Yangilangan Konstitutsiyamizning birinchi moddasida O‘zbekiston – suveren demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat, deb qat’iy belgilab qo‘yilgani tarixiy ahamiyatga EGA ekani ta’kidlandi


“O‘zbekiston – dunyoviy davlat va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Xalqimizning referendum orqali bildirgan xohish-irodasi, qat’iy tanlovi ham shu!”



Yüklə 44,59 Kb.
səhifə5/5
tarix22.03.2024
ölçüsü44,59 Kb.
#181817
1   2   3   4   5
2 MAVZU O‘zbekiston suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy..

“O‘zbekiston – dunyoviy davlat va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Xalqimizning referendum orqali bildirgan xohish-irodasi, qat’iy tanlovi ham shu!”. Shuningdek, mazkur tadbirda Prezidentimiz: “O‘zbekistonda har qanday radikallashuvga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga hech qachon yo‘l qo‘yilmasligiga urg‘u berib, bundan buyon ham millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar har bir fuqaroning vijdon erkinligi ta’minlanishini bildirdi. Barcha diniy konfessiyalar erkin faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilishi, mamlakatda millatlar va konfessiyalar o‘rtasida totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash siyosati izchil davom ettirilishini” ham qayd etdi .
Demak, dunyoviy tabiatga ega davlatimiz dinning barkamol insonni voyaga yetkazishdek nozik va mas’uliyatli ishdagi cheksiz imkoniyatlaridan foydalanishga intiladi. Ayni paytda diniy da’volar bilan niqoblangan, aslida, xolis diniy e’tiqodga mutlaqo aloqasi yo‘q, jamiyatdagi hamjihatlik, millatlararo va dinlararo totuvlik, siyosiy-ijtimoiy barqarorlikka tahdid soluvchi har qanday urinishlarga dunyoviy davlat tuzumining mutlaqo murosasiz ekanini ham aniq-tiniq ko‘rsatib turadi
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 1-moddasini ham o‘zgartirish taklif etildi. Shu nuqtai nazardan, 2023 yil 30 aprelda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, jumladan, mamlakatimiz suvereniteti va xalqimiz mustaqilligining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yanada qat’iy ta’kidlashga qaratilgan yangi normalar bilan boyitilib, mavjud konstitutsiyaviy qoidalari kengaytirildi.
Endilikda Konstitutsiyamizning 1-moddasi mana bunday yangicha mazmunda jaranglaydi:
O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.

Yüklə 44,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə