Yoshlarni siyosiy jarayonlarda faolligini oshirishda siyosiy partiyalarning ro'LI



Yüklə 25,45 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü25,45 Kb.
#159839
Abdulazizova. Maqola


YOSHLARNI SIYOSIY JARAYONLARDA FAOLLIGINI OSHIRISHDA SIYOSIY PARTIYALARNING RO'LI
Abdulazizova Aziza Erali qizi
O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 3-bosqich talabasi

aziza1abdulazizova17@gmail.com

Annotatsiya. Barchamizga ma’lumki siyosiy partiyalar demokratik davlatlarda muhim o’ringa ega va bu albatta siyosiy jarayonlarda plyuralistik harakatlarni ham belgilab beradi. Bilamizmki markaziy Osiyo mamlakatlarida fuqarolar siyosiy jarayonlarga ko’p hollarda befarqlik qilishadi va yoki shunchaki ahamiyatsiz ketishadi. Buning yechimi aslida oddiy, mamlakat fuqarolariga yoshlikda siyosiy bilimlar berib borilsa albatta ko’zlagan maqsadga erishiladi. Bugungi maqolada biz shu va boshqa masalalarni atroflicha muhokama qilamiz.

Kalit so’zlar. Siyosat, jamiyat, yoshlar, Vatan, siyosiy partiyalar, Markaziy Osiyo, O’zbekiston, siyosiy jarayonlar, demokratiya, plyuralizm,

Абстрактный. Как мы все знаем, политические партии занимают важное место в демократических странах, и это, безусловно, определяет плюралистические действия в политических процессах. Мы знаем, что в странах Центральной Азии граждане зачастую безразличны к политическим процессам или просто игнорируют их. Решение этой проблемы на самом деле простое: если гражданам страны давать политические знания в молодом возрасте, желаемая цель обязательно будет достигнута. В сегодняшней статье мы подробно обсудим эти и другие вопросы.


Ключевые слова. Политика, общество, молодежь, Родина, политические партии, Центральная Азия, Узбекистан, политические процессы, демократия, плюрализм

Hozirda dunyoning ko'pchilik mamlakatlarida yoshlar davlat hokimiyatini shakllantiruvchi, uning faoliyatida ishtirok etuvchi, mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy kuchga aylandi. Davlat va jamiyatning o'zaro munosabatlarida yoshlarning roli sezilarli darajada oshib bormoqda.


O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining markazida yoshlarga ta'lim-tarbiya berish jarayonlarini tubdan takomillashtirish va zamonaviylashtirish, barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni kuchli ijtimoiy himoya qilish masalalari turadi. Davlatimiz rahbaritashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Ta'lim to'g'risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatida muhim ahamiyatga molik bo'lgan hujjatlardir. Shuni alohida ta'kidlash joizki, respublikamizda olib borilayotgan yoshlarga doir siyosat o'zining izchilligi bilan alohida ajralib turadi.
Jumladan, mamlakatimizni modernizatsiya qilish, jamiyatimiz hayotining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarini liberallashtirish vazifasi jamiyat va davlat hayotida yoshlarning roliga yangicha yondashuvlarni qaror toptirish va rivojlantirish bugungi kunning bahs mavzusiga aylandi.
Yurtimiz mustaqillikni qo'lga kiritgan dastlabki kunlardanoq O'zbekistonda yoshlar siyosatiga alohida e'tibor qaratilib, 1991 yil 20 noyabrda “O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risida”gi qonunning qabul qilinishiva uning 2016 yil 14 sentyabrda yangi tahrirda tasdiqlanishi mamlakatimizda yoshlar siyosatiga bo'lgan e'tibor va g'amxo'rlikni yangicha bosqichga ko'tarishi bilan muhim ahamiyatga ega.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 5 iyulda «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to'g'risida»gi Farmoni va 2017 yil 18 iyulda «O'zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to'g'risida»gi Qarori qabul qilindi. Ushbu meyoriy hujjatlarda yoshlarning ilmiy va innovatsion faoliyatini qo'llab-quvvatlash mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yosh olimlarning jahon ilmiy maydonida raqobatbardoshliligini shakllantirish uchun zarur
shart-sharoitlarni yaratish, yoshlarning intellektual mulk ob'ektlarini respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy tarmoqlariga joriy etish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, O'zbekistondagi siyosiy partiyalar huzurida yoshlar masalalari bilan shug'ullanuvchi “Yoshlar qanoti” tashkil etilgan.Bulardan ko'zlangan asosiy maqsad – mamlakatning jahon hamjamiyatidan munosib o'rin olishida yoshlarning faol ishtirokini ta'minlash, yoshlarning ongiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish, ularda jamiyatimiz taraqqiyotiga to'siq bo'layotgan turli xil g'oyaviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish, milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an'analarimizni e'zozlash, fuqarolik jamiyatini shakllantirishda yoshlarni faol ishtirok etishga chaqirish, barcha bo'g'inlardagi partiya organlariga saylanish, hokimiyat vakillik organlariga nomzodini ko'rsatish, partiya yig'ilishlarida muhokama kilinayotgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirish, takliflar kiritish, dasturiy maqsadlarni hayotga tatbiq etish jarayonlarida bevosita yoshlarning faol ishtirok etishini ta'minlashga intilish, yoshlar orasida yaratuvchanlik g'oyalarini ilgari surishi hamda ularni hayotga tatbiq etish yuzasidan amaliy taklif va mulohazalar ishlab chiqish kabilardan iborat
Umuman olganda, o'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, yuksak ma'naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o'zlashtirgan sog'lom va barkamol etib voyaga yetkazishga hamda yoshlarni yuksak ma'naviyatli va yuqori malakali kadrlar qilib tayyorlashga, shuningdek Vatanga xurmat ruhida tarbiyalashga katta e'tibor qaratib kelinmoqda. Davlatimiz mustaqillikka erishganidan so'ng o'tgan qisqa fursat davomida yoshlar siyosatiga doir amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlar va ularning ijobiy natijasi bilan har qancha fahrlansak arziydi.
Xulosa qilib aytganda O'zbekistonda yoshlar siyosati natijasida olib borilgan samarali tadbirlar natijasida mamlakat yoshlari jahon arenalarida ham ulkan yutuqlarni qo'lga kiritmoqda. Bu yoshlarning iqtisodiyot, siyosat, sport, ma'naviyat, ilm-fan sohalaridagi yutuqlarida namoyon bo'ladi. Biroq mamlakat ilm-fanida yoshlar tashkilotlarining tashkil topishi, rivojlanishi, faoliyati tarixi alohida tadqiq qilinmagan. Bizningcha, O'zbekistonda yoshlar tashkilotlari faoliyati fanlararo yo'nalishda alohida-alohida va umumiy xususiyatlariga ko'ra tadqiq etilishi ular oldida turgan muammolarni aniqlashda, bu muammolarga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu masalalar tarix, sotsiologiya, siyosatshunoslik, huquqshunoslik, pedagogika kabi ijtimoiy fanlarning oldida turgan dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki, yoshlar muammolarini aniqlash va ularga yechim topish mamlakat barqaror rivojlanishining muhim kafolatidir.

Mamlakatimiz rahbarinig yan bir so’zlariga bevosita murojaat qilishimiz kerak: “yoshlar mamlakatimizning buguni va ertasi, yurtimiz taraqqiyotini belgilovchi asosiy kuchdir”, xo’sh shunday ekan yoshlarni huquqlari va ularni ijtimoiy muhofazasi bugun qay darajada? Yoshlar bugun mamlakatimizning siyosiy jarayonlariga qay darajada e’tibor qaratmoqda? Keling savolni boshqacharoq berib ko’raylik, yoshlarni siyosiy jarayonlarga berfarq bo’lmasligi uchun biz qanday sharoit yaratmoqdamiz va yoki qanday sharoitlar yaratilgan hamda buning uchun biz qanday ishlar amalga oshirmoqdamiz.


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasida shunday deyiladi: “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi”. Bundan ko’rinadiki malakatimiz qonunchiligiga ko’ra har qanday fuqaro bemalol davlat va jamiyat boshqaruvida (siyosiy jarayonlarda) faol ishtirok etishlari mumkin, bunga hech qanday cheklov va yoki to’siqlar mavjud emas.
Ana endi ular bu ishlarni qanday amalga oshiradi degan savol tug’iladi, albatta siyosiy partiyalar orqali, bu ishlarda eng katta ro’lni va fuqarlar hamda davlat o’rtasidagi siyosiy ko’prik vazifasini malkakatimizda faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalar o’tab beradi. Buning kafolatini ham O’zbekiston Respubikasi Konstitutsiyasi 39-moddasidan olishimiz mumkin – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar”.

Siyosiy partiyalar — ijtimoiy guruhlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlashtiruvchi siyosiy tashkilotlar. Siyosiy partiyalar jamiyat siyosiy tizimining muxim qismi, ular davlatning siyosiy yoʻnalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi.. Osiyo davlatlarida hozirgi kunda ham qarindoshlik va yurtdoshlik tamoyillarining siyosiy partiyalarning shakllanishi va faoliyat koʻrsatishida ahamiyati katta.


Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil boʻlganidan soʻng siyosiy partiyalarning shakllanishi va faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratildi. Mamlakatda hozirgi paytda 5 ta siyosiy partiya (Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston “Adolat“ sotsial demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi) mavjud.
Qonunchilikka koʻra siyosiy partiyalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, oʻz xohish-irodalarini erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, aʼzolarining teng huqukliligi, oʻzini oʻzi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat koʻrsatadi.
Ana endi siyosiy bilimga ega bo’lmagan yoshlarni biz siyosiy partiyalarga ixtiyoriy ravishda a’zo qilish orqali (a’zo bo’lish har bir partiyaning o’z ustavlarida belgilangan tartibda amalgfa oshiriladi) jamiyat hayotida ro’y berayotgan siyosiy jarayonlarga qiziqishlarini va faollik darajalarini oshirishimiz mumkin. Bu aslini olganda oddiy mexanizm asosida ishlayveradi, har bir partiyaning tuman (shahar) kengashlarida “boshlang’ich partiya tashkilotlari” mavjud, har bir boshlang’ich tashkilot tumanda (shahar) istiqomat qiluvchi yoshlarga mas’ul tarzda faoliyat davom ettiradi, ular o’z navbatida har bir amaliy ish jarayonlarida yoshlarni jalb qilish orqali biz yuqorida ta’kidlagan maqsadga erishsa bo’ladi.
Yoshlarga siyosiy partiyalar o’z vakolat doirasida huquq va majburiyatlar yukalatadi, doimiy yig’ilishlar, semimar va konferensiyalarda ularniishtirokini ta’minlaydi, siyosiy jarayonlar (referendumlar, Oliy Majlis qonunchilik palatasi tuman (shahar) kengashlariga saylovlar, mahalliy organlar, o’zini o’zi boshqarish institutlari va hokazo) paytida ulardan ijtimoiy kuch sifatida keng foydalanadi.
Bugungi kunda bunday ishkarnig yaqqol misoli sifatida O’zbekiston Respublikasi Qonunchilik Palatasi huuzuridagi “Yoshlar Parlamenti” faoliyatini ko’rsatish mumkin.
Parlamentning tuzilshi va faoliyatining shakli jihatdan Qonunchilik palatasiga mos ravishda shakllantirilgan. Bu esa o‘z navbatida, yoshlarning parlament faoliyatini yaqindan bilishiga xizmat qiladi. Mazkur parlamentning Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tuzilganligi esa, qonun ijodkorligi jarayoniga qo‘proq yoshlarni jalb qilish imkoniyatini beradi.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy ongi va savodxonligini oshirish, jamiyatda yoshlarni siyosiy faol qatlamga aylantirish hamda ularning siyosiy-huquqiy bilim va ko‘nikmalarini amalda boyitish, qonunchilik va qonun ijodkorligi jarayoniga yoshlarni jalb qilish va qabul qilinayotgan qonunlarni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish orqali ularning parlament hayotiga daxldorligini oshirish “Yoshlar parlamenti”ning asosiy maqsadi etib belgilandi.
Yoshlarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotining dolzarb muammolarini yoshlar ishtirokida muhokama qilish va ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar tayyorlash; qonunchilik texnikasi, qonun loyihalarini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari, huquq ijodkorligi masalalari bo‘yicha amaliy muhokamalarni tashkil etish; yoshlarning siyosiy bilimlarini oshirish, ularda vatanparvarlik ruhini kuchaytirishda vakillik organlari bilan hamkorlik qilish kabi muhim vazifalar ham Nizom bilan tasdiqlandi

Biz yuqorida yoshlarni siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish borasida fikr yuritdik, demak yaxshi shakllangan yoshlarni biz “Yoshlar parlamenti”ga saylov orqali a’zo qilamiz va davlat hamda jamiyat hayotining muhim jarayonlarida albatta yoshlarga ham o’rin bo’ladi, chunki yoshlar dardini faqat yoshlar biladi, ular orqali biz jamiyatimizda ko’pchilikni tashkil etadigan qatlam – yoshlar muammolarini tizimli va izchil hal etsak o’z maqsadimizga erishgan bo’lamiz, zero kelajak yoshlar qo’lida.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 12-oktabrdagi KQ-272-IV-sonli qarori.

  2. O‘zbekiston Respublikasining siyosiy partiyalar to’g’risidagi qonuni, 26.12.1996 yildagi 337-I-son.

  3. O’zbekiston Respublikasi Konstititsiyasi - 2023

Yüklə 25,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə