Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi



Yüklə 351,75 Kb.
səhifə24/39
tarix17.12.2023
ölçüsü351,75 Kb.
#150074
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Xx asr boshlarida o‘zbek musiqasi Mavzu rejasi-fayllar.org

Opera san’ati. Opera janrida yaratilgan dastlabki asarlar musiqali spektakllarning operaga o‘zgartirilgan varianti (“Gulsara”, “Tohir va Zuhra”, “Layli va Majnun”) hisoblangan bo‘lsa, ushbu davrga kelib opera teatri repertuari dramaturgiya, mavzuiylik nuqta nazaridan o‘ziga xos asarlarni xalqqa taqdim eta boshladi. Bular: tarixiy – biografik janrdagi Sobir Boboevning “Hamza”, Muxtor Ashrafiyning “Shoir qalbi”, Rashid Hamroyevning “Zulmatdan Ziyo”, Tolibjon Sodiqov, Boris Zeydman, Yunus Rajabiy va Doni Zokirovlar hamkorligida yaratilgan zamonaviy – maishiy mazudagi “Zaynab va Omon”, Aleksandr Berlinning “To‘y kunida”, Muxtor Ashrafiyning afsonaviy – ertaknamo mavzudagi “Dilorom”, Sulaymon Yudakovning “Maysaraning ishi” nomli ilk hajviy operalaridir.
Asardagi mazmun-g‘oya va musiqaning o‘zaro uzviy bog‘liqlik jihatlarini yoritib beruvchi operalar 70-80 yillarga kelib “topildi” desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bunga R.Xamroevning “No‘malum kishi”, U.Musaevning “Mangulik”, N.Zokirovning “To‘qnashuv”, I.Akbarovning “So‘g‘d elining qoploni” va R.Abdullayevning “Sadoqat” operalarini misol qilish mumkin.
Janr ko‘lamini kengaytirish maqsadida kompozitorlar bolalar uchun opera yaratishni maqsad qilgan edilar. Teatrlar repertuaridan endi S.Boboevning “Yoriltosh”, Varelasning “Alouddinnining sehirli chirog‘i”, Yanov-Yanovskiyning “Петрушка иностранец” kabi oprealari ham joy ola boshlagan edi[2].
Balet san’ati. Ushbu janrga taalluqli, muvaffaqiyatga erishgan asarlar quyidagi kompozitorlar ijodiga mansub edi: Georgiy Mushelning “Raqqosa”, “Baxt guli”, “Kashmir afsonasi”, Boris Zeydmanning “Kulayotgan odam”, “Ajdar va quyosh”, Ikrom Akbarovning “Orzu”, Doni Zokirov va Boris Gienkolar hamkorligida yozilgan “Oynisa” baletlari.
60-yillarga kelib O‘zbekiston kompozitorlarining balet janrida yaratgan asarlari (U.Musaevning “Индийская поэма” va “To‘maris”, M.Ashrafiyning “Matonat”) jahonning boshqa mamlakatlarida muvaffaqiyat bilan namoyish etildi.
60-yillarning oxirida opera va balet teatri sahnasida M.Leviyevning ikkinchi tahriri ostida “Suhayl va Mehri”, I.Akbarovning “Layli va Majnun”, M.Ashrafiyning “Sevgi tumori”, 70-yillarda A.Kozlovskiyning “Tanovar”, M.Ashrafiyning “Sevgi va qilich”, 80-yillarda I.Akbarovning “Navro‘z” kabi baletlarining premyeralari bo‘lib o‘tdi[3].

Yüklə 351,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə