Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik


Fors ko’rfazi mamlakatlaridan O’zbekistonga kiritilgan investitsiya loyihalarini guruhlanishi, (2005-2012 yillar)



Yüklə 209,17 Kb.
səhifə20/23
tarix23.12.2023
ölçüsü209,17 Kb.
#155863
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Xorijiy mamalakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik-fayllar.org

2.3.2-jadval

Fors ko’rfazi mamlakatlaridan O’zbekistonga kiritilgan investitsiya loyihalarini guruhlanishi, (2005-2012 yillar)



Mamlakatlar


5 mln dollargacha


5,1-15,0 mln dollar


15,1-25,0 mln dollar


25,1 va undan yuqori mln dollar





soni

Qiymati

soni

Qiymati

soni

Qiymati







Saudiya
Arabistoni




-

-

1

12,0

1

16,0

1

30,0

BAA

7

19,0

1

14,65

1

19,0

-

-

Ummon

1

5,0

3

33,0

-

-

4

1153,0

Quvayt

2

6,0

1

12,96

5

98,0

-

-

Jami

10

30,0

6

72,61

7

133,0

5

1183,0

Manba:www.mfer.uz malumotlari asosida tayyorlangan


Fors ko’rfazi mamlakatlarini tajribasini o’rganish ancha foydalidir. O’z navbatida hukumatlararo munosabatlarni rivojlantirish O’zbekistonga ham Fors ko’rfazi mamlakatlariga ham moliyaviy-iqtisodiy foyda keltiradi. O’zbekistonda hozirda BAA kapitali ishtirokida tashkil etilgan 81 ta korxona mavjud va ulardan 40 tasi 100% xorij kapitali asosida faoliyat yuritadi. 2009-2010 yillar davomida

Davlat investitsiya dasturi doirasida O’zbekistonga BAA dan hajmi 24,04 mln AQSh dollari miqdoridagi sarmoya jalb etilgan bo’lib24, shu o’rinda to’g’ridanto’g’ri investitsiyalar hajmi 11.93 mln dollarni tashkil etgan. Shu o’rinda o’zbekamirlik ishtirokida tashkil etilgan OAJ ,,Jurabek Laboratories” ni misol qilishimiz mumkin. O’zbekiston va Fors ko’rfazi mamlakatlari tabiiy resurslarga boy hisoblanadi. Bularning hammasi ikki tomon o’rtasida eksport import jarayonlarini rivojlantirishga yordam beradi. O’zbekiston va Fors ko’rfazi mamlakatlari o’rtasida iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga qaramasdan lekin haligacha munosabatlar yetarli rivojlanmagan.



2.3.3-jadval

Fors ko’rfazi mamlakatlaridan O’zbekistonga kiritilayotgan investitsiya loyihalari yo’nalishlari (2005-2012 yillar)





Yo’nalishlar


Saudiya

Arabistoni


BAA




Quvayt


Ummon





























Ijtimoiy

1

16

2

501,0

3

38,46

1

15,0



Irrigatsiya

1

12,0

3

278,0

3

36,0

-

-



Elektlash












1

20,9









Transport aloqalari

1

30

4

35,55

1

21,0

-

-



Sanoat

-

-

12

3810,0

-

-

7

1176,0

Manba:www.stat.uz malumotlari asosida tayyorlangan


Mintaqa mamlakatlaridan O’zbekistonga kiritilayotgan sarmoyaning asosiy yo’nalishlari asosan neft va gazni qayta ishlash sanoati, irrigatsiya sohalarini o’z ichiga qamrab olib asosiy investor mamlakatlar BAA va Quvayt mamlakatlari hisoblanadi. 2005-2012 yillar oralig’ida BAA ning sanoatga kiritgan investitsiya hajmi 3810 mln AQSh dollarni ga yetgan bo’lsa, irrigatsiya sohalariga ajratilgan mablag’ 278 mln AQSh dollarga yetdi. O’zbekiston mintaqadagi Islom taraqqiyot bankiga 2003-yil 3-sentybrida a’zo bo’lib, ushbu bank tomonidan 2003-2012 yillar mobaynida umuniy qiymati 150 mln dollarga teng moliyaviy xizmatlar ko’rsatildi. Bundan tashqari, ITB O’zbekiston Respyblikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat,
O’zsanoatqurilishbanki va Ipoteka banki orqali 2007-2012 yillarda ITB bilan hamkorlik dasturlari doirasida umumiy qiymati 24,0 mln dollarlik kredit liniyalarini amalga oshirdi. O’zbekiston va Fors ko’rfazi mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning hozirgi kundagi darajasi, bir tomondan, har bir mamlakatning iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlariga bevosita bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, mazkur hamkorlik ikki tomonning iqtisodiy imkoniyatlariga to’liq mos kelmaydi. Navoiy erkin iqtisodiy zonasini rivojlantirish borasida bugungi kunda mintaqa mamlakatlari bilan qator loyihalar amalga oshirilishi ko’zda tutilgan. Ummon optik-tola kompaniyasi bilan yiliga 10 ming km uzunlikdagi optik-tola ishlab chiqarish ko’zda tutilmoqda. Bundan tashqari
,,Ummon oil’’ kompaniyasi bilan hamkorlikda poletilin trubalar ishab chiqarish ko’rib chiqilmoqda, shuningdek Surxandaryo viloyatining Sherobod tumanida
Ummon investitsion fondi ko’magida sement zavodi qurilishi loyihasi amalga oshirilmoqda.
O’zbek-arab savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirishga quyidagi faktorlar to’sqinlik qiladi:

  • Arab mamlakatlarini turli xildagi mintaqaviy, xalqaro birlashmalarga a’zo bo’lganligi boshqa mamlakatlarni arab bozoriga kirishiga qiyinchilik tug’diradi


  • Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlaridagi siyosiy inqirozlar


O’zbekiston va Fors ko’rfazi mamlakatlari o’rtasida bir qancha loyihalar tuzilgan bo’lsada lekin haligacha bu mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy hamkorlik sekin amalga oshmoqda.



XULOSA

Saudiya Arabistonining Fors ko’rfazi mintaqasi iqtisodiyotida tutgan o’rni va roliga bag’ishlangan bitiruv malakaviy ishini umumlashtirish quyidagi xulosalarga kelish imkonini yaratdi:


1. Saudiya Arabistoni hukumatining bugungi kundagi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda olib borayotgan iqtisodiy – ijtimoiy siyosati quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan:


  • islom boyliklarini e’zozlash va saqlash hamda iqtisodiy taraqqiyotni islom tamoyillariga asoslangan holda olib borish;


  • milly xavfsizlikni va xalqning birligini saqlash;


  • ijtimoiy ta’minotni kuchaytirish;


  • inson salohiyatini rivojlantirish (razvitie chelovecheskogo potensiala);


  • mintaqaviy xududlar o‘rtasidagi iqtisodiy taraqqiyot darajalari o‘rtasidagi tafovutlarga barham berish;


  • milliy iqtisodiyot taraqqiyotida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishni yanada kuchaytirish;


    1. Neft sohasi milliy iqtisodiyotda muhim ahamiyat kasb etsa-da, neft sohasidan tashqari Saudiya Arabistoni iqtisodiyotining rivojlanishiga sabab bo‘lgan quyidagi xususiyatlari aniqlandi va ular quyidagilardan iborat.


    1. mamlakatning iqtisodiy-geografik ahvolining qulayligi


    2. Saudiya Arabistoni iqtisodiyotiga xorijiy texnologiya va xorijiy sarmoyalarning jalb qilinishi.


    3. Neft-gaz mahsulotlarning chetga eksport qilinishi.


    4. Xizmat ko‘rsatish sohalari va turizm sohasining rivojlanishi.


    5. Saudiya Arabistoni milliy iqtisodiyotida tabiiy resurslarning, ya’ni neft va


gaz xomashyosining ustuvor ahamiyati.


    1. Xukumat tomonidan samarali iqtisodiy isloxotlarni va dasturlarni olib borilishi.


    1. Saudiya Arabistonining iqtisodiy taraqqiyoti neft xomashyosi eksporti evaziga olingan xorijiy valyutalar tushumining milliy iqtisodiyotning boshqa sohalarini rivojlantirishga yo’naltirildi. Mintaqada Saudiya YaIM ning miqdori bo’yicha yuqori o’rinda turib, 2008-2013-yillar davomida o’rtacha o’sish 5,5-6% ni tashkil etdi va Fors ko’rfazi mintaqasi jami YaIM sining o’rtacha 35-40% ini tashkil etdi.


    2. Aholi jon boshiga YaIM ning miqdori bo’yicha Saudiya Arabistoni mintaqada oxirgi o’rinlarda turib, 2008-2013-yillarda o’rtacha 21,8 ming dollarni tashkil etdi. Saudiyada inflyatsiya ko’rsatgichlari oxirgi 10 yillikda o’rtacha 5,56% ni tashkil etib, oziq-ovqat narxlari, ta’mirlash va ijara xarajatlari istemol savatchasining asosiy qismini egallagan va bu Saudiyada inflyatsiyaga ta’sir etuvchi asosiy omil xisoblanadi.


    3. Saudiya eksport hajmi 2008-2013-yillarda o’rtacha 325,0 mlrd dollarni tashkil etib 2007-yildan boshlab barcha yillarda ijobiy saldo kuzatiladi. Tashqi savdo aylanmasi hajmining YaIM ga nisbati 2007-yilda 43,5% ni, 2010-yilda 56,4% ni va 2013-yilga kelib 70 % ni tashkil etdi. Mineral resurslar eksport tarkibini asosiy qismini egallab, qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat maxsulotlarini eksport tarkibidagi ulushi deyarli 0,5% ni qayta ishlash sanoati maxsulotlari 9% ni tashkil etdi. Oxirgi 10 yillikda import hajmi o’rtacha 190,2 mlrd dollarnini tashkil etib, import tarkibini asosiy qismini qayta ishlash maxsulotlari (63%), oziq-ovqat maxsulotlari (14%), qora va rangli metallar (10%) egallagan.


    4. Iqtisodiyotni tarmoq tarkibida sanoat va xizmat ko’rsatish sohasi asosiy o’rinni egallab 2008-2013 yillarda YaIM da sanoat ulushi o’rtacha 60,9% ni, xizmat ko’rsatish o’rtacha 36,9% ni qishloq xo’jaligini ulushi o’rtacha 2,3% ni tashkil etdi. Saudiya iqtisodiyotining asosiy donor tarmog’i neft sektori bo’lib YaIM dagi ulushi oxirgi yillarda o’rtacha 45,6% ni tashkil qilmoqda. Neftdan tashqari xususiy sektorni YaIM dagi ulushi yil sayin oshib bormoqda 2009-yilda


35% bo’lgan bo’lsa 2013-yilga kelib 43% ni tashkil qilmoqda. Hukumat tomonidan xususiylashtirish jarayonini samarali olib borilishi sabab davlat sektorining ulushi yil sayin pasayib bormoqda xususan 2008-yilda 18% ni tashkil etgan bo’lsa 2013-yilda bu ko’rsatgich 15% bo’ldi.


    1. Fors ko’rfazi mintaqasi mamlakatlarini 2000-2012 yillar davomidagi tashqi savdo dinamikasini tahlil qilib ko’radigan bo’lsak tashqi tovar aylanmasi hajmi eksport va import hisobiga sezilarli darajada o’sdi. Mintaqa eksportida asosiy ulushni Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar mamlakatlari egallagan bo’lsa imortidagi asosiy ulushni Saudiya va BAA tashkil etdi. Oxirgi o’n yillikda fors ko’rfazi mintaqasi yalpi eksport miqdori o’rtacha 4407 mlrd dollarni tashkil etgan bo’lsa bunda Saudiyaning ulushi o’rtacha 43% bo’ldi. Saudiya Arabistonini import hajmi mintaqa jami importining 32% ini tashkil etdi va 2008-2013 yillarda o’rtacha


128,5 mlrd dollar bo’ldi.


    1. Jahon xo’jaligida eng yirik neft zaxiralariga ega bo’lgan mamlakatlar ro’yxatida ,,yuqori uchlik’’ dan joy olgan Saudiya Arabistonini neft zaxirasi qariyb 36 mlrd tonna deb baholanmoqda. Oxirgi besh yil davomida Saudiya hududlarida 1 kunda o’rtacha 11,2 mln barrel neft qazib olingan va bu OPECga a’zo mamlakatlar tomonidan qazib olinadigan neftning qariyb 1/3 qismini hamda jahon neft ishlab chiqarishining o’rtacha 12,6 % ini tashkil qilgan. OPEC ga a’zo Fors ko’rfazi mamlakatlarini (Quvayt, Qatar, BAA,SAP) 2008-2013 yillarda o’rtacha neft eksport hajmi 491,5 mlrd dollar bo’lgan bo’lsa bunda Saudiya Arabistonini ulushi 54,6% ni tashkil etmoqda.


    2. So’nggi yillarda Saudiya Arabistoni va Fors ko’rfazi mamalakatlari o’rtasidagi savdo aloqalari sezilarli darajada o’sdi. Xususan, 2008-yilga nisbatan Saudiyaning Fors ko’rfazi mamlakatlari bilan savdo aylanmasi 31% ga oshib, 30,5 mlrd dollardan ortdi. Shu bilan birga savdo aylanmasi mintaqaning barcha davlatlari bilan bir xil sur’atlarda o’zgarmaganligini ta’kidlash lozim. Tahlil qilinayotgan davr mobaynida importning eksportga nisbatan yuqoriroq sur’atlarda o’sganligi kuzatiladi: agar 2008-2013 yillar davomida Saudiyaning eksport qilingan tovar va xizmatlar miqdori 3,4 marta o’sgan bo’lsa, import bo’yicha bu ko’rsatgich 5,4 martani tashkil etgan. Saudiya va Fors ko’rfazi mamlakatlari bilan savdo aloqalaridagi ijobiy tendensiya shundan iboratki, unda 2008-yildan boshlab barcha yillarda ijobiy saldo kuzatiladi.


    3. Saudiya Arabistonini Fors ko’rfazi mamlakatlariga eksport tarkibida sanoat maxsulotlari asosiy o’rinni egallab, uning 2008-yilda jami eksportdagi ulushi 47,6% ni tashkil etgan bo’lsa bu ko’rsatgich 2013-yilda 60,6% ga yetdi. Saudiyaning mintaqa mamlakatlaridan import tarkibida sanoat maxsulotlari(65%), qishloq xo’jaligi maxsulotlari(13%) asosiy o’rin egallagan. Saudiya Fors ko’rfazida Birlashgan Arab Amirligining asosiy savdo hamkori xisoblanadi. BAA va Saudiya o’rtasidagi tovar aylanmasi 2008-2013 yillarda 11,5 mlrd AQSh dollardan 18,9 mlrd AQSh dollarga o’sganligini e’tirof etish zarur.


    4. Fors ko’rfazi mamlakatlari O’zbekistonni Markaziy Osiyoni lideri sifatida ko’rishadi va bu mamlakat bilan aloqalarni rivojlantirish orqali Markaziy Osiyodagi boshqa mamlakatlar bilan ham savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanadi. O’z navbatida O’zbekiston uchun ham Fors ko’rfazi mamlakatlari bilan hamkorlik qilish yangi xalqaro savdo-iqtisodiy imkoniyatlarni yaratadi. O’zbekiston va Fors ko’rfazi mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo’nalishlari neftni qayta ishlash va neftkimyo gaz sanoatini modernizatsiyalash sohalarida amalga oshmoqda.


    5. O’zbekistonning Fors ko’rfazi mamlakatlari bilan aloqalari yetarli darajada rivojlanmagan. 2010-yil ma’lumotlariga ko’ra Fors ko’rfazidan O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb etilgan investitsiya hajmi nisbatan past ko’rsatgichni 1,5 mlrd AQSh dollariga ham yetmagan, ikki tomon o’rtasidagi tovar aylanmasi 303,9 mln dollarni tashkil etdi. 2008-2013-yillarning oxirida O’zbekiston bilan tovar aylanmasi nisbatan ulushi yuqori bo’lgan mamlakatlar


BAA (43,%), ikkinchi o’rinda Ummon (28,7%), undan keying o’rinda Bahrayn


(16,3%), butun davr davomida Saudiya Arabistonining ulushi 2% dan oshmadi va Qatar bilan eng yuqori ulush 13% ni tashkil etdi.

    1. O’zbekiston iqtisodiyoti uchun FKADHK, Islom konferensiya tashkiloti, Islom taraqqiyot banki, Quvayt arab fondi, Abu-Dabi rivojlanish fondi kabi tashkilotlari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish muhim ahamiyatga ega.


O’zbekistonda hozirda BAA kapitali ishtirokida tashkil etilgan 81 ta korxona mavjud va ulardan 40 tasi 100% xorij kapitali asosida faoliyat yuritadi. 20092010yillar davomida Davlat investitsiya dasturi doirasida O’zbekistonga BAA dan hajmi 24,04 mln AQSh dollari miqdoridagi sarmoya jalb etilgan bo’lib, shu o’rinda to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar hajmi 11.93 mln dollarni tashkil etgan.




Yüklə 209,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə