Yangilangan Konstitutsiyamizning birinchi moddasida O‘zbekiston – suveren demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat, deb qat’iy belgilab qo‘yilgani tarixiy ahamiyatga EGA ekani ta’kidlandi


“Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega”



Yüklə 44,59 Kb.
səhifə4/5
tarix22.03.2024
ölçüsü44,59 Kb.
#181817
1   2   3   4   5
2 MAVZU O‘zbekiston suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy..

“Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega” ekanligi, 35-moddada esa “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi” tamoyili mustahkamlandi.
Konstitutsiyamizda insonning tabiiy huquqi bo‘lmish vijdon, e’tiqod erkinligi kafolatlanishi barobarida, fuqarolarning tegishli ravishdagi majburiyatlari ham albatta qat’iy belgilab berildi. 19-moddaga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga binoan hamda ushbu Konstitusiyaga muvofiq e’tirof etiladi va kafolatlanadi. Inson huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonunga muvofiq belgilanadi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart”, 71-moddada esa “Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, O‘zbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga, aholining sog‘lig‘iga, ijtimoiy axloqqa tajovuz qiluvchi siyosiy partiyalarning, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek milliy va diniy belgilariga ko‘ra siyosiy partiyalarning, harbiylashtirilgan birlashmalarning tashkil etilishi va faoliyati taqiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va birlashmalar tashkil etish taqiqlanadi”, degan muhim qoida o‘z ifodasini topdi.
Konstitutsiyaviy qoidalarni tahlil qilar ekanmiz ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda dunyoviy davlat qurish yo‘li tanlanishining o‘ziga xos sabablari mavjud. Buning uchun dunyoviy davlatga xos jihatlarni, uning afzalliklarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Dunyoviy davlatning muhim jihatlari quyidagi yo‘nalishlarda o‘z ifodasini topgan:
– inson huquqlari va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqlik;
– demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqat;
– xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olish;
– respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlash;
– insonparvar, demokratik, huquqiy davlat barpo etish;
– O‘zbek davlatchiligining tarixiy tajribasiga tayanish;
– diniy tashkilotlar va birlashmalarni davlatdan ajratilganliga hamda qonun oldida tengligi. Davlatning diniy birlashmalar faoliyatiga aralashmasligi;
– fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash;
– hozirgi va kelajak avlodlar oldida yuksak mas’uliyatni anglash;
– O‘zbekistonda davlat va jamiyat qurilishining huquqiy asoslari uning Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilganligini va unga tayanib ish olib borish.
Demak, mamlakatimizda davlatchilik asoslari dunyoviy, demokratik boshqaruv tuzumiga asoslanadi. Dunyoviy demokratik boshqaruvga xos bo‘lgan jihatlar quyidagilarda o‘zining aniq ifodasini topadi:
– demokratik normalarga tayanadigan huquqiy davlat;
– demokratiyaga zid bo‘lmagan holda tarixiy an’analar va jamiyat hayotining muhim sohalaridagi milliy xususiyatlarning saqlanishi;
– barcha fuqarolarning tengligiga asoslangan milliy siyosat olib borish;
uning siyosiy mavqei iqtisodiy, ma’naviy va harbiy texnik imkoniyatiga, salohiyatiga mos bo‘lishi;
– fuqarolar ijtimoiy ongida demokratik tafakkurga amal qilinishi;
– mustaqil ichki va tashqi siyosat olib borish;
– o‘z taraqqiyot yo‘lini mustaqil tanlash va amalga oshirish;
– o‘z qobig‘ida yashash mumkin emasligi qoidasiga tayanish, ochiq demokratik davlat siyosatini yuritish.
Yuqorida ta’kidlanganlar barobarida, mamlakatimizda ming yillar davomida asriy qadriyat sifatida xalqimiz qon-qoniga singib ketgan davlatchilik an’analari shakllanganini ham doim e’tiborda tutish lozim. Konstitutsiyamizga ko‘ra, O‘zbekiston xalqining davlat boshqaruv sohasidagi urf-odat va an’analariga sodiq holda demokratik boshqaruvni amalga oshiradi. Bu milliy davlatchilikni demokratik jamiyatga zid emasligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari O‘zbekiston demokratiyani biron andozadan shundayligicha ko‘chirib olmagan, milliy qadriyatlarimiz bilan hamohang tarzda rivojlantirgan. 
Dunyoviy davlat qurishni ko‘zlagan davlatimizning dinga munosabatini belgilovchi zikr etilgan konstitutsion mezonlardan quyidagi ikkita asosiy xulosa kelib chiqadi:
Birinchidan, O‘zbekistonda barpo etilayotgan demokratik huquqiy va adolatli dunyoviy davlat qurish konsepsiyasida din – madaniy-ma’naviy omillar umumiy silsilasiga kiruvchi barcha qadriyatlar qatorida teng huquqli qadriyat sifatida so‘zsiz tan olinadi. Mamlakatda turli din vakillarining bag‘rikenglik va tinch-totuvlikda yashashlari ta’minlanadi. Tabiiyki, jamiyatda turli tuman din va madaniyatlar vakillari mavjud bo‘lgan holda, davlat boshqaruvi va siyosati albatta bir mafkuraga yoki diniy qarashga asoslana olmaydi. Bunday sharoitda O‘zbekistonda eng adolatli va to‘g‘ri yo‘l dunyoviy davlatchilik bo‘lib, ushbu prinsip barcha dinlar hamda turli qarashlarni teng hurmat qilish, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, sof diniy ehtiyojlarni qondirishdan tashqarida bo‘lgan har qanday g‘arazga erishish yo‘lida diniy omildan foydalanishga intilish qat’iyan man etiladi. Boshqacha aytganda, dinni siyosiylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi, biroq ayni paytda diniy tashkilotlar va konfessiyalarning rivojlanishiga ko‘mak ko‘rsatiladi, ularning ichki ishlariga aralashilmaydi, dindorlarga diniy ehtiyojlarini qondirishlariga to‘sqinlik qilinmaydi.
Bu borada davlat rahbari 2023-yil 8-may kuni referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuvda quyidagilarni ta’kidladi: 
Yüklə 44,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə