Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


Elektr sxemalarni tuzishda quyidagi mulohaza va talablarga rioya etiladi



Yüklə 20,2 Kb.
səhifə4/5
tarix30.12.2023
ölçüsü20,2 Kb.
#167658
1   2   3   4   5
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olma-fayllar.org

Elektr sxemalarni tuzishda quyidagi mulohaza va talablarga rioya etiladi:
  1. Yaqqollik nuqtai nazaridan sxemalarni yoyilgan shaklda bergan ma’qul, ya’ni barcha elementlar sxemaning ishlash mantiqiga muvofiq joylashtirilishi kerak;


  2. Eyementar zanjirlarni tasvirlash nazorat, signallash, boshqarish va rostlashning ayrim bo‘g‘inlari ketma-ketligiga mos kelishi lozim;


  3. Kontaktlar, ulab-uzuvchi qurilmalar normal holatda, ya’ni zanjirda tok bo‘lmagan holatida ko‘rsatiladi;


  4. Har bir zanjirning o‘ng tomonida qisqacha tushuntirish yozuvi beriladi;


  5. Sxema elementiga berilgan shartli harfiy belgi boshqa sxemalarda qaytarilganda o‘zgarmay qolishi kerak.


Davlat standartiga binoan elektr zanjirlarni markirovkalash kerak; bunda quyidagi qoidalarga rioya qilinadi:


  1. O‘zgaruvchan tokli kuch zanjirlari fazalarini anglatuvchi harflar bilan belgilanadi(A,V,S- uch fazali tok zanjiri; A, N- bir fazali tok zanjiri);


  2. O‘zgarmas tokli kuch zanjirlarida musbat qutbli qismi toq, manfiy qismi juft sonlar bilan, kirish va chiqish qismlarida esa qutblari (+,-) ko‘rsatilishi kerak;


  3. Funksional vazifalariga qarab zanjirlar ma’lum guruh sonlari bilan markirovkalanadi:


Boshqarish, rostlash zanjirlari 1...399;


Signallash zanjirlari 400...799;
Ta’minot zanjirlari 800...999.
Zanjirlarni markirovkalashda sonlar ketma-ketligi ta’minot manbaasidan iste’molchi tomonga qarab, zanjirlarning ajralish qismida esa tepadan pastga va chapdan o‘ngga karab amalga oshirilishi lozim.

Elektr zanjirlarning kommutatsiyasida ko‘p holatli apparatlar (kalitlar, qayta ulagichlar va shu kabilar) qo‘llanilganda chizmada qayta ulash jadvali va diagrammalarini ko‘rsatish lozim (8- rasm).



8-rasm. Universal qayta ulagichning texnik harakteristikasi.
a) – ulanadigan zanjirlar;
b) – qayta ulagichning montaj ko‘rinishi;
v) – qayta ulash diagrammasi.





Yüklə 20,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə