Xix asr oxiri XX asr boshlarida Rossiya. Mundarija



Yüklə 59,49 Kb.
səhifə1/7
tarix24.12.2023
ölçüsü59,49 Kb.
#159824
  1   2   3   4   5   6   7
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Rossiya kurs ishi



XIX asr oxiri XX asr boshlarida Rossiya.
Mundarija
Kirish..........................................................................................2
I-bob. Rossiya imperiyasi-yirik mustamlakachi davlat.
1.1 Rossiyaning O'rta Osiyoda olib borganmustamlakachilik siyosati…5
1.2 Rossiyaning Bolqon yarim orolida olib borgan siyosati. Rossiya-Turkiya urushi.........................................................................................12
II-bob. Rossiyaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining o'ziga xos xususiyatlari.
II.1 XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Rossiyaning ijtimoiy-iqtisodiy hayot........................................................................................................16
II.2 XX asrning boshlarida Rossiyadagi inqilobiy
harakatlar................................................................................................21
Xulosa.....................................................................................................26
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro'yxati...….….….….….….….….….….….….….….….…..................29

Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: XIX asr oxirlariga kelganda Rossiya Yevropadagi eng yirik davlatlardan biri bo'lib qoldi. Uning territoriyasi (taxminan 16 mln. kv.km) shimolda Barens dengizidan tortib, Januda Kavkaz va Qora dengizgacha, gʻarbda Baltika dengizidan tortib, sharqda Tinch okengacha bo'lgan yerlarni o'z ichiga olgan edi.
Rossiya imperiyasi Jahonning qudratli davlatlari Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya imperiyalari qatori katta mustamlakachi davlat bo'lib qoldi. Boltiq bo'ylaridan Kavkaz tog'larigacha, Ukraina dashtlaridan Uzoq Sharq va O'rta Osiyo hududlarigacha cho'zilgan yerlarda imperiyaning ikki boshli burgut tasviri tushirilgan oq-yashil bayrog'i o'rnatilib, Rossiya Polsha, Finlyandiya, Boltiqbo'yi mamlakatlari, Kavkaz oʻlkasi, Boshqirdiston, Sibir va qalmoqlar yurti uning taxti tasarrufiga muhrlandi va bu hududlarni mustamlaka asoratiga solgan salobatli va shafqatsiz imperiya edi.
1864-1885 yillarda 20 yildan ortiq vaqt davomida Rossiya imperiyasining uzoq vaqt davom etgan harbiy tayyorgarligi natijasida bosqinchilik urushlari olib borildi. O'rta Osiyo xonlikrai hududining katta qismini 1.583.255 kv.km bosib olinib, mustamlakaga aylantirildi.
Yevropaning ilg'or Jamoatchiligi XIX asr oxirida Rossiyani "beadad miqdordagi mulk o'g'risi", deb ta'riflab, "hisob-kitob vaqti kelganda,u bu mulklarni o'z egalariga qaytarishga majbur bo'ladi" deb bashorat qilgan edi. Shu o'rinda Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta'kidlaganidek: "Biz bugun bir tarixiy davrda-xalqimiz o'z oldiga qo'ygan ezgu va ulug' maqsadlar qo'yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanib,demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo'lida ulkan natijalarni qo'lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz"1
Shunday ekan Rossiyaning XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini, Rossiyaning Bolqon yarim oroli va Uzoq Sharqda olib borgan tashqi siyosat handa XX asr boshlarida Rossiyada ro'y bergan inqilobly harakatlarningtarixini o'rganish tarix fanining dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda.
Mavzuning dolzarbligi sifatida Rossiya imperiyasining XIX asr oxiri va XX asr
boshlaridagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tuzumi tarixini o'rganilishi ularni yangi adabiyotlardagi talqinini tizimlashtirish va tahlil qilish asos qilib olindi.

Yüklə 59,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə