Xususiy institutlar (Nodavlat institutlar) moliyasini tashkil etishning huquqiy asoslari



Yüklə 37,5 Kb.
tarix15.04.2023
ölçüsü37,5 Kb.
#105786
Ruziyev Zafar Ikromovich ,


Xususiy institutlar (Nodavlat institutlar) moliyasini tashkil etishning huquqiy asoslari.
Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot Instituti "Moliya" kafedrasi dotsenti Ruziyev Zafar Ikromovich , "Davlat moliyasi va xalqaro moliya" yo'nalishi 1-kurs magistranti Abdullayev Olimjon G'ayratovich
Annotatsiya:Ushbu maqolada Xususiy institutlar (Nodavlat institutlar) moliyasini tashkil etishning huquqiy asoslari hamda litsenziyaga ega bo’lgan nodavlat oliygohlar haqida ma‘lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar:Xususiy institutlar,nodavlat tashkilotlar,moliya,litsenziya,institutlar,universititet,ta'lim,talabalar.
Soʻnggi yillarda taʼlim jarayonlarini tashkil etish va yurtimizning investitsion jozibadorligini oshirish boʻyicha yaratilgan qulay shart-sharoitlar sababli mamlakatimizda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari soni ortib bormoqda.Amaldagi qonunchilikka koʻra, nodavlat taʼlim tashkilotlari oliy taʼlim faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan litsenziya olishlari lozim.
Yangi oʻquv yili oldidan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish va ishonchli maʼlumot taqdim etish maqsadida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasidan litsenziya olgan nodavlat oliygohlar roʻyxati eʼlon qilinmoqda.
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
Toshkent shahridagi Inxa universiteti
Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti
Toshkent shahridagi Amiti universiteti
Toshkent shahridagi Vebster universitetining taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazi
Akfa universiteti
Qoʻqon universiteti
Fargʻona shahridagi Koreya xalqaro universiteti
TEAM universiteti
Toshkent shahridagi Britaniya menejment universiteti
“Tashkent International University of Education” xalqaro universiteti
Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filiali
“EUROPEAN MEDICAL” universiteti
“STARS INTERNATIONAL” universiteti
Maʼmun nomidagi jahon tillari instituti
“AL-BUKHARI” universiteti
“CAMBRIDGE INTERNATIONAL” universiteti
“TMC” instituti
Taʼkidlash lozim, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari hujjatlarni qabul qilish muddati va talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibini mustaqil belgilaydi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi “2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan talabalar oʻqishini davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirish talabadan alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha test sinovlari asosida oʻtkaziladi.Oʻtish balidan past ball toʻplagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.Oʻzbekiston Respublikasi davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirish oʻrnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik toʻlov asosida amalga oshiriladi, deyiladi inspeksiya axborot xizmati xabarida.Xalqaro moliya tashkilotlari nima va ularning jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi o‘rni qanday?Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotida katta rol o‘ynaydi. Ular turli mamlakatlarga mablag‘ ajratish va kredit berish bilan shug‘ullanadilar, jahon savdosini rivojlantirish va moliya tizimini barqarorlashtirishga yordam beradilar.
Xalqaro moliya tashkilotlari (XMT) - xalqaro moliya sohasida davlatlararo (xalqaro) bitimlar asosida tashkil etilgan institutlardir.
Quyidagilar xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokchilari hisoblanadi:
davlat;
nodavlat tashkilotlar.
Jahon iqtisodiy rivoji uchun xalqaro moliya institutlari qaysi funksiyalarni bajaradi?
jahon iqtisodiyotining holati, tendensiyalari va rivojlanish omillari tahlili;
jahon iqtisodiyotini tartibga solish, xalqaro savdoni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida global valyuta va fond bozoridagi operatsiyalar;
investision faoliyat (xalqaro va ichki milliy loyihalarga yo‘naltirilgan kreditlar);
davlat loyihalarini kreditlash;
xalqaro ko‘mak dasturlarini moliyalashtirish;
ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish;
xayriya faoliyati.
Bugungi kunda qanday XMTlar faoliyat ko‘rsatmoqda?
Xalqaro valyuta jamg‘armasi 1945 yilda tashkil topgan bo‘lib, xalqaro valyuta tizimining rivojlanishini hamda 189 ta a'zo mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi. Xalqaro valyuta fondi to‘lov balansining joriy yoki potensial qiyinchiliklariga duch kelayotgan a'zo davlatlar xalqaro zaxiralarini tiklashga, milliy valyutalarini barqarorlashtirishga, importning uchun to‘lovlarni davom ettirishga va kuchli iqtisodiy o‘sish uchun sharoitlarni tiklashga kreditlar ajratish bilan asosiy muammolarni bartaraf etadi.Jahon banki guruhi vazifalari kengayishi bilan turli vaqtda tashkil etilgan va funksional, tashkiliy va hududiy jihatdan birlashgan besh tashkilotni o‘z ichiga oladi, jumladan:
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB);
Xalqaro rivojlanish assosiasiyasi (XRA);
Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK);
Investisiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tarmoqli agentlik (IKKA);
Investisiyaviy nizolarni hal qilish xalqaro markazi (INHXM).
Jahon banki guruhining asosiy maqsadi rivojlanayotgan va iqtisodiyotiga o‘tish davrida bo‘lgan davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Ushbu guruh tarkibiga kiruvchi har bir institut o‘z resurslaridan mustaqil ravishda va o‘zladi belgilangan sharoitda mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishga hissa qo‘shadigan investisiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha faoliyat olib boradi.Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB) Bretton-Vud konferensiyasi qaroriga asosan 1944 yilda tashkil etilgan bank. Global rivojlanish tashkiloti bo‘lib, Jahon banki guruhining missiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan, o‘rtacha daromadli va eng past darajadagi daromadli mamlakatlarga kreditlar, kafolatlar, xatarlarni boshqarish bo‘yicha mahsulotlar va maslahat xizmatlarini taqdim etuvchi eng yirik bank hisoblanadi.Xalqaro rivojlanish assosiasiyasi (XRA)ga 1956 yil asos solingan bo‘lib, dunyodagi eng qashshoq mamlakatlarga foizsiz kreditlar va grantlar taqdim etadi. YaIMning qiymati aholi jon boshiga 835 AQSh dollardan oshmaydigan mamlakatlargina XRA dan qarz olish huquqqa ega. XRA 30-40 yillik muddatga va dastlabki o‘n yillik imtiyozli davr (belgilangan muddatning asosiy qarzini to‘lamaslik imtiyozi) bilan foizsiz kreditlar taqdim etadi.Investisiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tarmoqli agentlik (IKKA) o‘z faoliyatini 1988 yilda boshlagan va rivojlanayotgan mamlakatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb qilish, siyosiy xatarlardan sug‘urtalash va xususiy investorlarga kafolatlar berish, shuningdek maslahat va axborot xizmatlarini ko‘rsatish uchun tashkil etilgan. IKKA kafolati investorlarni mablag‘lar harakatini cheklashdan, musodara qilinishidan, harbiy va fuqaroviy tartibsizliklardan va shartnoma shartlarini buzish xavflaridan himoya qiladi.Investisiyaviy nizolarni hal qilish xalqaro markazi (INHXM)ga 1966 yilda asos solingan bo‘lib, davlatlar va xususiy investorlar o‘rtasidagi nizolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro arbitraj tashkiloti (xalqaro investisiyaviy arbitraj) hisoblanadi.Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) 1991 yildan buyon faoliyat yuritib, ochiq bozorga yo‘naltirilgan iqtisodiyotga o‘tishni, shuningdek, Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlarida xususiy va tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlovchi institutdir. Xususiy bank sektor bilan hamkorlikka e'tibor qaratgan holda, loyihalarga sarmoyalar kiritadi, davlat siyosati masalalari bo‘yicha muloqot olib boradi va innovasiyalarni rivojlantirish, barqaror va ochiq bozor iqtisodiyotini barpo etish uchun texnik yordam ko‘rsatadi.Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u mintaqalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditlar va texnik yordamlar ko‘rsatish orqali Osiyoning iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan. OTB rivojlanayotgan a'zo mamlakatlardagi xususiy korxonalarga kapital qo‘yilmalar va kreditlar ajratish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam beradi. OTB tegishli mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga samarali hissa qo‘shadigan va mamlakat strategiyasiga muvofiq qashshoqlikni kamaytirishga eng katta ta'sir ko‘rsatadigan loyihalarni moliyalashtiradi.Osiyo infratuzilma investisiya banki (OIIB) Osiyodagi murakkab infratuzilma ehtiyojlarini qondirish maqsadida davlatlarni birlashtirish uchun tashkil etilgan ko‘p tomonli moliyaviy institutdir. U o‘z faoliyatini 2014 yil yanvar' oyida boshlagan va xozirgi paytda unga 57ta mamlakat a'zo. OIIB elektr va energetika, transport va telekommunikasiya, qishloq infratuzilmasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, suv ta'minoti va kanalizasiya, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda shaharlar va logistikani rivojlantirish sohalarida ishonchli va barqaror loyihalarni moliyalashtirishni taklif etadi.2008 yilda tashkil topgan Moliyaviy ommaboplik al'yansining (MOA) maqsadi moliyaviy ommaboplik bo‘yicha samarali siyosatni amalga oshirish orqali moliyaviy resurslardan foydalana olmaydiganlar uchun tegishli moliyaviy xizmatlar sifatini va ulardan foydalanish imkoniyatini oshirishdan iborat. Dunyoning 95 rivojlanayotgan mamlakatlarining tartibga soluvchi moliyaviy tashkilotlarini birlashtiradi. Al'yans davlat moliyaviy tizimining iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shadigan muhim siyosiy sohalarda a'zo mamlakatlarga grantlar va texnik yordam ko‘rsatadi.Islom taraqqiyot banki (ITB) - islomiy moliyalashtirishga yo‘naltirilgan ko‘p tomonlama rivojlanish banki 1975 yilda tashkil topgan. U a'zo mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish loyihalarini moliyalashtiradi. Bank shariat qonunlari va tamoyillariga asoslanib, a'zo davlatlar va butun dunyo musulmon jamoalarida ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z faoliyatini amalga oshiradi.Islom taraqqiyot banki guruhiga quyidagi tashkilotlar kiradi:Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK), 1999 yilda tashkil etilgan bo‘lib, xususiy sektorga moliyaviy xizmatlarni taqdim qiladi. U global hamkorlik platformasida kredit liniyalari, maslahatlar, aktivlarni boshqarish, investisiyaviy bitimlar va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun strategik hamkorlikni ta'minlaydi.Moliyalashtirish usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi, jumladan: kapital va foyda olishda ishtirok etish, lizing, qisman qayta sotish va boshqalar.1999 yilda asos solingan Xalqaro Islom savdo va moliya korporatsiyasi (XISMK)
Xulosa:Islom taraqqiyot bankining avtonom bo‘linmasi hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi butun Islom dunyosidagi odamlarning iqtisodiy ahvoli va turmush tarzini yaxshilash maqsadida savdoni rivojlantirish dan iborat.1977 yilda tashkil etilgan Xalqaro qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasining (XQXRJ) asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarda oziq-ovqat ishlab chiqarishni ko‘paytirish va kam ta'minlanganlarning ovqatlanish holatini yaxshilash uchun moliyaviy resurslarni jalb qilishdan iboratdir. Jamg‘arma kam ta'minlangan qishloq uy xo‘jaliklarining ovqatlanishini yaxshilash, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va daromadlarni ko‘paytirishga sharoit yaratish maqsadida mablag‘larni safarbar qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
www.ziyonet.uz
www.yuz.uz
A.Rahmonov.Moliya
Malikov T.S., Qaydarov N.X. Moliya: umumdavlat moliyasi // O‘quv qo‘llanma. – Toshkеnt: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009. – B. 556.
Malikov T.S., Jalilov P.T. Byudjеt-soliq siyosati // Monografiya. – T.: Akademnashr, 2011. – B. 472
Yüklə 37,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə