Yashil iqtisodiyot


Ekologik jihatdan asoslangan subsidiyalar yoki to‘lovlar



Yüklə 121,96 Kb.
səhifə10/15
tarix27.12.2023
ölçüsü121,96 Kb.
#162872
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Aholini fuqaro majburiyativa harbiy davri

Ekologik jihatdan asoslangan subsidiyalar yoki to‘lovlar – bu hukumat tomonidan iste’molchilar yoki ishlab chiqaruvchilarga ekologik sof texnologiyalar (masalan, shamol turbinalari yoki quyosh panellari)ni ishlab chiqish, joriy etish va undan foydalanishni rag‘batlantirish maqsadida to‘laydigan to‘lovlardir. Ushbu to‘lovlar ekotizim bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish (jumladan, bio xilma-xillik 9 ni saqlab qolish) bilan bog‘liq holda to‘lanishi mumkin. Ushub iqtisodiy yondashuv fermerlar yoki yer egalari, o‘z yerlarini boshqaruvchilar va o‘z faoliyatlari natijasida iqlim o‘zgarishlarining oqibatlarini yumshatishga xizmat qiluvchilar ushbu faoliyatlari uchun to‘lovlar olishi, kim ushbu xizmatlardan manfaatdor bo‘lsa to‘lovlarni amalga oshirishlari lozimligiga asoslanadi. Mazkur kategoriya ekologiyaga zarar keltiruvchi subsidiyalarni bekor qilishni nazarda tutadi. Bu sohada oxirgi yillarda qazib chiqariladigan yoqilg‘i turlaridan foydalanishni qo‘llab-quvvatlovchi subsidiyalarni iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlari kuchayib ketish xavfi tufayli bekor qilishga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda.

Koreya Respublikasida yuqori energiya tejamkorligi va samaradorligiga ega uskunalarni ishlab chiqarish va foydalanishda kreditlar va soliq imtiyozlaridan foydalaniladi. Jumladan, KEA Energiyadan oqilona foydalanish loyihasi doirasida kichik va o‘rta korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi. Agar turli iqtisodiy loyihalarga investitsiyalar sarflashda yuqori samaradorlik sertifikatiga ega uskunalardan foydalanilgan bo‘lsa, daromad solig‘i yoki foyda solig‘idan 3/100 nisbatda mablag‘ korxona (o‘rta korxonalar uchun 5%, kichik va o‘rta korxonalar uchun 10%) ixtiyorida qoldiriladi10.
Mas’uliyat qoidasi va kompensatsiya dasturlari – ishlab chiqaruvchilarning pirovard faoliyat natijalari (neft yoki qazilma boyliklar qazib chiqarish) tufayli yetkazilishi mumkin bo‘lgan ekologik zararni hisobga olish yoki oldini olishlarini rag‘batlantiruvchi dasturlar hisoblanadi. Ushbu dasturlar atrof-muhitga yetkazilayotgan zararlarni bartaraf etish, atrof-muhitni tiklash va yetkazilgan zararni qoplashga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Ularning qo‘llanish sohalari yerlarni ifloslantirish, atmosferaga is gazlarini chiqarishdan tortib neftning oqib ketishigacha o‘zgarib turadi.
Yaponiyada energiyani tejashga yo‘naltirilgan “Poygalar g‘olibi” dasturi muvafaqqiyatli amal qilmoqda. Ushbu dastur doirasida energiya tejamkorligi sohasida o‘z majburiyatlarini bajara olmagan kompaniyalar jamoatchilik muohakamasiga olib chiqiladi va tanqidiy fikrlarga duchor bo‘lishadi. O‘z-o‘zidan ushbu kompaniyalar butun mamlakat bo‘ylab energiya tejamkorligi majburiyatlarini bajara olmagan kompaniya sifatida taniladi.

Yüklə 121,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə