Xarakter. Qobiliyat va iqtidor reja



Yüklə 242,25 Kb.
səhifə19/40
tarix19.12.2023
ölçüsü242,25 Kb.
#151626
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40
4-mavzu MT

Qobiliyatlar tasnifi
Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha tavsiflanadi:
1.Tabiiy qobiliyatlar odamlar va hayvonlar uchun xos bo’lib, idrok qilish xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. Biologik jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli reflekslar hosil bo’lish jarayoni tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada rivojlangan hayvonlardagi bu qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi.
2.Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo’lib, ijtimoiy hayot va taraqqiyotni ta'minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o’z navbatida umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo’linadi.
3.Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta'minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo’l harakatlarini aniqligi va boshqa xususiyatlardan iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir faoliyatning muvaffaqiyatini ta'minlaydi. Bu qobiliyatlar alohida muloqotning bo’linishini taqozo etadi. Masalan, matematika, texnika, badiiy ijodiy, sportga bo’lgan qobiliyatlar shular jumlasidandir.
Ayrim adabiyotlarda umumiy qobiliyatlar mohiyati turlicha talqin qilinadi. Jumladan, umumiy qobiliyat deganda muvaffaqiyatli ravishda bilim olishni ta'minlaydigan shaxsning yuksak intellektual taraqqiyoti tushuniladi. Biroq bunday tushuncha tor va noto’g’ridir, chunki intellektual taraqqiyot faqat ixtiyoriy faoliyat uchun umuman talab qilinadi, xolos. Umumiy qobiliyat faoliyatning hamma turlariga jumladan amaliy faoliyatga ham ta'sir qiladi, deb hisoblovchi psixologlar
topildi. Ammo bu fikrda qarama-qarshilik mavjud, agar umumiy qobiliyat universal ahamiyatga ega bo’lgan ekan, unda qandaydir maxsus qobiliyatlar haqida gapirib o’tirishning hojati yo’q.

Nihoyat, shunday psixologlar ham borki, ular faqat maxsus qobiliyatlarni tan oladilar. Umumiy qobiliyat haqida gapirganda ham maxsus qobiliyatlar yig’indisi ta'sirini ko’zda tutadilar. Kishining turli-tuman faoliyatlari orasida bittasi asosiy yoki yetakchi faoliyat sharoitida shaxsning maxsus taraqqiyotini belgilovchi faoliyat bo’lib ajralib turadi. Bu faoliyat tug’ma spesifik zehn nishonalariga mos tushishi mumkin.


Hamma maxsus qobiliyatlarni, inson faoliyatining asosiy turlarini uch turga: fan, san'at, amaliyotga ajratish mumkin. Shunga binoan qobiliyatni milliy, badiiy va amaliy deb klassifikasiyalash mumkin. Bu turlarning har biri o’z navbatida mayda turlarga bo’linadi.
Ilmiy qobiliyat abstrakt, evristik fikrlashning yuksak rivojlangan bo’lishini, og’zaki mantiqiy xotirani, qat'iyat va sabr-toqatni talab qiladi. Bu qobiliyatga quyidagi mayda qobiliyatlar kiradi: fizik, matematik qobiliyat, ximiya, filosofiya, tarix, biologiya fanlariga nisbatan bo’lgan qobiliyatlar.
Badiiy qobiliyat sensor obrazli fikrlashning alohida rivojlangan bo’limini, o’tkir emosional ta'sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi. Bu qobiliyatga tasvirlash, musiqaviy, artistik va adabiy qobiliyatlar kiradi.
Amaliy qobiliyat praktik aqlning yuksak darajada rivojlanganligini, fahm-farosatning kuchliligi, iroda va yetuk kirishuvchanlikni o’z ichiga oladi. Amaliy qobiliyatga konstruktiv-texnikaviy qobiliyat, boshqaruvchanlik qobiliyati, shu jumladan tashkilotchilik va boshqalar kiradi.
Nazariy va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan bo’lib, nazariy qobiliyatlar mavhum, mantiqiy harakatlarga moyillikda namoyon bo’ladi.
O’quv qobiliyatlari bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish, shaxs - shakllanishi, pedagogik ta'sirlar samaradorligini ortishida ijobiy rol o’ynaydi.
Ijodiy qobiliyatlar moddiy va ma'naviy madaniyat asarlarini yaratish, yangi g’oya, kashfiyot va yangiliklar yechishda namoyon bo’ladi.
Qobiliyatlar sifatida ro’yobga chiqadigan psixik xislatlar majmuasining tuzilishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan belgilanganlik tufayli har qaysi turdagi faoliyatlar uchun o’ziga xos tarzda qo’yilishi aynan haqiqatdir. Buning uchun ayrim misollarni tahlil qilib o’tamiz.
1) Matematik qobiliyat matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ish amallarini kamaytirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o’rtasida aloqa o’rnatish, to’g’ri va teskari fikr yuritishdagi yengillik, unumlilik, masala yechishda fikr yuritishni epchilligi kabilar.
2) Adabiy qobiliyat nafosat hislarining yuksak taraqqiyoti darajasi xotirada yorqin ko’rgazmali obrazlarning jonligini, "til zehni", behisob xayolan ruhiyatga qiziquvchanlik, intiluvchanlik va boshqalar. Ajratib ko’rsatilgan qobiliyatlar tarkibidan ko’rinib turibdiki, matematik va adabiy qobiliyatlar o’zaro bir-biriga o’xshamagan manbalari bilan tafovutga egadir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pedagogik, musiqaviy, texnik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va shunga o’xshash qobiliyatlar tuzilishi maxsus xususiyatga ega bo’lib kasbiy ahamiyat kasb etishi mumkin.
Rus olimi I.P.Pavlov o’z ta'limotida "badiiy", "fikrlovchi", "o’rta" tiplarga ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taallu?li ekanligini tavsiflab beradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va ikkinchi signal tizimidan iboratligi to’g’risidagi ta'limotga asoslanadi. Birinchi signallar tizimi obrazlar, emosiyalardan va ikkinchi signallar tizimi esa obrazlar ?a?ida so’zlar orqali signal berishdan iboratdir. Ikkinchi signal tizimi I.P.Pavlov tomonidan "signallarning signali" deb nomlangan edi. Ushbu tipologiyani osonroq
qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:
1) shaxs faoliyatida birinchi signallar tizimining signallari nisbatan ustunlik qilsa, bu inson "badiiy" tipga taaluqlidir;
2) mabodo "signallarning signali" nisbatan ustuvor bo’lsa, bu shaxs "fikrlovchi" tipga mansubdir;
3) agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo’lsa (birortasining ustunligi sezilmasa) bu inson "aralash" tipga mansub odamdir.
Tipologiyaning o’ziga xos tomonlari qisqacha ifodalanganda yoki tavsif qilinganida quyidagilar namoyon bo’ladi:
1. "Badiiy tip" uchun bevosita u taassurotlar jonli tasavvur, yorqin idrok, qis-tuyg’ular (emosiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi xosdir.
2. "Fikrlovchi tip" uchun mavhumlarning, mantiqiy tizimlarning, nazariy mulohazalarning, metodologik muammolarning ustunligi muvofiqdir.
Badiiy tipning mavjudligi aqliy faoliyatning zaifligi yoki aqlning yengilmasligini bildirmaydi, lekin bu o’rinda gap psixika obrazli jabhalarini fikrlovchi tomonlari ustidan nisbatan ustuvorligi haqida beradi. Biroq shuni ta'kidlash joizki, shaxsning ikkinchi signallar tizimidan ustunlik qiladi va bu ustuvorlik mutloqlik xususiyatiga egadir. Ma'lumki, insonlarning hayot va faoliyatlarida til bilan tafakkurning o’rni hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, shaxs tomonidan borliqning aks ettirish jarayoni so’zlar, fikrlov vositasida ro’yobga chiqariladi.

Yüklə 242,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə