Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar


Sxemalarni tuzishda quyidagi tartibga asoslangan ma’qul



Yüklə 20,2 Kb.
səhifə2/5
tarix30.12.2023
ölçüsü20,2 Kb.
#167658
1   2   3   4   5
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olma-fayllar.org

Sxemalarni tuzishda quyidagi tartibga asoslangan ma’qul:
  1. Funksional sxemada qo‘llanilgan talablar asosida prinsipial sxemaga qo‘yiladigan texnik talablar aniqlanadi;


  2. Shu talablarga muvofiq tarzda sxemaning sharti va harakat tartibi belgilanadi;


  3. Berilgan tartib va shartlar asosida elementar zanjirlar to‘ziladi;


  4. Elementar zanjirlar umumiy sxema ko‘rinishida birlashtiriladi;


  5. Apparaturalar tanlanib, ayrim element parametrlarining elektr hisobi bajariladi;


  6. Tanlangan apparaturalar imkoniyati asosida sxematga tuzatish kiritiladi;


  7. Elementar zanjir yoki kontaktlarning noto‘g‘ri ishlashi natijasida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan holatlar tahlil etiladi;


  8. Boshqa variantlarni qo‘llash imkoniyatlari ko‘rilib, muqobil sxema tugal tanlanadi.


Prinsipial sxemalar shaklan birlashtirilgan yoki yoyilgan holatda to‘zilishi mumkin.


Birlashtirilgan sxemada asbob va apparatlar yig‘ilgan holatda ko‘rsatiladi; ya’ni apparat komplektiga kiruvchi elementlar (g‘altak, elektromagnitlar, uzgichlar va shu kabilar) asbobning shartli ifodalanishi ichida ko‘rsatilib, chiqish-kirish kontaktlarining markirovkasi ham beriladi.
Yoyilgan prinsipial sxemalarda asbob va apparatlar elementlarga ajratilib, ular bir-birlari bilan bog‘langan holatda ko‘rsatiladi; natijada ayrim zanjirlar hosil bo‘ladi. Sxema bir necha zanjirlardan to‘zilgan bo‘lib, ular gorizontal yoki vertikal holda berilishi mumkin.
2. Elektr sxemalarda elementlarning shartli grafik va harfiy belgilanishi
Sxema elementlarining shartli grafik va harfiy ifodalanishi bir guruh Davlat Standartlari va ko‘rsatma materiallar asosida belgilangan. Bu shartli belgilanishlar asosida avtomatlashtirishning har qanday murakkab prinsipial sxemasini bajarish mumkin. 7-jadvalda ba’zi-bir ko‘p uchraydigan elektr elementlarning shartli grafik va harfiy belgilanishlari keltirilgan (to‘laligicha va ularning o‘lchamlarini tavsiya etilgan adabiyotlardan olish mumkin).
Barcha belgilanishlarni proporsional tarzda kichraytirishga ruxsat beriladi; ammo bunda ikki yondosh chiziqlar orasidagi masofa 1mm dan kam bo‘lmasligi kerak. Shartli belgilanishlarda elementlarga aniqlik kiritish belgilarini ifodalaganda o‘lchamlarini kattalashtirishga ham ruxsat berilgan. Elementlarni sxemada standartlarda keltirilgan holatda ko‘rsatiladi; lozim bo‘lganda 900 yoki 450 ga burilgan tarzda ko‘rsatishga ham yo‘l qo‘yiladi; mabodo bunday ifodalanishda sxema o‘qilishi yoki ma’nosi o‘zgarsa standartlardagi holati saqlanishi kerak.
Aloqa yo‘llari va elementlar sxema o‘lchamiga qarab 0.2 dan to 1 mm qalinlikda chizilib, agarda shartli grafik belgilanishda qalin chiziqlar bo‘lsa, u aloqa chizig‘iga nisbatan 2 marta keng holatda tasvirlanadi.
Sxema o‘lchami 24 va undan undan kichik bo‘lganda aloqa chiziqlari 0.3 dan 0.4mm qalinlikda chizish tavsiya etiladi. Agar bir sxemada turli vazifali zanjirlar tasvirlangan bo‘lsa (masalan, kuch va boshqarish zanjirlari), bu holda ularni turli qalinlikda ko‘rsatiladi. Bir sxemada uchtagacha chiziqlar qalinligi qo‘llanilishi mumkin.
Shartli harf-raqamli belgilash element haqidagi ma’lumotlarni qisqa holda ifodalash imkoniyatini beradi. Umumiy holda belgilash uch qismdan iboratdir: element ko‘rinishi, tartib raqami (agar bir xil elementlar bir nechta bo‘lsa) va funksional taalluqliligi. Shulardan dastlabki ikki qismi majburiydir.
7-jadval
Prinsipial elektr sxemalarida ko‘p uchraydigan elementlarning shartli grafik belgilanishi


Nomi

Belgilanishi


Rezistor
Kondensator

Eruvchi saqlagich (umumiysi)



Yüklə 20,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə