"Yashil iqtisodiyot" ga o'tishni baholash "Yashil iqtisodiyot" ni indikatorlari unep haqida ma'lumot



Yüklə 2,44 Mb.
tarix11.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#144375
Yashil iqtisodiyot


Yashil iqtisodiyot
Sharopova Mavzuna
Yarmamatova Charosxon
Mavzu:"Yashil iqtisodiyot" ni baholash amaliyoti va indikatorlari
"Yashil iqtisodiyot" ni baholashda xalqaro tashkilotlari yondashuvi
"Yashil iqtisodiyot" ga o'tishni baholash
"Yashil iqtisodiyot" ni indikatorlari
UNEP haqida ma'lumot
1
2
3
4
So'nggi o'n yil ichida yashil iqtisodiyot rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda barqaror rivojlanish uchun muhim siyosat asosi sifatida paydo bo'ldi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2030-yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibini qabul qilganidan so'ng butun dunyo akademiklari orasida yashil iqtisodiyotga qiziqish kuchayib bormoqda.
Yashil” iqtisodiyot konsepsiyasi ko‘pgina mamlakatlar uchun strategik ustuvor vazifa sifatida yuzaga chiqmoqda. “Yashil” iqtisodiyot qayta tiklanuvchi energiya, yashil bino-inshootlar, barqaror transport, suv va yer resurslari hamda qattiq maishiy chiqindi boshqaruvi kabi sektorlardan iboratdir.
Xalqaro tashkilotlar tomonidan dunyoda va alohida mamlakatlarda “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish va “yashil” o‘sishga o‘tish holatini baholash imkonini beruvchi turli ko‘rsatkichlar to‘plamlari ishlab chiqilgan bo‘lib, amaliyotda qo‘llanib kelinmoqda.
Xususan, bugungi kunda dunyo bo‘yicha “yashil” iqtisodiyot samaradorligini baholaydigan Global “yashil” iqtisodiyot indeksi (Global Green Economy Index – GGEI) hamda “Yashil” o‘sish indeksi (Green Growth Index – GGI) kabi xalqaro reyting ko‘rsatkichlari keng qo‘llanilmoqda.
GGEI reyting ko‘rsatkichi 2010-yildan boshlab e’lon qilina boshlangan bo‘lsa, oxirgi marta 2018-yilda jami 130 ta mamlakatlar bo‘yicha baholash natijalari taqdim qilingan.
Mazkur indeksda boshqaruv va iqlim o‘zgarishi (leadership & climate change); samaradorlik sektorlari (efficiency sectors); bozor va investitsiyalar (market & investment); atrof-muhit (environment) kabi 4 ta o‘lchov kategoriyalari bo‘yicha baholanadi.
Keyingi keng qo‘llanilib kelinayotgan ko‘rsatkich “Yashil” o‘sish indeksi (GGI) hisoblanadi. Ushbu indeks barqaror rivojlanish maqsadlari (Sustainable Development Goals), Parij iqlim bitimi majburiyatlari, Aichi bioxilma-xillik maqsadlari (Aichi Biodiversity Targets), shuningdek, resurslardan samarali va barqaror foydalanish, tabiat mulklarini himoyalash, “yashil” iqtisodiy imkoniyatlar, ijtimoiy qamrov kabi “yashil” o‘sish yo‘nalishlari bo‘yicha mamlakatlardagi holatni baholaydi.
“Yashil” o‘sish indeksi 4 ta maqsadli yo‘nalish, 16 ta kategoriyalar hamda 36 ta indikatorlardan iborat bo‘lib, doimiy tarzda hamda barcha davlatlarni qamragan holda yuritib kelinadi.
“Yashil” o‘sish indeksiga ko‘ra, Shvetsiya, Daniya, Chexiya va Germaniya kabi mamlakatlar eng yuqori “yashil” o‘sish ko‘rsatkichlariga ega. Eng quyida esa Zimbabve, Jazoir, Nigeriya va Niger kabi Afrika mamlakatlari o‘rin egallagan. MDH davlatlari ichida Gruziya, Markaziy Osiyo mintaqasida Qirg‘iziston mazkur reyting bo‘yicha yuqori o‘rindagi ko‘rsatkichlarni qayd etgan.
O‘zbekiston Osiyo davlatlari ichida 33-o‘rinda qayd etilgan. Mamlakatning mazkur indeksda “Ijtimoiy qamrov” (Social inclusion) hamda “Tabiiy kapital himoyasi” (Natural capital protection) ko‘rsatkichlari nisbatan yaxshiroq bo‘lsa, “Resurslardan samarali va barqaror foydalanish” (Efficient and sustainable resource use), “Yashil” iqtisodiy imkoniyatlar (Green economic opportunities) yo‘nalishdagi ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilash imkoniyati mavjud.
Barqaror rivojlanishga erishishda inson farovonligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va atrmof-muhitga yetkazilayotgan zararni minimallashtirish maqsadi xalqaro tashkilotlar tomonidan “yashil iqtisodiyot”ni baholashdagi umumiy jihat hisoblanadi. Xalqaro tashkilotlar tomonidan “yashil iqtisodiyot”ni baholashdagi farqli jihatlar esa ular tomonidan qо‘llanilayotgan kо‘rsatkichlar tizimida namoyon bо‘ladi. Xalqaro amaliyotda “yashil iqtisodiyot”ni baholashda “yashil о‘sish” kо‘rsatkichlaridan keng foydalaniladi.
BMTning atrof muhit dasturi
Atrof-muhitning о‘zgarishi bilan bog‘liq risklar va ekologik taqchillikni kamaytirish asosida insonlar farovonligini yaxshilash va ijtimoiy tenglikka erishish.
Jahon Banki
Tabiiy resurslardan samarali foydalanish, atrof-muhitga salbiy ta’sir о‘tkazish va uni ifloslantirishni minimallashtirish asosida iqtisodiy о‘sishga erishish.
Yashil о‘sish tabiiy ofatlarga, tabiiy kapitalning jismoniy yо‘qotishlariga nisbatan
barqaror hisoblanadi.
yashil iqtisodiyotni baholash kо‘rsatkichlari tizimi “yashil iqtisodiyot”ga о‘tish imkoniyatlarini baholash va barqaror “yashil о‘sish”ni ta’minlash darajasini tavsiflovchi kо‘rsatkichlarga asoslanadi. Ushbu kо‘rsatkichlar mamlakatning “yashil iqtisodiyotga” о‘tish davlat dasturida kо‘zda tutilgan bosqichlarga qarab tashhislash, rejalashtirish, baholash va monitoring kabi kategoriyalarga bо‘linadi.
Tashhislashga oid kо‘rsatkichlar mamlakatning umumiy holatini baholash va mavjud muammolarni aniqlashga xizmat qiladi.
Ushbu kо‘rsatkichlar tashhislash kо‘rsatkichlari yordamida aniqlangan barqaror iqtisodiy о‘sish muammolari va ularni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar о‘rtasidagi sabab-oqibat bog‘liqliklarini aniqlashga xizmat qiladi. Rejalashtirish kо‘rsatkichlari asosida muqobil “yashil о‘sish” ssenariylari ishlab chiqiladi. Baholash va monitoring kо‘rsatkichlari esa “yashil о‘sish” dasturini amalga oshirish jarayonini nazorat qilish va erishilgan natijalarni baholash imkonini beradi.
Mutaxassislarning fikricha, "yashil iqtisodiyot" an`anaviy "jigarrang iqtisodiyot"ga
qaraganda qisqa muddatda YaIMning o`sishini, aholi jon boshiga to`g`ri keladigan
daromadning ortishini va ish bilan ta`minlanishni bir xil yoki undan yuqoriroq
ko`rsatkichda oshirishi mumkin.
"Yashil
iqtisodiyot", asosan, iqtisodiy taraqqiyotga yordam beradi va yalpi ichki mahsulotning
o`sishini, mamlakat daromadlarini oshirishni, aholini ish bilan ta`minlash,
mamlakatda ishsizlik darajasini pasaytirishni ta`minlaydi. Shu bilan birga, "yashil
iqtisodiyotga" o`tish iqlim o`zgarishi, foydali qazilma minerallarning yo`qolishi va
suv resurslarining tanqisligi kabi global tahdidlar xavfini kamaytiradi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo‘yicha dasturi yoki UNEP (inglizcha: UNEP, United Nations Environment Programme) BMT tizimida yaratilgan dastur bo‘lib, butun tizim darajasida tabiatni muhofaza qilishni muvofiqlashtirishga yordam beradi. Dastur BMT Bosh Assambleyasining 1972-yil 15-dekabrdagi № 2997-sonli rezolyutsiyasi (A/RES/2997(XXVII)) asosida tashkil etilgan. UNEPning asosiy maqsadi hozirgi va kelajak avlodlar manfaati uchun atrof-muhitni muhofaza qilish va yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirishdir. Dastur shiori -"Atrof-muhit taraqqiyot manfaati uchun".
UNEP shtab-kvartirasi Keniyaning Nayrobi shahrida joylashgan. Shuningdek, UNEPning oltita yirik vakolatxonasi va turli mamlakatlarda mintaqaviy vakolatxonalari ham mavjud. UNEP global va mintaqaviy darajadagi barcha ekologik muammolarni hal qilish uchun javobgar tashkilotdir.
UNEP faoliyati Yer atmosferasi, dengiz va quruqlik ekotizimlari sohasidagi turli loyihalarni o‘z ichiga oladi. UNEP ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro konvensiyalarni ishlab chiqishda ham muhim rol o‘ynaydi. UNEP tez-tez hukumatlar va xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. UNEP ko‘pincha atrof-muhitni muhofaza qilish loyihalariga homiylik qiladi va ularni amalga oshirishga yordam beradi
UNEP, shuningdek, potensial xavfli kimyoviy moddalar, transchegaraviy havo ifloslanishi va xalqaro yuk tashish yo‘llarining ifloslanishi kabi masalalar bo‘yicha ham tavsiyalar va xalqaro hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Butunjahon meteorologiya tashkiloti UNEP bilan birgalikda 1988-yilda Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo panelni (IPCC) tashkil etgan. UNEP, shuningdek, Global ekologik fondning (GEF) homiylaridan biri hisoblanadi.
UNEP homiyligida har yili Butunjahon atrof-muhit kuni nishonlanadi.
Thank you
Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə