Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik


II BOB. SAUDIYA ARABISTONINING FORS KO’RFAZI



Yüklə 209,17 Kb.
səhifə11/23
tarix23.12.2023
ölçüsü209,17 Kb.
#155863
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik-fayllar.org

II BOB. SAUDIYA ARABISTONINING FORS KO’RFAZI

MAMLAKATLARI BILAN SAVDO-IQTISODIY ALOQALARI



2.1 Saudiya Arabistoni-mintaqaviy iqtisodiy aloqalar tizimida

Iqtisodiy tarixdan ma’lumki, jahon xo’jaligida Fors ko’rfazi mintaqasi mamlakatlarining iqtisodiyoti 1970-yillarning o’rtalaridan boshlab poydevor qo’yilib, bugungi kunda yuqori suratlar bilan rivojlanib kelmoqda, ayniqsa, ularning iqtisodiyotini tez shakllanishiga o’z navbatida neft xom ashyosi muhim va ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt, Qatar, Bahrayn kabi mamlakatlar neft xomashyosini qazish va uni eksport qilish, hamda ushbu mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyot uslublarining o’ziga xos xususiyatlari va jihatlari bilan jahon xo’jaligida boshqa arab mamlakatlaridan ajralib turadi. XX asrning boshlariga kelib, Arab dunyosi mamlakatlarida ro’y bergan bir qator siyosiy qarama-qarshiliklar ko’plab arab mamlakatlarining milliy iqtisodiyotlariga salbiy ta’sirini o’tkazdi. 1970-80 yillarda Fors ko’rfazi va Shimoliy Afrika mamlakatlarida sanoatlashtirish jarayoni jadal rivojlandi, hamda hozirgi kunga kelib, neft xomashyosiga ega bo’lgan mamlakatlarning milliy iqtisodiy taraqqiyotida ,,neft omili” eng asosiy daromad manbai sifatida qaralmoqda. Shuning uchun ham neft qazish va uni ishlab chiqarish, neft xomashyosidan aholi istemoli mahsulotlarini ishlab chiqarish kabi neft sanoati tarmoqlarini shakllanishi va ularni rivojlanishi milliy iqtisodiyotning asosiy o’zagiga aylanganligi namoyon bo’lmoqda. Shuni alohida takidlash lozimki, globallashuv sharoitida Yaqin va O’rta Sharq mintaqasining Fors ko’rfazi hududi mamlakatlarining milliy iqtisodiyotlarida xizmat ko’rsatish sohasi ulushi yil sayin ortib bormoqda. Biz bilamizki, XX asrning 90-yillari va XXI asrning boshlarida


Fors ko’rfazidagi bir qator mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajalari sezilarli darajada o’sdi.
Fors ko’razi mintaqasini jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni hozirgi globallashuv davrida juda muhim hisoblanadi. Oxirgi o’n yillikda arab mamlakatlarini iqtisodiy o’sishi 3-6,4% ni tashkil etdi. Ularning har biri o’ziga xos iqtisodiy rivojlanishga ega va tashqi hamkorlar uchun muhim ahamiyatga egadir.
Bu mintaqa mamlakatlari iqtisodiyotini donor tarmog’i asosan neft hisoblanadi.Oxirgi paytlarda mintaqada yirik moliya markazlari yuzaga kelmoqda.
Iqtisodiyoti erkinligi darajasi bo’yicha Qatar va BAA mamlakatlari mntaqada yuqori o’rinlarda turadi. Fors ko’rfazi mamlakatlarini yirik savdo hamkorlari Yevropa Ittifoqi, AQSh, Yaponiya mamlakatlari hisoblanadi.


2.1.1-jadval

Yüklə 209,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə