Xi bob. Narxlarni muvofiqlashtirish va monopoliyaga qarshi qonun


Iste’mol hajmiga ko‘ra narxlar diversifikatsiyasi



Yüklə 72,02 Kb.
səhifə4/13
tarix22.03.2024
ölçüsü72,02 Kb.
#180936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Xi bob. Narxlarni muvofiqlashtirish va monopoliyaga qarshi qonun-fayllar.org

Iste’mol hajmiga ko‘ra narxlar diversifikatsiyasi. Ba’zi bir tovarlarga bo‘lgan talab u tovarni ishlab chiqarish va sotish oshgan sari kamayib boradi. Bunday tovarga elektr energiyasi misol bo‘la oladi. Har bir iste’molchi bir oyda ma’lum miqdordagi (kilovatt/soat) elektroenergiyaga pul to‘lab, undan ortiqchasiga to‘lash qobiliyati pasayib boradi. Iste’molchi mablag‘i yetmagani uchun eng kerakli miqdordagi (uyni minimal yoritish uchun, muzlatgich, televizor ishlashi uchun zarur bo‘lgan) elektroenergiyaga pul to‘laydi, lekin bu miqdordagi minimal elektroenergiyaning qiymati qo‘shimcha olishi mumkin bo‘lgan elektroenergiya qiymatidan ancha yuqori bo‘ladi. Musbat masshtab samarasi bo‘lganda elektroenergiya ishlab chiqarish hajmining oshishi uni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan o‘rtacha va chekli xarajatlarni kamayishiga olib keladi. Bunday holatda elektroenergiya narxini differensiatsiya qilinishi maqsadga muvofiqdir. Ya’ni, har xil miqdorda iste’mol qilingan bir xil tovarga (elektroenergiyaga) har xil narx belgilash. Birinchi bosqichda ma’lum miqdorgacha iste’mol qilingan elektroenergiyaga alohida narx, ikkinchi bosqichda qo‘shimcha miqdordagi iste’mol qilingan elektroenergiyaga oldingi bosqichdagiga nisbatan kamroq narx belgilanadi. Ushbu vaziyat quyidagi 11.6-rasmda ifodalangan. Haqiqatan ham, elektroenergiyani ishlab chiqarish hajmini oshirganda (agar masshtab samarasi yuqori bo‘lsa) uning xarajatlari kamayadi va narxlar differensiasiyasi bir tomondan iste’molchilarning turmush farovonligini oshirsa (ular ko‘proq elektroenergiyadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar), ikkinchi tomondan elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi kompaniyaning umumiy foydasini oshiradi.
Rasmdan ko‘rish mumkinki, elektroenergiya ishlab chiqarish hajmi oshganda AC va MC lar kamaymoqda.
Birinchi bosqichda Q1 hajmdagi elektroenergiya eng yuqori P1 narxda iste’mol qilinadi. Ikkinchi bosqichda qo‘shimcha (Q2 - Q1) miqdordagi elektroenergiya P2 narxda (P2 < P1) iste’mol qilinadi. Agar elektroenergiyaga bir xil Pe narx o‘rnatilganda Qe hajmda elektroenergiya ishlab chiqarilgan bo‘lar edi. Narx differensiatsiyasida ishlab chiqarish bilan Q3, ga

11.6-rasm. Elektroenergiyani iste’mol qilish hajmiga ko’ra narxni differensiatsiyalash



oshadi.

Yüklə 72,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə