Xiva xonlari arxivining tarixiy ahamiyati Abdurahmonov Alisher, Tarixshunoslik va tarixiy tadiqot metodlari, II kurs magistranti. Annotatsiya



Yüklə 199,73 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.06.2022
ölçüsü199,73 Kb.
#89909
xiva xonlari arxivining tarixiy ahamiyati



Xiva xonlari arxivining tarixiy ahamiyati
Abdurahmonov Alisher, Tarixshunoslik va tarixiy tadiqot 
metodlari, II kurs magistranti. 
Annotatsiya
 
Mazkur maqola Xiva xonlari arxivining tarixiy ahamiyati masalasiga 
bag‟ishlangan va ushbu maqolada xon arxivining tarixi, undagi turkumlar, 
o‟rganilish tarixshunoslik masalasi bayon qilingan. Chunki, tarixni har tomonlama 
mukammal va aniq bayon qilishda arxiv hujjatlari har doim birlamchi manba 
hisoblanib kelinadi. Ayniqsa, Xiva xonlari arxivi o„zining boy merosiy 
yodgorliklari bilan bugungi yosh avlodni ham qiziqtirib kelishi hech shubhasizdir. 
O„tgan asrning 60 yillaridayoq ko„pgina sovet tarixchilarining o„zbek davlatchiligi 
tarixi rivoyat va afsonalar asosida tuzilgan degan fikrlariga rad etib bo„lmas dalillar 
bilan aslida haqiqat qanday bo„lgan ekanligini bayon qilgan manbalar bu - Xiva 
xonligi arxiv hujjatlari ekanligi shubhasizdir. 
 
O„tmishi «Avesto» dan ma'lum qadimiy Xorazm o„zining boy moddiy va 
ma'naviy madaniyati bilan dunyo xalqlari e‟tiborida bo„lgan. Xorazmning ko„hna 
tarixi o„ziga xos madaniyati moddiy va ma'naviy hayoti hamda buyuk daholari 
faoliyati va ularning jahon ilmiga qo„shgan hissasi tahsinga loyiqdir. Xorazm tarixi 
bo„yicha shu davrgacha ko„plab tadqiqotchilar, olimlar ilmiy izlanishlar olib 
borgan, ammo hamma davrda ham o„rganilayotgan mavzuga holisona 
yondashilmagan. Bunga qator sabablar mavjud bo„lgan. Shunday sabablardan biri 
Xiva xonligi tarixi bo„yicha yetarli ma‟lumotlar bo„lmagan, mavjud tarixiy 
dalillarni ham yetkazib beruvchi haqiqiy yurt jonkuyarilari kam edi. 
Albatta, rus sharqshunosligida Xiva xonligining siyosiy tarixi, ijtimoiy –
iqtisodiy munosabatlari, ma'muriy va davlat tuzilishi va boshqa masalalar xolisona 
o„rganilmadi. Rus sharqshunoslari asarlarida bu masala bo„yicha bayon etilgan 
fikrlariga e'tiroz bildirish mumkin. Ayniqsa G. Danilevskiy, N.Muravyov, 


A.Sobolev, N.Veselovskiy asarlarida Xiva xoni saroy amaldorlari ta'sirida bo„lib, 
o„zining mustaqil fikri yo„q, ertadan kechgacha aysh-ishrat bilan shug„ullangan 
shaxs sifatida ko„rsatilgan, xonlikda ma'muriy bo„linish bo„lmagan, saroyda hech 
qanday kengash faoliyat ko„rsatmagan, xonlikda harbiy-feodal tuzum qaror topgan, 
degan salbiy fikrlarni bayon qilganlar. Ba‟zida esa yuqoridagi tadqiqotchilarni 
asarlarida hayratlanarli fikrlar duch kelishimiz mumkin. N.Veselovskiy shunday 
yozadi: “Birinchi galda zarur bo„lgan oziq-ovqat va kiyim-kechak tanqisligi faqat 
xonlik xalqi uchungina emas, balki xonning o„zi uchun ham sezilarli bo„lgan. 
Xonning arg„umog„lari, ko„pincha, kecha-kunduz yemsiz qolib ketgan, - deydi 
Grushin, - xon hatto o„z xotinlariga ham nonni o„lchab berardi: xon saroyida har 
kuni uch pudsaro chin so„ki, bir pud yog„ va yarim pud kunjut moyi iste‟mol 
qilinadi. Saroyda choyni, shunda ham qalmiq yoki tosh choyni, faqat xonning 
o„zigina ichadi, haftada esa ikki marta qandli choyichadi”
1
. Bu kabi asossiz va 
mantiqsiz fikrlarga to„g„ri va holisona javob faqatgina Xiva arxiv hujjatlarini 
o„rganish orqali berilish mumkin edi. Lekin, Xiva xonligi ruslar tomonidan 1873 
yilda istilo qilingach, undagi barcha arxiv San-Peterburgga jo„natilib, ko„p yillar 
izsiz yo„qolib, hech kim tomonidan o„rganilmagan. Va 1960 yilda 
M.Y.Yo„ldoshev tahriri ostida “XIX asr Xiva davlat hujjatlari” nashr qilinadi. U 
ilmiy izlanishlarini olib borgan davrlargacha XVIII-XIX asrlar xonliklar davri 
o„zbek tarixshunosligida juda kam tadqiq qilingan davr hisoblanardi. 
Akademik V.V. Bartold yuqoridagi fikr bo„yicha shunday yozgan edi, 
“XVIII- XIX asrlardagi O„rta Osiyo xonliklarining tarixi Sharq tarixining eng kam 
ishlangan tarmoqlari qatoriga kiradi
2
M. Yo„ldoshevning o„zi esa bu masalaga 
munosabat bildirib shunday yozadi, “O„rta Osiyo tarixiga doir ko„pgina muhim 
masalalarning tuzuk ishlanmaganligiga sabab shuki, ba‟zi tadqiqotchilar o„z 
asarlarida jiddiy xatolarga, ideologik chalkashliklarga yo„l qo„ymoqdalar, tarixiy 
1
Н.И. Веселовский Очерк историко-географических сведений о Хивинском ханстве от 
древнейших времен до настоящего. – СПб, 1877, – 327-bet. 
2
В.В Бартольд. События перед Хивинским походом 1873 г., по рассказу Хивинского 
историка // Кауфманский сборник. – М., 1910. – С. 1. 


haqiqatni buzib ko„rsatmoqdalar. Birinchidan, O„zbekistonning o„tmishidagi 
xo„jalik – siyosiy hayotiga doir hujjat, fakt va materiallarning yo„qligi, 
ikkinchidan, turli manbalardan yetarli ravishda foydalanilmayotganligi tufayli 
shunday ahvol sodir bo„lmoqda. Aniq faktlar bo„lmaganligi sababli O„rta 
Osiyodagi tarixiy voqealarning rivojlanib borishini to„g„ri tushunib, to„la yoritib 
beraolmaydilar. Ularning ba‟zilari tarixni ataylab soxtalashtiradilar”
3
. Shu o„rinda 
Xiva xonlari arxivini tarixiga biroz nazar tashlash lozim chunki, 1873 yilda ruslar 
Xivani istilo qilib, Xivada musodara qilingan qo„lyozmalarning soni to„g„risida 
A.L. Kunning o„zi bayonotnomada quyidagi ma‟lumotlarni xabar qilgan: “Xivaga 
ekspeditsiya vaqtida men quyidagi ilmiy hujjatlarni to„pladim: xon saroyini 
musodara qilish vaqtida sharq qo„lyozmalaridan iborat 300 kitob to„plandi, 
shulardan 129 tasi 140 tomdan iborat tarixiy qo„lyozmalar, 30 tomdan iborat sharq 
shoirlarining devonlari, 50 tomdan iborat 40 ta huquqiy va diniy asarlardir. Bundan 
tashqari, 18 tacha “Quron” va 50 ta dars kitoblari ham to„plandi”
4
. Xiva 
xonlarining tarixchisi Bayoniy ham ruslar Xiva saraoyini musodara qilganida 300 
ta kitobni olib ketganliklarini qayd qilib o„tadi
5
. Lekin yuqoridagi hujjatlar bilan 
birgalikda Xiva xonligi arxivida qo„lyozmalar ham to„plangan. Bu hujjatlar ikki 
guruhga bo„linib xonlikning daromadlari va xarajatlariga doir daftarlar hamda bir 
qancha vaqf va mulk hujjatlarini, ikkinchi guruhga xatlar va diplomatik 
yozishmalarni kiritish mumkin. Daftarlar orasida pul soliqlariga doir yozuvlar, 
(salg„ut), zakot daftarlari va Matmurod devonbegining xon xarajatlari to„g„risida 
hisobotlari bor. So„ngra shu hujjatlar orasida Buxoroda, G„azalida, Istambulda va 
boshqa joylarda savdo ishlari bilan yashab turgan xivaliklarning xonga yuborgan 
iltimosnomalari, nizolarni hal qilib berish to„g„risida yozilgan imkoniyatnomalari, 
biror mansab berish to„g„risida iltimosnomalari va shu kabilar bor. Diplomatik 
hujjatlar orasida Ost-Indiya general-gubernatorlari Narskbrukning xati, Turkiya 
3
М. Йўлдошев, XIX аср Хива давлат ҳужжатлари. – Т.: Ўздавнашр,1960. – 403 б. 
4
А.Л. Кун Доходы Хивинского ханства // ТВ. 1873. – № 32. 
5
М. Йўлдошев , Хива хонлигида феодал ер эгалиги ва давлат тузилиши. – Т.: Ўздавнашр, 
1959. б.8. 


sultoning xatlari va farmonlari, rus elchisi Danilevskiy bilan Xiva xoni o„rtasida 
tuzilgan ahdnoma hamda Turkiston general-gubernatorlari tomonidan xonga 
yuborilgan bir necha maktub bor bo„lsa-da ular soni hech qayerda ko„rsatilmagan. 
Xiva xonlarining XIX asrga oid arxividagi ba‟zi hujjatlarning mazmuni P.P. 
Ivanov
6
tomonidan birinchi daf‟a e‟lon qilinishi sovet sharqshunoslari uchun 
Xivaning chinakam tarixini to„laroq ochib berishga hamda XIX asrdagi O„rta 
Osiyoning tarixiy xaritasidagi ko„pgina bo„sh joylarni to„ldirishga imkon bergan. 
Xiva xonligining ko„pgina hujjatlari SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik 
institutining fondlaridan topiladi. 1948 yilda esa Xiva arxivining hech kimga 
ma‟lum bo„lmagan ko„pgina noyob daftarlari aniqlangan.. Bular xalq 
kutubxonasida P.P. Ivanov tomonidan topilgan majmuani ancha to„ldiradi va uni 
yanada qimmatliroq qiladi. 
Xiva xonlari arxiv hujjatlarini keng tadqiq qilish, ayniqsa saroy va uni 
amaldorlari bilan bog„liq jihatlarni chuqur o„rganish lozim bo‟lgan. Chunki, bu 
hujjatlar xon byudjeti qanday sarflanganligini aniq qilib ko„rsatgan, buni sababi 
shundaki daftarlarga arzimagan mayda xarajatlar ham yozib borilgan; xuddi shu 
hol bu hujjatlarning ilmiy qiymatini oshirish bilan birga, ularni muhim tarixiy 
manbaga aylantirgan. Saroy xarajatlariga doir dalillarni sinchiklab o„rganish orqali 
biz saroy turmushini, xon va boshliq hukmron tabaqani axloqi va saroy ziyofatlari 
haqida ma‟lumot olish mumkin bo„lgan. Xarajat daftarlariga yozilgan ma‟lumotlar 
tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida saroy va butun jamiyat hayotida 
yuz bergan o„zgarishlarni bilib olishimizga imkon beradi. Va shu bilan birgalikda 
daftarlardan biz yuqoridagi xarajatlardan tashqari, boshqa maqsadlar uchun 
qilingan, o„ziga xos xarajatlar to„g„risida ham ma‟lumot olishimiz mumkin edi. 
Masalan, Xivada o„sha davrda hukumat orden yoki medallari bo„lmagan. O„zini 
ko„rsatgan harbiy va amaldorlarga mukofot tariqasida pul, yer-suv, chorva yoki 
qimmatbaho buyumlar berilar edi.
6
П.П. Иванов Архив хивинских ханов XIX в. Исслед. и описание документов с ист. 
введением. ⁄ Новые источники для истории народов Сред. Азии. – Л.: ГПБ, 1940. – 290 с. 


Shuningdek, Xiva xonlari arxivi tadqiq qilinganimizda ba‟zi qiziq faktlarga 
duch keldik, “Xivada o„ldirilgan har bir dushman uchun pul mukofati berish odati 
bo„lgan. Lekin, dalil sifatida dushmaning boshini, kesilgan qulog„íni yoki terisini 
olib kelib ko„rsatishi shart bo„lgan.
7
” 
Eng dastlabki arxiv hujjatlariga ko„ra, xonlikda xo„jalikning natural shakli 
ustun turganligi ma‟lum bo„ladi. Xonlik uchun bajarilgan turli ishlar va qilingan 
xizmatlar uchun g„alla va boshqa shu kabi mahsulotlar bilan haq to„langan. Va 
keyingi hujjatlarda xonlikdagi iqtisodiy o„zgarishlar yuz berishi munosabati bilan 
pul xarajatlarga o„tila boshlangan. Bu hodisa 1855 yillarda yuz berganligi 
aniqlangan. 
Arxiv hujjatlari faqat saroydagi ichki hayotni to„liq va har tomonlama 
ko„rsatibgina qolmay, ayni vaqtda Xiva xonligidagi xalq ommasining ahvolini ham 
to„la-to„kis aks ettirgan. Arxiv ma‟lumotlariga ko„ra Xiva xonligining yagona 
rasmiy markazlashgan arxivi XIX asrda vujudgan. Arxiv daftarlaridagi yozuvlarda 
asosan yerdan olinadigan soliqlar va qozilar tomonidan chiqarilgan turli hukmlar 
aks etgan. XIX asrdan boshlab arxiv hujjatlarini saqlanishiga alohida e‟tibor bilan 
qarala boshlangan. Tarixchilarning ma‟lumotlariga ko„ra, saroydagi arxiv hujjatlari 
xazina bilan bir qatorda alohida binoda juda ehtiyotkorlik bilan mahfiy holda 
saqlangan. Bir joydan ikkinchi joyga olib borish uchun mo„ljallangan daftarlarga 
pishiq muqova qilingan. Xonlikning mahfiy xarajatlari yozilgan, faqat saroyning 
o„zidagina saqlanadigan daftarlarning yuzlariga oddiy karton qo„ýilgan. Ammo, 
muqovalari pishiq ishlangan va yaxshi saqlangan daftarlar bo„lsada ularni bemalol 
o„qish ancha murakkab hisoblanadi. Ko„pgina hujjatlarning yozilgan yili hamda 
kim tomonidan yozilganligi, kimga tegishli ekanligi ham ma‟lum emas.
Shuningdek, arxiv hujjatlarining tili, xati va uslubi o„ziga xos xususiyatga 
ega, chunki bu hujjatlar chet kishilar uchun emas, balki kichik bir guruh uchun 
yozilgan. Ba‟zida bu hujjatlar bilan tanishilganda, daftarlar mazmunini idora 
7
M. Yo‟ldoshev O‟sha asar. 34-b. 


ishlaridan chetda bo„lgan kishilar uchun sir saqlangan degan tushuncha paydo 
bo„lishi mimkin. Shuni alohida ta‟kidlash kerakki, A.L. Kun ham 1873 yilda , 
“Bundan (ya‟ni arxiv daftarlaridan) ham chalkashroq narsani tasavvur qilish 
qiyin… boshqa devonlardan bu hujjatlarda nima yozilganligini o„qib tushuntirib 
berishni iltimos qilganimizda, ular ham tushuntirib bera olmadilar”
8

Xiva xonligini birinchi marta tekshirgan va ilmiy jamoatchilik fikrini unga 
jalb qilgan P.P. Ivanov o„zi topgan arxiv daftarlarini tartibga solib, ularning 
mazmunini qisqacha bayon qilib bergan. Lekin, ba‟zi sabablarga ko„ra u o„z ishini 
oxirigacha yakunlay olmaydi. Shunga qaramay uning ishini M. Yo„ldoshev 
matonat va sabot bilan arxiv hujjatlarini tadqiq qilib ularni keng jamoatchilikka 
yetkazib beradi. Uning Xiva xonlari arxivi ustida olib borgan tadqiqotlari natijasida 
Sharq hayotida butun bir tarixiy davr yangicha yoritishga muvaffaq bo„lindi. 
Chunki, tarixni har tomonlama mukammal va aniq bayon qilishda arxiv 
hujjatlari har doim birlamchi manba hisoblanib kelinadi. Ayniqsa, Xiva xonlari 
arxivi o„zining boy merosiy yodgorliklari bilan bugungi yosh avlodni ham 
qiziqtirib kelishi hech shubhasizdir. O„tgan asrning 60 yillaridayoq ko„pgina sovet 
tarixchilarining o„zbek davlatchiligi tarixi rivoyat va afsonalar asosida tuzilgan 
degan fikrlariga rad etib bo„lmas dalillar bilan aslida haqiqat qanday bo„lgan 
ekanligini bayon qilgan manbalar bu - Xiva xonligi arxiv hujjatlari ekanligi 
shubhasizdir. Xiva arxiv hujjatlarining ahamiyati shundaki, ularda o„zbek 
davlatchiligining bir qismi bo„lgan Xiva xonligi haqida ma‟lumotlarni bus-butun, 
hech qanday bo„yoqlarsiz bayon etilganligidir. Bu hujjatlar o„rganilgan sa‟yin 
tariximiz uchun noma‟lum bo„lgan yangidan-yangi qirralar aks etib borilaveradi. 
Adabiyotlar 
8
Кун А.Л. Доходы Хивинского ханства // ТВ. 1873. – № 32. 


1.
Бартольд В.В. События перед Хивинским походом 1873 г., по рассказу 
Хивинского историка // Кауфманский сборник. – М., 1910. – С. 1.
2.
Веселовский Н.И. Очерк историко-географических сведений о Хивинском 
ханстве от древнейших времен до настоящего. – СПб, 1877, – 327-bet.
3.
Иванов П.П. Архив хивинских ханов XIX в. Исслед. и описание 
документов с ист. введением. ⁄ Новые источники для истории народов 
Сред. Азии. – Л.: ГПБ, 1940. – 290 с.
4.
Йўлдошев М. XIX аср Хива давлат ҳужжатлари. – Т.: Ўздавнашр,1960. – 
403 б.
5.
Йўлдошев М. Хива хонлигида феодал ер эгалиги ва давлат тузилиши. – Т.: 
Ўздавнашр, 1959. б.8.
6.
Кун А.Л. Доходы Хивинского ханства // ТВ. 1873. – № 32.

Yüklə 199,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə