Yangi konstitutsiya- taraqqiyot qomusi



Yüklə 26,59 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü26,59 Kb.
#163724
Qurbonaliyeva Zaytuna Ali qizi


YANGI KONSTITUTSIYA– TARAQQIYOT QOMUSI
Z.A.Qurbonaliyeva- Toshkent davlat texnika univeriteti
“Biotexnologiya” yo’nalishi stajyor tadqiqotchisi
ANNOTATIYA
Ushbu maqolada davlatimiz konstitutsiyasining hayotimizdagi o’rni, undagi har bir modda aholining huquqiy va ma’naviy erkinligi, xavfizliginini ta’minlashi haqida qisqacha yoritilgan. Maqolada yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutiyasi – inson sha’ni, qadr –qimmati, va huquqlarini muhofaza qilish hamda aholi yashash tarzini yaxshilashga qaratilganligi bayon etilgan
В данной статье кратко описывается роль конституции нашей страны в нашей жизни, а также то, как каждая статья в ней обеспечивает юридическую и моральную свободу и безопасность населения. В статье указано, что новая редакция Конституции Республики Узбекистан направлена ​​на защиту человеческого достоинства и прав и улучшение образа жизни населения.
This article briefly describes the role of our country's constitution in our lives, as well as how each article in it ensures legal and moral freedom and safety of the population. The article states that the new edition of the Constitution of the Republic of Uzbekistan is aimed at protecting human dignity and rights and improving the lifestyle of the population.
KALIT SO’ZLAR
Konstitutsiya, qonun, jamiyat, burch, huquqlar, modda, respublika, ijtimoiy munosabatlar.
Hozirda biz yashab turgan jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish har birimizning muqaddas burchimizdir. Biz mustaqil yurt farzandlarimiz. Bu burch va huquqlarimiz dunyoning barcha mamlakatlarida mavjud boʻlganidek, Respublikamizning asosiy qonuni boʻlmish Konstitutsiyamizda belgilab berilgan.
Konstitutsiya — Asosiy qonun sifatida barcha qonunchilik sohalarining bosh manbai hisoblanadi, chunki Konstitutsiyada xalqning oliy irodasi o‘zining qonuniy ifodasi hamda muxtasar bayonini topadi.{1}
Mamlakatimizning uzoq tarixida qonunlar doim ezgulikka va taraqqiyotga, asosan vatan shaʼni, tinchlik, fidokorlik va sadoqat kabi jihatlarni oʻz ichiga olgan. Bunga misol qilib “Temur tuzuklari” nomi bilan Sharq va Osiyo mamlakatlari svilizatsiyasiga xos boʻlgan sarkarda Amir Temur tomonidan tuzilgan qonun bitiklarini keltirishimiz mumkin. Konstitutsiyaviy hujjat xususiyatiga ega boʻlgan ushbu qonunlar jamlanmasi Markaziy Osiyo xalqlari taqdiriga kuchli taʼsir koʻrsatgan.
Ma’lumki, demokratik huquqiy davlat qurish yoiidagi eng dastlabki va eng muhim qadam Konstitutsiyani o‘rganish ham da uni hayotga tatb iq etishdan boshlanadi. Zero, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 4-yanvarda e’lon qilingan « 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o ‘rganishni tashkil etish to ‘g‘risida»gi farm oyishi ham demokratiya yoiid a ulkan bir qadam qo‘yish uchun katta turtki bo‘ldi. Darhaqiqat, ko‘p narsa mamlakatda Konstitutsiyani ommaviy ravishda o‘rganish hamda uni hayotga tatbiq etishga bog‘liq. M ana shu maqsadda davlatim iz rahbari I.Karimov 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasini bolalar bog‘chasidan boshlab o ‘rgatish, m aktablarda darslik tariqasida o ‘qitish ham da oiiy o ‘quv yurtlarid a esa maxsus dars sifatida o‘rganishni vazila qilib qo‘ydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023 yil 1 maydan e’tiboran kuchga kirdi. Bunga 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijasiga ko‘ra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi asos bo‘ldi. Bu qonunning 1-moddasiga Konstitutsiyaning yangi tahriri ilova qilingan. Yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman, rasmiylarga ko‘ra, konstitutsiya 65 foizga yangilangan. Quyida Kontitutsiyamizga kiritilgan bir nechta o’zgarishlarni tahlil qilamiz:
1. O‘zbekiston – huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat. Konstitutsiyaning 1-moddasidagi “O‘zbekiston – suveren demokratik respublika” jumlasi quyidagicha o‘zgartirilmoqda:
O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.
Yangi konstitutsiyaning 154-moddasi bilan, 1-moddadagi qoidalarni qayta ko‘rib chiqish mumkin emas, deb belgilandi. Xuddi shuningdek, 154-moddaning o‘zidagi aynan shu qoidadan iborat band ham qayta ko‘rib chiqilishi mumkin emas.Boshqacha aytganda, bu norma – O‘zbekiston hech qachon demokratiyadan voz kechmasligi, huquqiy davlatchilikka sodiqligi, monarxiyaga yoki islomiy respublikaga aylanmasligini nazarda tutadi.
2. Konstitutsiya to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi. 15-moddaga quyidagicha qo‘shimcha qo‘shildi:O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.
Konstitutsiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi fuqarolarga nafaqat qonunlar, balki bevosita konstitutsiyadagi normalarga ham asoslangan holda ish olib borishga, xususan sudga murojaat qilishga imkon beradi.
3. Imtiyozlar qonunda yozib qo‘yilishi shart emas. Yangi konstitutsiyaning 19-moddasi (avvalgi 18-modda) – fuqarolarning jinsi, millati, mavqeyi va hokazolardan qat’i nazar qonun oldida tengligi haqida. Bu moddaning 2-qismi quyidagicha o‘zgarmoqda:
Eski: Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart.
Yangi: Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart.
4. Barcha noaniqliklar – inson foydasiga. Konstitutsiyaning yangi tahririga asosan: Inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.
Ijtimoiy munosabatlar cheksiz shakllarga ega, ularni normativ-huquqiy hujjatlarda to‘liq kodifikatsiya qilib chiqish amalda imkonsiz. {4}
5. Inson huquqlari ijtimoiy axloq va jamoat tartibini saqlash maqsadida cheklanishi mumkin. Konstitutsiyaning yangi tahririda yuqoridagi ikkita norma deyarli o‘zgarishsiz saqlab qolindi. Shu bilan birga, quyidagicha yangi norma qo‘shildi: Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash maqsadida zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkin.
6. O‘qituvchilar alohida e’tirofda, Konstitutsiyaga o‘qituvchilar haqida modda qo‘shildi. 
7. Yer xususiy mulk bo‘lishi mumkin. Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi. Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.
8. OAV faoliyatiga to‘sqinlik qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar. Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalari o‘zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgardir. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
9. Davlat boshqaruvidagi o‘zgarishlar. Prezidentning vakolat muddati 7 yil bo‘ldi. O‘zbekistonning yangi tahrirdagi konstitutsiyasiga binoan: Prezidentning vakolat muddati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. 
10. Mahalliy davlat hokimiyatidagi o‘zgarishlar. Hokimlar kengash raisligidan ketadi. Mahalliy davlat boshqaruvida vakillik va ijro etuvchi organlar bir-biridan ajratilmoqda. Bu boradagi hozirgi tartib hokimiyatning bo‘linish va hokimiyat bo‘g‘inlarining o‘zaro tiyib turish prinsipiga zid. Bosh qomusning yangi tahririga asosan, bunga barham berilib, mahalliy kengashlar saylanadigan vakillik organlari, hokimliklar esa ijro organlari deb belgilanmoqda.
Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, yangi konstitutsiya- yangi O’zbekiston ravnaqiga hissa qo’shuvchi, xalqimiz muallifligida yaratilgan bo’lib, inson sha’ni qadr-qimmati, huquqlarining mustahkam kafolatidir. Konstitutsiyamiz mamlakatimiz aholisining yashash tarzini yaxshilashga va ularni haq- huquqlarini himoya qilishga hizmat qiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. “O‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINI O‘RGANISH” Mirzayusuf Rustamboyev, Davron Ahmedov, Sadriddin Xidirov, Ixtiyor Bekov. Toshkent «Yangi asr avlodi» 2005

  2. “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi”. Toshkent 2021.

  3. “O'zbekiston Konstitutsiyasi va millatlararo totuvlik” Maqola Akmal Saidov,Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, 2023-yil.

  4. https://kun.uz/uz/news/2023/05/02/yangi-konstitutsiya-10-ta-asosiy-ozgarish

Yüklə 26,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə