Yangilangan Konstitutsiyamizning birinchi moddasida O‘zbekiston – suveren demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat, deb qat’iy belgilab qo‘yilgani tarixiy ahamiyatga EGA ekani ta’kidlandi



Yüklə 44,59 Kb.
səhifə2/5
tarix22.03.2024
ölçüsü44,59 Kb.
#181817
1   2   3   4   5
2 MAVZU O‘zbekiston suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy..

O‘zbekiston – dunyoviy davlat


MUNOSABAT
Taraqqiyotning dunyoviylik yo‘li – mustaqil O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va konstitutsiyaviy maslagidir. Ushbu maslak O‘zbekiston Respublikasining yangi qabul qilingan Konstitutsiyasi 1-moddasida quyidagicha o‘z aksini topdi: “O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat”.
Konstitutsiyaga yangi kiritilgan “huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat” tushunchalarining mazmun-mohiyatini xalqimiz, ayniqsa, ertangi kunimiz egalari bo‘lmish yoshlarimiz teran anglamoqlari lozim. Ushbu maqolada mazkur tushunchalar mohiyatini imkon qadar yoritamiz. 
Avvalo, “Ijtimoiy davlat” deganda nimani tushunamiz? O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 7-dekabrda O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligiga bag‘ishlangan tabrigida “Ayni vaqtda biz Konstitutsiyamiz normalarini hayotga to‘la tatbiq etish, jamiyatda qonun va adolat ustuvorligini, inson huquq va manfaatlari, uning qadr-qimmatini yanada samarali ta’minlash borasida hali ko‘p ish qilishimiz kerakligini yaxshi tasavvur qilamiz”, deb davlatimiz oldida turgan muhim vazifalar haqida to‘xtalib o‘tgan edi.
Mazkur tabrikda “...hozirgi kunda O‘zbekiston ijtimoiy davlat va adolatli jamiyat qurish sari dadil bormoqda. Shu sababli “Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat”, degan tamoyilni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashning vaqti-soati yetdi”..., deb bayon etildi.
Ijtimoiy davlat – bu har bir fuqaroning munosib turmush sifati va darajasiga erishish, ijtimoiy tafovutlarni yumshatish va muhtojlarga yordam berish uchun ijtimoiy adolat tamoyillariga muvofiq moddiy boyliklarni adolatli taqsimlashga qaratilgan davlat modelidir. 
Ijtimoiy davlat funksiyalari – bu ijtimoiy himoyalanmagan yoki ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlash; ishsizlikka qarshi kurashish; tadbirkorlarga yordam; aholining bandligini va daromadlarini doimiy o‘sishini ta’minlash; ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar va ma’naviy-madaniy rivojlanishning qulayligini ta’minlash; jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni yumshatish, imtiyozlarni qayta taqsimlash orqali munosib turmush sharoitini yaratish.
Ijtimoiy davlat belgilari: – bu sifatli ta’lim, malakali va maqbul tibbiy xizmat; ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyot; fuqarolik jamiyatini rivojlanganligi; ijtimoiy davlat dasturlarini ishlab chiqishi va amalga oshirish; davlatning har kimga munosib turmush sharoiti, ijtimoiy ta’minot va shaxsning o‘zini o‘zi anglashi uchun teng boshlang‘ich sharoitlarini ta’minlash maqsadlarini tasdiqlash; fuqarolar oldidagi ijtimoiy mas’uliyat; ijtimoiy sohaga to‘lovlarning yuqori miqdori; ijtimoiy hayotni yaxshi rivojlangan tartibga solish tizimi; byudjetdan ijtimoiy to‘lovlarining mavjudligi; ijtimoiy himoya, ijtimoiy ta’minot va bandlik davlat tizimlarining mavjudligi; jamiyatning barcha muhtoj a’zolarini istisnosiz ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning mavjudligi; fuqarolarning farovonlik darajasi uchun davlat tomonidan javobgarlikni qabul qilish.
O‘zbekiston davlatining siyosiy-huquqiy maqomiga kiritilgan “huquqiy davlat” tushunchasi esa bu demokratik tamoyillar asosida qabul qilingan qonunlar oldida barcha teng va hisobdor bo‘lgan, hech kim qonundan ustun turmaydigan davlatdir. Qolaversa, qonunlarning butun davlat hududidagi ustuvorligi, hokimiyatlar vakolatining bo‘linishi, shaxs va davlatning o‘zaro ma’sulligi, inson huquqlari va erkinliklarining himoyalanishidir.
Dunyoviy davlat – davlat hokimiyati va boshqaruvdan din ajratilgan, boshqaruv diniy qoidalar bilan emas, balki qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadigan, qarorlar qabul qilishda diniy asoslarga tayanilmaydigan davlatdir. Shuningdek, hech qanday din va mafkura davlatning majburlov kuchi bilan o‘rnatilmasligini, ularning davlatdan ayri ekanini tavsiflaydi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, dunyoviy davlatda din davlatdan va siyosatdan ajratilsa-da, jamiyatdan ajratilmaydi.
Bugungi zamonaviy o‘zbek jamiyatida Konstitutsiyaga kiritilgan dunyoviylik tushunchasi bir-biridan ajralmas uch qadriyatga asoslanadi. Bular:

Yüklə 44,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə