Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Qandli diabet diabet tiplarining fiziologik asoslari haqida



Yüklə 66,92 Kb.
səhifə11/13
tarix02.03.2023
ölçüsü66,92 Kb.
#101783
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Qandli diabet tiplarining fiziologik asoslari.

Asoratlari
O’tkir
O’tkir asoratlar qandli diabet mavjudligida kunlar yoki hatto soatlar davomida rivojlanishi mumkin. Ularga:

  • Diabetik ketoatsidoz — qonda yog’larning oraliq metabolizmi mahsulotlari to’planib qolishi oqibatida rivojlanadigan og’ir holat. Hushdan ketish va organizmning hayotiy zarur funktsiyalari buzilishiga olib kelishi mumkin.

  • Gipoglikemiya — qonda glyukozaning me’yordan pasayib ketishi (odatda 3,3 mmol / l dan past). Qandni pasaytiruvchi preparatlar peredozirovkasi, hamrohlik qiluvchi kasalliklar, noodatiy jismoniy faollik yoki yetarli ovqatlanmaslik, alkogol qabul qilish natijasida sodir bo’lishi mumkin. Birinchi yordam bemorga shakar eritmasi yoki boshqa shirin ichimlik berish, uglevodga boy mahsulotlar qabul qilish (tezroq so’rilishi uchun til ostiga shakar yoki asal solish mumkin), imkon bo’lganda mushak orasiga glyukagon preparatlar, vena ichiga glyukozaning 40% li eritmasini kiritish.

  • Giperosmolyar koma — asosan anamnezida 2-tip diabet bo’lgan yoki bo’lmagan keksa bemorlarda kuzatiladi va kuchli suvsizlanish bilan bog’liq. Ko’pincha bir necha kundan bir haftagacha davom etadigan poliuriya va polidipsiya kuzatiladi. Tezkor gospitalizatsiya uchun hayotiy ko’rsatkich sanaladi.

  • Laktatsidiotik koma — qonda sut kislotasi to’planishi tomonidan chaqiriladi. Asosan 50 yoshdan oshgan bemorlarda yurak-tomir, jigar yoki buyrak yetishmovchiligi, to’qimalarning kislorod bilan yetarlicha ta’minlanmasligi fonida sodir bo’ladi. Uyquchanlik, hushdan ketish, nafas olish buzilishi, Kussmaul nafasi yuzaga kelishi, arterial bosimning pasayishi, peshob kelishining kamayishi (oliguriya) yoki umuman bo’lmasligi (anuriya) kuzatiladi.

Kechki
Rivojlanishi uchun oylar, ba’zan esa yillar kerak bo’ladigan asoratlar guruhini o’z ichiga oladi. Ularga:

  • Diabetik retinopatiya — ko’z to’r pardasining mikroanevrizmalar, nuqtali va dog’li qon quyilishlar, qattiq ekssudatlar, shishlar, yangi tomirlar shakllanishi ko’rinishida shikastlanishidir. Ko’z tubida qon quyilishi bilan yakunlanadi, to’r pardaning ko’chishiga olib kelishi mumkin. Ko’proq 2-tip diabetda kuzatiladi. O’rta va keksa yoshdagi bemorlarda ko’rlikning asosiy sababchisidir.


  • Yüklə 66,92 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə