Yangi O'zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlari


O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi hamkorlik



Yüklə 473,12 Kb.
səhifə6/6
tarix08.06.2023
ölçüsü473,12 Kb.
#116144
1   2   3   4   5   6
YANGI O\'ZBEKISTON

4. O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi hamkorlik
So‘nggi davrda deyarli barcha sohalarda erishilgan aniq natijalar ikki tomonlama O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligini kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratdi. Davlatlararo munosabatlar strategik sheriklik darajasiga qo‘tarildi.
Inauguratsiyadan so‘ng 2017 yil 6-7-mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev ilk xorijiy tashrifini Turkmanistonga amalga oshirdi, bu mamlakat tashqi siyosatda betarafligini va Markaziy Osiyo mintaqasi ustuvorligini jahon hamjamiyatiga namoyish etdi. Tabiiyki, bu ramziy qadam davlat rahbariyatining oqilona qarori edi. Hozirgacha mamlakatlar o‘rtasida 9 ta yuqori darajali tashriflar, jumladan, O‘zbekistonga 2 ta tashrif (2018, 2019 yillarda) va Turkmanistonga 7 ta tashrif (2017, 2018, 2019 yillarda uch marta va 2021 yilda ikki marta) amalga oshirildi.
So‘nggi yillarda oliy va yuqori darajalarda o‘tkazilgan muntazam tadbirlar tufayli mutlaqo yangi siyosiy iqlim, do‘stona muhit va ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.
Ikki mamlakat o‘rtasida savdo aylanmasi tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Pandemiya oqibatlariga qaramasdan ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik 2020 yil 527 mln. dollarni, 2021 yilning yarim yilligida esa 351,9 mln. dollarni tashkil etdi.
Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. 2017 yil noyabr oyida Turkmanistonda (Ashxobod va Dashoguz shaharlarida) “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tdi. 2018 yil aprel oyida Turkmaniston prezidenti G.Berdimuxamedovning O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida Toshkentdagi “Ashxobod” ko‘ngilochar bog‘i va Maxtumquli haykali hamda Xorazm viloyatidagi “Ulli hovli” yodgorlik majmuasi va O‘zbek-Turkman do‘stlik uyi ochildi. 2018 yil Ashxobodda “O‘zbek kinosi kunlari”, Toshkent va Samarqand shaharlarida esa “Turkman kinosi kunlari” bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari ohirgi besh yil ichida sezilarli darajada o‘zgarib, rasmiy-protokol holatidan amaliy bosqichga o‘tdi.
Ikki tomonlama aloqa formatidan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlari “5+1” formatida (Markaziy Osiyo-AQSh, Markaziy Osiyo-Xitoy, Markaziy Osiyo-Yaponiya, Markaziy Osiyo-Rossiya) ko‘p tomonlama hamkorlik platformalarida faol aloqalar o‘rnatib kelmoqda. Ushbu format mintaqa mamlakatlari va o‘larning xorijiy sheriklari o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilash uchun muntazam muloqot qilishning tegishli mexanizmi hisoblanadi, bu esa mintaqaviy barqarorlik, iqtisodiy va inklyuziv rivojlanishga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, mintaqaning hamkorlik va barqaror rivojlanish masalalarini muhokama qilishning muhim platforma bo‘lib mamlakatimiz prezidenti tashabbusi bilan tashkil topgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi hisoblanadi. Mintaqadagi barcha davlatlar unda ishtirok etishi ushbu platformaning kelajakdagi istiqbolidan dalolatdir. Maslahat uchrashuvining birinchi yig‘ilishi 2018 yilning mart oyida Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda, ikkinchisi – 2019 yilning noyabr oyida Toshkent shahrida va uchinchisi – 2021 yilning avgustida Turkmanistonning “Avaza” sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tdi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, hamda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada jadal rivojlantirish maqsadida quyidagilar taklif etiladi:
- yuqori darajali tashriflarni tashkil yetish amaliyotini davom ettirish;
- Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida muntazam ravishda siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish;
- xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar (BMT, MDH, ShHT, IHT va boshqalar) doirasidagi pozitsiyalarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash;
- qo‘shnilar bilan chegaralarni demarkatsiya va delimitatsiya qilish masalalarini jadallashtirish;
- oliy darajada erishilgan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va xavfsizlik sohalardagi kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish;
- savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Xuqumatlararo qomissiyaning qo‘shma yig‘ilishlarini o‘tkazish;
- tadbirkorlik tuzilmalari va chegaradosh hududlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash;
- tranzit va transport sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha idoralararo qo‘shma takliflarni ishlab chiqish;
- mamlakatlar vakillarining mintaqa hududidagi davlatlarida o‘tkaziladigan madaniy-gumanitar tadbirlarda (festival, ko‘rgazmalar, sport musobaqalari va boshqalarda) ishtirokini davom ettirish;
- yoshlar vakillari ishtirokida muntazam va keng ko‘lamli davlatlararo tadbirlarni tashkil etish (festivallar, forumlar, yozgi lagerlar va boshqalar);
- mamlakatlar hududida tashkil etiladigan xalqaro sayyohlik ko‘rgazma va yarmarkalarida sayyohlik tashkilotlari va kompaniyalarining o‘zaro ishtirokini ta’minlash.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi har bir qo‘shni davlat bilan munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishi va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishi Markaziy Osiyodagi nizolar salohiyatini kamaytirdi va mintaqaning investitsion jozibadorligini kengaytirishga hissa qo‘shdi. Mintaqaviy integratsiya jarayonlarining asosiy drayveri bo‘lgan O‘zbekistonning xalqaro obro‘si va nufuzi mustahkamlana boshladi
Yüklə 473,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə