Xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi


-shakl. Avvalgi PISA sikllarida o‘qish savodxonligiga



Yüklə 22,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/50
tarix25.07.2023
ölçüsü22,8 Mb.
#119930
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50
PISA 2018 Oqish savodxonligi qamrov doirasi

1-shakl. Avvalgi PISA sikllarida o‘qish savodxonligiga
berilgan ta’rif
2000-yilda o‘tkazilgan PISA tadqiqotlarida o‘qish savodxonligiga 
quyidagicha ta’rif berilgan:
O‘qish savodxonligi inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga 
erishishi, jamiyatda ishtirok etishi va o‘z bilim va imkoniyatlarini
rivojlantirishlari uchun yozma matn ko‘rinishidagi ma’lumotlardan 
foydalanish, ular ustida mulohaza yuritish va tushunish demakdir.
2009-yilda o‘tkazilgan PISA tadqiqotlarida o‘qish savodxonligiga 
berilgan ta’rifda, shuningdek, bu ta’rif 2012 va 2015-yilgi tadqiqotlar-
da ham foydalanilgan bo‘lib, o‘qish savodxonligining bir qismi o‘laroq 
o‘qish jarayonida ishtirok etish deb yozilgan:
O‘qish savodxonligi insonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari-
ga erishishi, jamiyatda ishtirok etishi va o‘z bilim va imkoniyatlarini
rivojlantirishi uchun yozma matnlardan foydalanishi, ular ustida
mulohaza yuritish, ular bilan ishlashi va tushunishi demakdir. 


21
2018-yilda o‘tkazilgan PISA tadqiqotlarida o‘qish savodxonligiga berilgan ta’rif 
o‘qish savodxonligining ajralmas qismi sifatida matn ko‘rinishidagi ma’lumotlarni 
baholashni o‘z ichiga oladi va “yozma” so‘zi olib tashlanadi. 
Berilgan ta’rifning har bir qismi, o‘z navbatida, shiddat bilan o‘zgarib boraytgan 
dunyo va nazariy yutuqlarni inobatga oladigan, PISA tadqiqotlarida keltirilgan 
va boshqa empirik tadqiqotlar qo‘llanilgan dalillardan foydalanadigan mazmun 
sohasiga berilgan ta’rifning ayrim muhim jihatlari va mavjud murakkabligini 
inobatga olib, quyida alohida muhokama qilinadi. 
O‘qish savodxonligi ...
“O‘qish savodxonligi” termini “o‘qish” termini o‘rniga ishlatiladi, chunki mazkur 
termin orqali tadqiqot jarayonida baholanayotgan faoliyat turini mutaxassis 
bo‘lmagan tinglovchilarga yetkazib berish oson bo‘ladi. “O‘qish” odatda shunchaki 
shifrlash (masalan, yozma matnlarni tovushlar holatida ifodalash) yoki hatto 
baland ovoz bilan o‘qish sifatida tushuniladi, vaholanki mazkur baholash 
dasturida ko‘zlangan asosiy maqsad yanada kengroq va keng qamrovli modellarni 
baholashdan iboratdir. O‘qish savodxonligi asosiy shifrlashdan tortib so‘zlarga oid 
bilim, grammatika va insonning olam haqidagi bilimi bilan uyg‘unlashgan, idrok 
etish uchun kerakli kattaroq lingvistik va matn strukturalargacha 
bo‘lgan bir qator kognitiv va lingvistik kompetensiyalarni o‘z ichiga 
qamrab oladi. Shuningdek, u insonning ichki imkoniyatlariga xos 
kompetensiyalarni ya’ni matnlarni tahlil qilish jarayonida 
qator tegishli strategiyalardan foydalanish qobiliyati va 
ularning idrok etilishini ham o‘z ichiga oladi. Insonning 
aqliy kompetensiyalari inson ma’lum maqsadni ko‘zlab, 
o‘zining o‘qish faoliyati haqida mulohaza yuritganda
mazkur faoliyatni boshqarganda va moslashtirganda 
faollashadi. Garchi “o‘qish savodxonligi” yozma va 

Yüklə 22,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə