beriladi va talaba o‘tilgan mavzularni o‘zlashtirishi, mustaqil topshiriqlarni (taqdimot, ko‘rgazmali materiallar, krosvord, atamalar izohi, tayanch konspekt) bajarishi va himoya qilishi, darsdagi faol ishtirokini hisobga olib umumiy 40 balgacha baholanadi.
2. Oraliq nazorat. Oraliq nazorat semestr davomida fan dasturining tegishli bo‘limi (mavzular) tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv semestrining 8-haftasida o‘tkaziladi. Oraliq nazorat fan xusuiyatidan kelib chiqib, o‘tilgan mavzular yuzasidan yozma ish, test, insho, loyiha ishi shaklida olinadi va umumiy
30 balgacha baholanadi.
3. Yakuniy nazorat. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘quv semestrining 16-haftasida o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat Akademik ishlar departamenti tomonidan ishlab chiqiladigan yakuniy nazorat imtihonlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Yakuniy nazorat fan xusuiyatidan kelib chiqqan holda barcha o‘tilgan mavzularni qamrab olishi hamda yozma ish, test, loyiha ishi va boshqa shakllarda olinadi va umumiy 30 balgacha baholanadi.
TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONI





Nazorat turlari

Izohi

Ball

Nazorat muddati




Joriy nazorat (JN)

1.

Darsdagi faolligi

Talabaning dars mashg‘ulotlaridagi ishtiroki majburiy bo‘lib, uning darsdagi faolligi, o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirishi hisobga olinadi.

20

Semestr yakuniga qadar (o‘qituvchi tomonidan belgilanadi)




2.

Taqdimot ishi

Dars mashg‘ulotlarida berilgan muammoli mavzu yuzasidan taqdimot qilinadi va dars mashg‘ulotida himoya qilinadi. Taqdimotni himoya qilish uchun
10-15 daqiqa vaqt beriladi.

10




3.

Loyiha ishi

Talabalar kichik guruhlarga bo‘lingan holda loyiha ishini tayyorlaydilar va bunda jamoaviy yondashuv va har bir talabaning loyiha ishiga qo‘shgan hissasi hisobga olinadi. Bunda kichik guruhlar soni 3-5 nafardan olinishi tavsiya etiladi.

10




Jami

40







Oraliq nazorat (ON)

4.

Yozma ish (tanlov asosida)

Yozma ish o‘tilgan mavzular bo‘yicha 3 ta tayanch savol (kalit so‘zlar bilan) beriladi va berilgan savolni atroflicha yoritilishi talab etiladi. Yozma ishni bajarish uchun
60 daqiqa vaqt beriladi.

30

8-hafta




Jami

30







Yakuniy nazorat (YN)

5.

Test
(tanlov asosida)

O‘tilgan mavzular yuzasidan va fan xususiyatidan kelib chiqib 30 tagacha test topshiorig‘i beriladi. Test HEMIS platformasida yoki qog‘oz shaklida olinadi. Imtihonni topshirish uchun 40-50 daqiqa vatq ajratiladi.

30

16-hafta




Jami

30




Umumiy

100






TOPSHIRIQLARNI BAJARISH TARTIBI
1. Taqdimot ishini bajarish boʻyicha koʻrsatmalar
Talaba nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirishi uchun mazkur fandan taqdimot ishini bajarish talab etiladi. O‘qituvchi tomonidan taqdimot mavzulari talabaga biriktirib beriladi yoki talaba o‘zi ham mavzuni tanlashi mumkin.
Taqdimot ishini bajarish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:

  1. Taqdimot mavzusi yuzasidan adabiyotlar va ilmiy manbalar o‘rganilib chiqiladi

  2. Taqdimot ishi Power Point dasturida 10-15 sahifadan oshmagan holda tayyorlanadi.

  3. Taqdimot ishini mazmunini yoritishda video, audio yoki suratlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

  4. Mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar bilan taqdimot ishini boyitish.

  5. Taqdimot ishini himoya qilish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi va taqdimotni yoritib, mavzuni to‘liq ochib berish talab etiladi.

Taqdimotda aks etishi lozim bo‘lgan jihatlar:

  • mavzuning dolzarbligi;

  • o‘rganilganlik darajasini tahlil qilish;

  • asosiy qism;

  • pedagogik tahlillarni amalga oshirish;

  • xulosa;

  • taklif va tavsiyalar.



2. Loyiha ishini bajarish boʻyicha koʻrsatmalar
Loyiha ishida aniq bir amaliy vazifani yechish va tadqiqot obyekti sifatida muayyan bir bozor obyekti yoki firmalar olinishi mumkin. Loyiha ishi kichik guruhlarga boʻlingan holda semestr davomida topshiriladi. Loyiha ishida bir yoki bir-biri bilan bogʻlangan bir nechta masalalarni guruh boʻlib tayyorlash va himoya qilish talab etiladi. Loyiha ishini bajarish davomida talabalar qoʻyilgan muammoni mustaqil anglay bilish, sababiy bogʻliqlikda mantiqiy xulosalar yasay olish mahoratiga ega boʻladilar.

Yüklə 77,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə