65
oliy o‗quv yurtlari,
ilmiy-tekshirish institutlari, o‗qituvchilar va tarbiyachilar
malakasini oshirish institutlari hamda shunga o‗xshash muassasalarga O‗zbekiston
Respublikasi Xalq ta‘limi va Maktabgacha ta‘lim vazirliklari rahbarlik qiladi;
- o‗rta va oliy tibbiyot o‗quv yurtlari, shifoxonalar, poliklinikalar,
dorixonalar va turli davolovchi muassasalar - O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni
saqlash vazirligi tomonidan boshqariladi;
- qishloq mehnatkashlarining faoliyati, dehqon xo‗jaligi va ular bilan bog‗liq
bo‗lgan barcha faoliyatlar O‗zbekiston Respublikasi Qishloq hamda Suv xo‗jaligi
vazirliklari zimmasidadir;
- konsernlar va shunga o‗xshash yirik korxonalarga ega bo‗lgan
davlat
idoralari mazmunan tizim va tartibdagi sohalardir.
Boshqaruv tizimida biror muassasa, tashkilotga davlat organi nomidan ish
yuritish uchun berilgan huquq boshqaruv vakolatlari deb tushuniladi.
Boshqaruv
organlari o‗z vakolatlariga binoan ikki turga ajratiladi:
- maxsus vakolatlarga ega bo‗lgan organlar;
- umumiy vakolatlarga ega bo‗lgan organlar.
Jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarishning maxsus vakolatga ega
organi O‗zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va uning quyi
tarmoqlari hisoblanadi.
Boshqarish tizimining umumiy vakolatlarga ega organlariga barcha
vazirliklar, qo‗mitalar va idoralar kiradi. Umumiy vakolat organlari o‗z
tizimi
doirasida jismoniy tarbiya va sport ishlarini boshqaradi.
Mamlakatimizning geografik va demografik tuzilishi jarayonidan kelib
chiqqan holda sanoat va qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, savdo va
boshqa sohalar bo‗yicha fermer xo‗jaliklarining faoliyatlari boshqarish tizimiga
chuqur singib bormoqda. Ular o‗z ixtisosliklaridagi
barcha ish turlari bilan
birgalikda aholining ijtimoiy-madaniy turmushida ham faol ishtirok etadi. Bunda
jismoniy tarbiya va sport ishlariga ham alohida e‘tibor berilmoqda. Ayniqsa, sport
maydonlarini qurish, kerakli jihozlar bilan ta‘minlash ishlarida hamkorlik
kuchaymoqda.