46
4-shakl. Matnning yaroqliligi va uning tushunishga ta’siri
So‘nggi o‘n
yillikda, o‘qib-tushunish ko‘nikmasini xotiraga tayanib baholash,
ya’ni matnga bir bor o‘qib chiqqandan so‘ng, u asosida tuzilgan savollarga javob
berish, o‘quvchilarning bevosita matn bilan ishlab javob bergandan ko‘ra
ularning
o‘qib-tushunish ko‘nikmalarini ko‘rsatuvchi eng yaxshi ko‘rsatkich ekani haqida
ko‘p bahslar ko‘tarilgan. Tayyor matn bilan ishlab, javob berish o‘quvchilarga
undagi
savollarga yana qaytib, ishlash imkonini beradi. Bundan tashqari, agar
matn o‘quvchiga berilib, qisqa vaqtdan keyin olib qo‘yilsa, uning o‘qib-tushunish
ko‘nikmasi matn mazmunini xotirada saqlab qolish ko‘nikmasi bilan aralashib
ketishi mumkin.
Boshqa tomondan, matn olib qo‘yilgach, undagi savollarga
javob bera olish ham umumiy holat hisoblanadi (masalan, bir kun avval
o‘qilgan darslikdagi savollarga keyingi kuni javob berish).
Empirik tadqiqotlar
natijasida (Ozuru va boshqalar, 2007[87]; Shroyder, 2011[88])
matn berilmagan
holatda o‘quvchilarning tushunishlariga oid savollar o‘quvchilarni matn bilan
ishlagandagi holatiga ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan. Shunday bo‘lsada, ayni paytda,
har ikkala holat ham bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ikkalasi bir-birdan
ayro tadqiq etilmaydi.
Shuning uchun, hozirda PISA o‘qish savodxonligini
baholash tartibiga oid kiritilgan o‘zgarishlar o‘zini oqlashi isbotlanmagan.
Shunga qaramasdan, mazkur masalani yanada batafsil o‘rganish
maqsadida,
PISA tadqiqotlarining keyingi sikllarida berilgan matn dastlabki o‘qib chiqish
uchun sarflanadigan vaqt, savollarga javob berishda matnni qaytadan o‘qib
chiqish uchun sarflanadigan vaqt hamda topshiriq uchun belgilangan umumiy
vaqt inobatga olinishi mumkin.