378
sohasida
davlatlararo
kooperatsiya»da
innovatsiyalarni
boshqarish
va
texnologiyalarni almashish bo`yicha funktsional konsalting xizmatini tashkil qilish va
faoliyat ko`rsatilishi rejalashtirilgan.
Ikkinchi bo`limda yuqoridagi rejaning bajarilishi muvofiqlashtirib yoritilgan.
Uchinchida-innovatsiya va texnologiyalar bo`yicha axborotlar almashish tizimini
tuzish, patent tizimini, unifikatsiya va standartizatsiyalashni takomillashtirish
masalalari, to`rtinchi bo`limda - past rivojlangan davlatlarning (Gretsiya, Irlandiya)
innovatsion imkoniyatlarini ko`tarish bo`yicha tadbirlar yoritilgan.
1988 yildan boshlab Yevropa ittifoqida ITTKI natijalarini tarqatish bo`yicha
«VEL`YU» dasturi faoliyat ko`rsatmoqda.
Evropa mamlakatlarining jahon yuqori texnologiya bozorlaridagi ulushining
kamayishiga javoban quyidagilar qabul qilindi:
EKSPRIT - 1984 yilda qabul qilingan, axborotlar tizimi texnologiyasi doirasida
ilmiy tadqiqotlar Yevropa strategik dasturi (250 ta kompaniya va 3 mingta
tadqiqotchilar ishtirok etishadi).
RASE-1985
yilda qabul qilingan, Yevropada aloqaning ilg`or usullarini
tadqiqot qilish dasturi.
EVRIKA- Frantsiya tashabbusi bilan 1985 yilda qabul qilingan kompleks
dastur. Uning maqsadi - Amerika va Yaponiya korporatsiyalari tomonidan raqobatga
qarshi
tura oladigan, alyans yo`li bilan paydo bo`lgan yirik Yevropa sanoat
korxonalarini rag`batlantirish, Yevropa ITTKIlarni 6 sohasi bo`yicha ishlarni tashkil
etish va muvofiklashtirish: optronika;
yangi materiallar; katta EHM, kuchli lazerlar;
zarrachalarni tezlashtiruvchilar, sun`iy intellekt.
Evrikaning oliy organi - ishtirokchi davlatlar vazirlari darajasida
yiliga ikki
marta bo`ladigan anjuman. Ishchi organi - 7 ta mutaxassisdan va 6 ta texnik
xodimdan tashkil topgan, uning sekretariati Bryusselda joylashgan.
ITTKI axborotlar bilan ta`minlashni takomillashtirish maqsadida Yevropa
axborot markazi (EAM) tashkil etilgan va u o`z tarkibiga 1995
yili Buyuk
Britaniyada joylashgan 21 guruhdan va Yevropaning boshqa mamlakatlarida 210 ta
guruxdan tashkil topgan edi. EAM 25% i
Yevropa
ittifoqi tomonidan
379
moliyalashtirilsa, qolgan 75% - homiylarning mablag`lari va pullik xizmat ko`rsatishi
hisobiga olingan mablag`lardir.
Dostları ilə paylaş: