Yangilangan Konstitutsiyamizning birinchi moddasida O‘zbekiston – suveren demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat, deb qat’iy belgilab qo‘yilgani tarixiy ahamiyatga EGA ekani ta’kidlandi



Yüklə 44,59 Kb.
səhifə3/5
tarix22.03.2024
ölçüsü44,59 Kb.
#181817
1   2   3   4   5
2 MAVZU O‘zbekiston suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy..

1. Vijdon erkinligi;
2. Barcha din va diniy tashkilotlarning qonun oldida tengligi;
3. Dinning siyosatdan ajratilganligi.
Har bir dunyoviy davlatda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham dinga bo‘lgan munosabat mamlakatning asosiy qonuni hamda muayyan me’yoriy-huquqiy hujjatlar va qonunlar orqali tartibga solinadi.
Yangi Konstitutsiyada o‘z aksini topgan “Dunyoviy davlat” tushunchasini tahlil qilar ekanmiz, taraqqiyotining tamal toshi bo‘lib xizmat qilayotgan dunyoviylik g‘oyasi aslo xudosizlikka asoslanmagani, yaqin o‘tmishimizdagi o‘xshash daxriy jamiyatni anglatmasligini sog‘lom mushohada qilmoq lozim. Buni tushunish uchun esa “Din nima? Davlat nima? Ularning vazifalari nimalardan iborat? Dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabati nimalar bilan belgilanadi? Unda diniy e’tiqodga qanday o‘rin ajratilgan? Qolaversa, din va umum e’tirof etilgan tamoyillarga asoslangan demokratiya tushunchasi o‘rtasidagi aloqalar qanday bo‘lishi kerak?” degan masalalarni tushunib olish kerak bo‘ladi. 
Ma’lumki, davlat o‘z hududiga, suverenitetiga, hokimiyat va boshqaruv organlari, maxsus majburlov apparatiga ega, fuqarolardan soliq undiradigan, umummajburiy huquq va normalarini o‘rnatadigan, zarur bo‘lganda ularning ijrosini kuch ishlatish bilan ta’minlaydigan siyosiy tashkilotdir. 
Davlat – mulkchilik shakllarini belgilash, iqtisodiyotni rivojlantirish, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, madaniy-ma’rifiy ishlarni tashkil qilish va amalga oshirish, huquqni muhofaza qilish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish, ekologik tahdidlarning oldini olish, mamlakatni ichki va tashqi kuchlar tajovuzidan himoya qilish, xorijiy davlatlar va xalqlaro tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatish va amalga oshirishda hal qiluvchi rolni bajaradi.
Davlat o‘zining vazifa va funksiyalarini Konstitutsiyaga asoslangan holda: parlament, hukumat, vazirlar, sud, advokatura, maxsus xizmat organlari, qurolli kuchlari, mahalliy davlat hokimiyat va boshqaruv organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari orqali amalga oshiradi. Bu haqda yangi Konstitutsiyaning 15-moddasida: quyidagi tamoyil mustahkamlab qo‘yildi: “O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo‘llaniladi. Davlat va uning organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish yuritadilar”.
Bu jarayonda muhim bir masala – Davlat, xususan, uning alohida organlari o‘z vazifa va funksiyalarini bajarish asnosida dindorlar va diniy tashkilotlar bilan xilma-xil munosabatlarga kirishishadi. Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida gap ketar ekan, eng avvalo, dinning davlatdan ajratilishi tamoyili uning asosini tashkil etishini ta’kidlash zarur. Bu haqda Konstitutsiyamizning 75-moddasida: “Diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatiga aralashmaydi. Davlat qonunda belgilangan tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy tashkilotlar faoliyatining erkinligini kafolatlaydi”, degan qoida mustahkamlandi.
Ushbu moddani tahlil qilar ekanmiz, diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilgani dinning jamiyatdan ajratilganini anglatmasligini ham ta’kidlash zarurdir. Bu fuqarolik jamiyatida din o‘z mavqeiga ega bo‘lishini anglatadi. Bu ham Konstitutsiyamizning amaldagi ijrosidan kelib chiqadigan mantiqiy xulosalardan biridir. 
Aytish joizki, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, bunyodkor milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va xalqimizning haqiqiy ma’naviy surati va siyratini belgilovchi fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan mehr-oqibat, hamjihatlik, o‘zaro yordam, keksalarga hurmat, sharqona odob-axloq, sharm-u hayo kabi eng oliy insoniy tuyg‘ularning tub mohiyatini anglash va ko‘z qorachig‘idek e’zozlashda aynan diniy tashkilotlar va din arboblarining roli va o‘rni beqiyosligini bugun hech kim inkor etmaydi. Aksincha, bunday bunyodkor faoliyat qizg‘in qo‘llab-quvvatlanmoqda. Buning sababi esa, Konstitutsiyamizda ana shunday faoliyat uchun mustahkam huquqiy zamin yaratib berilganidadir. 
Din va dunyoviy davlat munosabatini belgilab beruvchi boshqa bir tamoyilning mazmuni din sohasida kechayotgan o‘zgarishlarni xolis va ilmiy o‘rganish va shundan kelib chiqib, ijobiy jarayonlar rivojiga yanada kengroq imkoniyat yaratish, salbiy holatlarning oldini olishda namoyon bo‘ladi.
Davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi yana bir muhim tamoyil, davlat dinni xalq ma’naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi. 
Bugun dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatlardagi dinga bo‘lgan munosabat demokratiya mezonlariga asoslanganini chuqur idrok etmog‘imiz lozim. Bizning jamiyatimiz taraqqiyoti negizi qilib belgilangan dunyoviylik, hurfikrlik tamoyili ham xuddi ana shu tajribalarga asoslangan. Shunga ko‘ra, yangi Konstitutsiyamizning 33-moddasida: 
Yüklə 44,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə