68
Ilova 2.B.3-rasm. 3-topshiriq. Ko‘p matnli topshiriqlar
Keyingi savolga javob berish uchun Skot
Huffington tomonidan yozilgan maqola
va izohlar jadvaliga qarang. To‘g‘ri javob
variantlarini tanlang.
Muallif Skot Huffington va sharxlovchilar,
Yoshi
Kubota va Claude Messier, bildirilgan
mulohazalarning ba’zilariga qo‘shiladi va
ba’zilariga esa qo‘shilmaydi.
Bo‘limning nomlanishi: Fazo tadqiqoti
Savol 2/5
1-matn 2-matn
IZOHLAR:
Yoshi Kutoba: 15/17/2015 09:42 CDT
Insonlarning fazo tadqiqotlariga nisbatan bo‘lgan ishtiyoqlari
va qiziqishlari so‘nadi, degan tushuncha to‘g‘ri emas.
Vaholanki,
jahon iqtisodiyotining pasayishi tufayli hukumat agentliklarining
moliyalashtirilishi qiyinlashib borar ekan,
xalqaro miqyosda fazoni
tadqiq etilishiga bo‘lgan ishtiyoq oshib bormoqda. Esingizda bo‘lsa,
butun dunyodagi 14 ta fazo agentliklari 2007-yilda birlashib, Global
Fazo Tadqiqotlari Strategiyasi: Kelishuv loyihasini ishlab chiqishdi.
Mazkur loyihadan ko‘zlangan asosiy
maqsad insonlar va robotlar
tomonidan dunyo miqyosida fazoni tadqiq etishdan iborat. Bu bilan
birgalikda, bizning fazo agentliklarimiz ham fazoni tadqiq etish
borasida o‘zlarining aniq rejalariga ega.
Darhaqiqat, ushbu loyiha
2014-yili yangilandi. Iltimos, global tadqiqot strategiyaning ilova
qilingan nusxasini o‘qing.
Randall M. Kay: 05/18/2015 08:31 CDT
Yoshi
Kutobaga kabi, siz ham, Skot, o‘ylashimcha,global tadqiqotlar
strategiyasining hozirgi holatini yaxshi tushunmasangiz
kerak. Xalqaro Fazo Stansiyasi (ISS)
fazo tadqiqotlarini aynan
rivojlantirish uchun texnologiyalar va tajribalar ustida ishlamoqda.
Hozirgina Yoshi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, Global
Fazo Tadqiqotlari Strategiyasi: Kelishuv loyihasini ishlab chiqqan
Xalqaro Fazo Tadqiqotlarini olib
boruvchi hamkor guruhlardan
biri AQShdagi Milliy Aeronavtika va Fazo Ma’muriyati (NASA)
insonlarni Marsga olib chiqishi mumkin bo‘lgan texnologiyalarni
rivojlantirish uchun mo‘ljallangan batafsil rejani e’lon qildi. Yer
orbitasining quyi qatlamini ishg‘ol etilganligi – bu ilk qo‘yilgan
qadam, ammo so‘nggi qadam emas.
Dostları ilə paylaş: