|
Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslikSaudiya Arabistonidan Fors ko’rfazi mamlakatlariga eksport hajmi dinamikasi (mln. dollar)
|
səhifə | 15/23 | tarix | 23.12.2023 | ölçüsü | 209,17 Kb. | | #155863 |
| Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik-fayllar.org2.2.1-jadval
Saudiya Arabistonidan Fors ko’rfazi mamlakatlariga eksport hajmi dinamikasi (mln. dollar)
Mamlakatlar
|
2008
|
2009
|
2010
|
2011
|
2012
|
2013
|
Bahrayn
|
9438
|
6543
|
7961
|
9850
|
10434
|
10156
|
Quvayt
|
1501
|
1315
|
1384
|
1588
|
1621
|
1631
|
Ummon
|
697
|
784
|
799
|
1726
|
1803
|
1695
|
Qatar
|
1656
|
1925
|
1599
|
1412
|
1454
|
1550
|
BAA
|
8774
|
8513
|
8781
|
10103
|
10381
|
10374
|
Jami
|
22066
|
19080
|
20524
|
24676
|
25693
|
25406
|
Manba:www.gccstat.org, FKADHK tashkilotining rasmiy ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.
Yuqoridagi jadvalda ko’rishimiz mumkinki Saudiya Arabistonining mintaqada asosiy savdo hamkori BAA va Bahrayn mamlakatlari hisoblanadi. Bahrayn mamlakati bilan tashqi savdo aylanmasi 2008-yilda 10619 mln AQSh dollarni tashkil etgan bo’lsa 2013-yilga kelib 11852 mln AQSh dollarga yetdi. Xususan 2009-yilda Fors ko’rfazi mamlakatlariga eksport miqdori jami 19080 mln dollarni tashkil etgan bo’lsa bunda Bahraynga qilingan eksport miqdori jami eksportning 34,2% ini tashkil etmoqda va BAA ga qilingan eksport miqdori esa jami eksportning 44,6% ini tashkil etmoqda. Demak ko’rishimiz mumkinki Saudiya Arabistonining mintaqada asosiy tashqi savdo hamkori BAA va Bahrayn mamlakatlari undan keyingi o’rinlarda esa Qatar, Quvayt va Ummon mamlakatlari turibdi.
2008-yildan 2013-yilga qadar BAA va Bahrayn mamlakatlari Saudiya
Arabistonining asosiy savdo hamkori bo’lib qoldi. BAA va Bahrayn ga qilingan eksport miqdorini foiz hisobida ko’radigan bo’lsak 2009-yilda 80% ini tashkil etgan. 2010-yilda Bahraynga eksport hajmi miqdori ulushda 38,8% ni tashkil etgan bo’lsa BAA da bu ko’rsatkich 47,8% ga yetgan. Import hajmi bo’yicha ko’radigan bo’lsak Saudiya Arabistoni mintaqada asosiy importyor mamlakat ham hisoblanadi.
Uning mintaqada asosiy import hamkorlari BAA va Bahrayn mamlakatlari hisoblanib, 2008-yilda Saudiya Arabistoni jami import miqdori 176,7 mlrd AQSh dollarni tashkil etadigan bo’lsa shundan Fors ko’rfazi mamlakatlari ulushi 2,8% ga yetdi va bu ko’rsatkich 2010-yilda 3,4% va 2013-yilda 5,6% ni tashkil etdi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|