380
ko`rsatkich AQShda – 2,57 %, Buyuk Britaniyada – 2,2 %, Yaponiyada – 3,18 %,
Frantsiyada – 2,13 %, Janubiy Koreyada – 2,99 %, Germaniyada – 2,51 %, Rossiya –
1,34 % ni tashkil qiladi. Ushbu ko`rsatkich boshqa rivojlangan mamlakatlarda ya`ni,
Shvetsiyada – 3,86 %, Fillandiya – 2,3 %, Gollandiya – 1,9 %, Kanada – 1,55 %,
Ispaniya – 0,91 %, XXR – 1,34 %, Gretsiyada – 0,62 %, Izrail – 4,71 % ni tashkil
etadi.
Rivojlangan mamlakatlarda ITTKI sarflanadigan xarajatlarning tuzilishi
turlicha. Bu birinchi navbatda davlat innovatsion siyosatining ustivorligi va
innovatsion jarayonga xususiy sektorni jalb etish darajasiga bog`liq. Ya`ni, G`arbiy
Yevropa mamlakatlarida fundamental tadqiqotlarga
sarflanadigan xarajatlarning
ulushi AQSh va Yaponiyaga nisbatan yuqori. Masalan, ITTKIga sarflanadigan
xarajatlar tarkibida fundamental tadqiqotlarga sarflanadigan xarajatlarning ulushi
AQShda – 1,6 % ni tashkil qiladi, Yaponiyada – 15 %, Frantsiyada – 21 % dan
yuqori va Germaniyada –23 %.
Innovatsion ishlanmalarning moliyaviy manbai bo`lib davlat va xususiy sektor
hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ITKTIning asosiy moliyaviy
manbai bo`lib, xususiy sektor hisoblanadi, ya`ni AQShda, Yaponiya, Germaniya va
Frantsiyada ilmiy tadqiqot va texnik ishlanmalarni
moliyalashtirilgan jami
mablag`ning 48–72 % xususiy sektorga to`g`ri keladi. Ushbu mamlakatlarda jami
ilmiy tadqiqot va innovatsion ishlanmalarning 60–75 %i, shu jumladan amaliy
tadqiqotlarning 70 % dan va tajriba konstruktorlik ishlarning 90 % dan oshig`i
xususiy sektorda bajariladi.
Rivojlangan mamlakatlarda davlat sektori muhim manbaa hisoblansada, ammo
innovatsion ishlanmalarni amalga oshirishda va moliyalashtirishda ikkinchi darajali
o`rinni egallaydi. Uning ulushi ko`pchilik rivojlangan mamlakatlarda, xususiy
sektorga nisbatan 1,3 – 2,5 marta kam. Ushbu ko`rsatkich Frantsiyada 42 %,
Germaniyada – 37 %, AQShda – 36 %, Yaponiyada – 21 % ni tashkil qiladi. Davlat
sektorining ITTKI bajarishdagi ulushi, ularni moliyalashtirishga nisbatan kam va
rivojlangan mamlakatlardan olingan ilmiy, innovatsion ishlar umumiy hajmining 10–
21 % ini tashkil qiladi. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishda oliy o`quv
381
yurtlarining ulushi juda oz va Germaniya 0% ni tashkil qilsa, Yaponiyada eng yuqori
bo`lib 6,5 % ni tashkil qiladi. Ammo, o`quv yurtlarining ITTKI o`tkazishdagi ulushi,
ularni moliyalashtrishga nisbatan ancha yuqori va 17–20 % ni tashkil qiladi. Bundan
tashqari oliy o`quv yurtlarida fundamental tadqiqotlarning ulushi 55–80 % ni tashkil
qiladi.
AQShda innovatsion tadbirkorlikni qo`llab quvvatlashda
kichik biznes ishlari
bo`yicha ma`muriyat, Milliy ilmiy fond, NASA, universitetlar, tarmoq vazirliklari
shug`ullanadi. Ushbu ishlarni Germaniyada iqtisod vazirligi, ilmiy tadqiqot va
texnologiyalar vazirligi, sanoat tadqiqot asssotsiatsiya federatsiyasi,
Patent markazi
amalga oshiradi; Frantsiya – iqtisod vazirligi, tadqiqot natijalarini joriy qilish
bo`yicha milliy agentlik, Ilmiy texnik fond; Yaponiyada – kichik biznesni
moliyalashtirish korporatsiyasi,
venchur tadbirkorlik markazi; xalq moliyaviy
korporatsiyasi; Italiyada – texnologik yangiliklar markazi va tijorat banklari, sug`urta
fondlari bilan birgalikda kichik innovatsion biznesni qo`llab quvvatlash bo`yicha
milliy dasturlarning muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun kerakli zamin
yaratayaptilar.
Xulosa
1. Davlat innovatsion siyosati innovatsion jarayonni amalga oshirishni
faollashtirish uchun qulay, iqtisodiy tashkiliy, huquqiy, axborot va ijtimoiy
psixologik muhit yaratishga yo`naltirilgan faoliyatdir. Davlat innovatsion faoliyati
uchta bosqichdan iborat: innovatsion faoliyatni rivojlantirishning
ilmiy asoslangan
kontseptsiyasini
ishlab
chiqish,
innovatsiyani
davlat
tomonidan
qo`llab
quvvatlashning asosiy yo`nalishlarini aniqlash; innovatsion faoliyatni faollashtirish
bo`yicha qo`yilgan maqsadga erishishga amaliy ta`sir ko`rsatish.
2. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish metodlari ikki turga
bo`linadi: bevosita va bilvosita. Birinchi turdagi metodlar ham o`z navbatida ikkiga
bo`linadi: ma`muriy, dasturli–maqsadli. Bilvosita metodlar innovatsiya faoliyatiga
soliq va kredit imtiyozlari orqali ta`sir qilinadi.
382
3. Rivojlangan mamlakatlarda innovatsion faoliyatni boshqarish bir–biridan
farq qilsada, shu bilan birgalikda umumiy o`xshashliklar bor. Bu birinchi navbatda
innovatsion faoliyatni rag`batlantirishdagi soliq imtiyozlaridir.
4. Evropa Ittifoqi mamlakatlarida innovatsiya siyosatining asosiy yo`nalishlari
quyidagilardan iborat: yagona antimonopol qonunchilikni ishlab chiqish, dastgohlarni
yangilashni tezlashtiruvchi tizimdan foydalanish, ITTKI
imtiyozli soliqqa tortish,
kichik ilm talab biznesni rag`batlantirish va h.k.
5. Rivojlangan mamlakatlarda innovatsion xarajatlarning 20 dan 50 % igacha
davlat byudjeti hisobiga moliyalashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: