Xarakter. Qobiliyat va iqtidor reja



Yüklə 242,25 Kb.
səhifə40/40
tarix19.12.2023
ölçüsü242,25 Kb.
#151626
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
4-mavzu MT

I.P.Pavlov o’z ta'limotida "badiiy", "fikrlovchi", "o’rta" tiplarga ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taallu?li ekanligini tavsiflab beradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va ikkinchi signal tizimidan iboratligi to’g’risidagi ta'limotga asoslanadi. Birinchi signallar tizimi obrazlar, emosiyalardan va ikkinchi signallar tizimi esa obrazlar ?a?ida so’zlar orqali signal berishdan iboratdir. Ikkinchi signal tizimi I.P.Pavlov tomonidan "signallarning signali" deb nomlangan edi. Ushbu tipologiyani osonroq
qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:
1) shaxs faoliyatida birinchi signallar tizimining signallari nisbatan ustunlik qilsa, bu inson "badiiy" tipga taaluqlidir;
2) mabodo "signallarning signali" nisbatan ustuvor bo’lsa, bu shaxs "fikrlovchi" tipga mansubdir;
3) agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo’lsa (birortasining ustunligi sezilmasa) bu inson "aralash" tipga mansub odamdir.
Tipologiyaning o’ziga xos tomonlari qisqacha ifodalanganda yoki tavsif qilinganida quyidagilar namoyon bo’ladi:
1. "Badiiy tip" uchun bevosita u taassurotlar jonli tasavvur, yorqin idrok, qis-tuyg’ular (emosiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi xosdir.
2. "Fikrlovchi tip" uchun mavhumlarning, mantiqiy tizimlarning, nazariy mulohazalarning, metodologik muammolarning ustunligi muvofiqdir.
Badiiy tipning mavjudligi aqliy faoliyatning zaifligi yoki aqlning yengilmasligini bildirmaydi, lekin bu o’rinda gap psixika obrazli jabhalarini fikrlovchi tomonlari ustidan nisbatan ustuvorligi haqida beradi. Biroq shuni ta'kidlash joizki, shaxsning ikkinchi signallar tizimidan ustunlik qiladi va bu ustuvorlik mutloqlik xususiyatiga egadir. Ma'lumki, insonlarning hayot va faoliyatlarida til bilan tafakkurning o’rni hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, shaxs tomonidan borliqning aks ettirish jarayoni so’zlar, fikrlov vositasida ro’yobga chiqariladi.
Yüklə 242,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə