Xayol haqida tushuncha va uning psixik faoliyatdagi roli



Yüklə 348,65 Kb.
səhifə3/4
tarix28.05.2022
ölçüsü348,65 Kb.
#88203
1   2   3   4
Xayol haqida tushuncha va uning psixik faoliyatdagi roli

Temperament turlari


1.Xolerik
2.Sangvinik
3.Melanxolik
4.Flegmatik
Xolerik temperament – hissiyotning tez va kuchli qo’zg’aluvchanligi, barqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Xolerik temperamentli kishilarning hissiyotlari ularning imo-ishoralarida, mimikalarida, harakatlari va nutqlarida yaqqol ko’rinib turadi. Xoleriklar qizg’inlik va tajanglikka moyil bo’ladilar. Bunday temperamentli kishilar chaqqon, umuman harakatchan, serg’ayrat va har doim urinuvchan bo’ladilar.
Sangvinik temperament– hissiyotning tez, kuchli qo’zg’aluvchanligi, lekin beqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Sang­vinik temperamentli kishilarning kayfiyati tez-tez o’zgarib, bir kayfiyat o’ziga teskari bo’lgan ikkinchi bir kayfiyat bilan tez almashib turmog’i mumkin. Sangviniklardagi psi­xik jarayonlar, xoleriklardagi singari, tez o’tadi. Bu hil temperamentli kishilar ildam, chaqqon, serharakat va jo’shqin bo’ladilar. Sangvinik temperamentli kishilar tevarak-atrofdagi voqyealardan tez ta’sirlanadilar va muvaffaqiyatsizliklar hamda ko’ngilsiz hodisalar uncha qattiq xafa qilmaydi. Ular ko’p ishga tez va g’ayrat bilan kirishadi­gan bo’ladilar, lekin ishdan tez soviydilar. Bir zayldagi ishlarni uzoq davomli sur’atda bajarishga moyil bo’lmaydilar.
Melanxolik temperament hissiyotning sekin, lekin kuchli qo’zg’aluvchanligi va barqaror bo’lishi bilan farq qiladi. Melanxoliklar barqaror, davomli bir kayfiyatga mo­yil bo’ladilar, lekin hissiyotlarining tashqi ifodasi juda zaif bo’ladi. Melanxolik temperamentli odamlar sustkash bo’ladilar. Melanxolik temperamentli odam ishga birdan kirishmasligi mumkin, lekin bir kirishsa, boshlagan ishni oxiriga yetkazmay qo’ymaydi.
Flegmatik temperament hissiyotning juda sekin, kuchsiz qo’zg’alishi va uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi. Flegmatik temperamentli kishilar hissiyotlarining tashqi ifodasi kuchsiz bo’ladi. Bu hil temperamentli odam­larni xursand qilish, xafa qilish yoki g’azablantirish ancha qiyin.
Flegmatiklarning psixik jarayonlari sust bo’ladi. Bu hil temperamentli odamlar nihoyat og’ir, yuvosh, bosiq, harakatlari salmoqli bo’ladi. Agar bir faoliyatga kirishsalar, uni qat’iyat bilan davom ettiradilar.

Yüklə 348,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə