Yangi O‘zbekistonda pedagogika fanini innovatsion rivojlantirish istiqbollari: nazariya va amaliyot


Yangi O‘zbekistonda pedagogika fanini innovatsion rivojlantirish istiqbollari



Yüklə 468,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix10.11.2023
ölçüsü468,77 Kb.
#132740
1   2   3
bo-lajak-o-qituvchilarni-tayyorlashda-pedagogik-texnologiyalardan-foydalanishning-shakllari

Yangi O‘zbekistonda pedagogika fanini innovatsion rivojlantirish istiqbollari: 
nazariya va amaliyot 
____________________________________________________________________
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
National University of Uzbekistan 245 www.ares.uz 
boshlang‘ich sinflar uchun yaratilayotgan o‘quv qo’llanmalarida shu sohaga oid 
materiallar tanqisligi ko‘zga tashlanib turadi.
Hozirgi davrda pedagogik texnologiyalar asosida ta’limni tashkil etishga katta 
e’tibor qaratilmoqda. Pedagogik texnologiya o‘quvchilar qobiliyati, imkoniyati va 
ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ta’lim shakllarini amalga oshirish uchun ko‘zlangan 
natijaga erishishda eng qulay yo‘l va usullami tanlash va ishlab chiqish mahorati ekan, 
va u haqiqatan ham ta’lim jarayoni unumdorligini oshiradi, o

quvchilarning mustaqil 
fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni 
oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish 
ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. 
Pedagogik texnologiyada ta’lim jarayonining maqsadini belgilash muhim bo‘lib, 
u rejalashtirilgan natijalarni kafolatlashi lozim. Shuning uchun ham o‘qituvchilar 
maqsadni aniq belgilashga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Har bir o‘qituvchi avvalo 
o‘zi o‘qitadigan o‘quv predmeti va har bir o‘tiladigan darsi maqsadini aniq belgilashi 
kerak. 
Shuni ta’kidlash lozimki, belgilangan maqsad asosida o‘tkaziladigan didaktik 
jarayonning aniq loyihasi ishlab chiqilsa, uni amalga oshirish osonlashadi. 
Boshlang‘ich sinf o

qituvchilarining har bir darsni tashkil etish uchun turli 
didaktik o‘yinlardan foydalanishlari yaxshi samara beradi. 
Chunki 6-7 yoshli bolalar hayotida maktab davri ancha murakkab davr bo‘lib, 
bolalar oldida jiddiy sinov turadi. Bola yangi hayot - maktab hayotiga kirib boradi. 
Endi u yangi jamoaning a’zosi ekanligini his etishga, intizomga bo‘ysunishga, yangi 
rejimga moslashishga majbur bo’ladi. Bola yosh bo‘lishiga qaramay, endi uning 
maktabda oqish, uy vazifalarini bajarish, murakkab materiallarni o‘rganish kabi zarur 
yumushlari ko‘p. Muhimi, o‘yindan maktabga, kundalik majburiy va davomli 
mehnatga o‘tish bola hayotida tub burilishdir. Hatto maktabgacha tarbiya 
muassasalaridan kelgan bolalar uchun ham bu oson kechmaydi. Uydan maktabga 
kelgan bolalarga esa yana ham qiyin. Ayniqsa, sinfda 40—45 daqiqalik darsda o‘tirish, 
tinglash va topshiriqlarni bajarish, uzoq aqliy mehnat bolani tez toliqtiradi. Bola 
maktabdan, o‘qishdan sovib ketishi mumkin. Shuning uchun ham o‘qituvchilar 
bolalarning maktabdagi hayotini qiziqarli tashkil etishga intilishlari, motiv hosil qilish 
va uni rivojlantirishga harakat qilishlari lozim. Motiv o‘z-o‘zidan hosil bolmaydi. Uni 
bolalar yoshiga va psixologik xususiyatlariga mos didaktik o‘yinlar va mustaqil ishlar 
vositasida hosil qilish mumkin. 
Ayniqsa boshlang‘ich ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan 
foydalangan holda darslarni qiziqarli olib borish natijasida o’quvchilarni darsga jalb 
etish samarali bo‘ladi. Shunday darslarda bolalar diqqati to

liq jalb etiladi, xotirasi



Yüklə 468,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə