“yashil iqtisodiyot”ga o‘tishning zaruriyati, tamoyillari va dastaklari



Yüklə 331,8 Kb.
səhifə11/15
tarix27.12.2023
ölçüsü331,8 Kb.
#162124
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2YASHIL IQTISODIYO1

Mas’uliyat qoidasi va kompensatsiya dasturlari – ishlab chiqaruvchilarning pirovard faoliyat natijalari (neft yoki qazilma boyliklar qazib chiqarish) tufayli etkazilishi mumkin bo‘lgan ekologik zararni hisobga olish yoki oldini olishlarini rag‘batlantiruvchi dasturlar hisoblanadi. Ushbu dasturlar atrof-muhitga etkazilayotgan zararlarni bartaraf etish, atrof-muhitni tiklash va etkazilgan zararni qoplashga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi. Ularning qo‘llanish sohalari erlarni ifloslantirish, atmosferaga is gazlarini chiqarishdan tortib neftning oqib ketishigacha o‘zgarib turadi.
YAponiyada energiyani tejashga yo‘naltirilgan “Poygalar g‘olibi” dasturi muvafaqqiyatli amal qilmoqda. Ushbu dastur doirasida energiya tejamkorligi sohasida o‘z majburiyatlarini bajara olmagan kompaniyalar jamoatchilik muohakamasiga olib chiqiladi va tanqidiy fikrlarga duchor bo‘lishadi. O‘z-o‘zidan ushbu kompaniyalar butun mamlakat bo‘ylab energiya tejamkorligi majburiyatlarini bajara olmagan kompaniya sifatida taniladi.
Savdo ruxsatnomalari. Ular davlat tomonidan belgilanadi, ruxsatnoma, sertifikatlar da’vogarlar o‘rtasida taqsimlanadi yoki auksion orqali sotiladi. Savdo ruxsatnomalari atrof-muhitni ifloslantirishning umumiy darajasi shaklida belgilanishi mumkin. Jumladan, issiqxona gazlarini atmosferaga chiqarish. Issiqxona gazlarini atmosferaga chiqarishning maqsadli ko‘rsatkichlaridan kam natijaga erishgan firmalar, o‘z kvotalarining bir qismini boshqalarga sotishda iqtisodiy rag‘batga ega bo‘lishadi. Ushbu dastak kompaniyalar uchun o‘z maqsadlariga erishishlarida qimmat turuvchi texnologiyalarga nisbatan muqobil variant sifatida muammodan chiqishning yaxshi yo‘li hisoblanadi. Atrof-muhitni ifloslantirmayotgan firmalar esa ruxsatnomalarni ushbu maqsadga arzon erishayotgan firmalardan sotib olishadi. Masalan, elektromobil egalari o‘z ruxsatnomalarini oddiy avtomobil egalariga sotishlari mumkin. Oddiy


43 http://www.energy.or.kr/renew_eng/energy/industry/enms.aspx
avtomobillardan foydalanuvchilar ushbu ruxsatnomalarni sotib olishlari va o‘z avtomobillaridan foydalanishda davom etishlari mumkin. Bosh g‘oya ekologik maqsadlarga bozor qatnashchilarini samradorlik nuqtai nazardan rag‘batlantirish orqali erishish hisoblanadi.

Yüklə 331,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə